Jamodot sinoati O'zbek mumtoz adabiyotiga mansub aksariyat asarlarning o'q ildizi hazrat Alisher Navoiy ijodiga borib taqaladi. Xususan, Muhammadrizo Ogahiyning «O'n aql, to'qqiz sipehru sakkiz jannat, Ham etti muniri axtaru ham olti jihat, Ham besh hisu to'rt unsuru uch mavlad, Ham ikki jahon bir senga aylar xizmat» degan misralarini o'qib, o'ndan birgacha sanalgan narsa va tushunchalarning mag'zini chaqishga harakat qildik. Uch mavlad (to'g'risi, mavlid -A.R.) xususida ahli dark fikrini bilmoq niyatida so'z va mano saltanatiga nazar tashladik. Alisher Navoiy «Nasoyimul muhabbat» asarida anbiyoning «amol va afol va muomilot va riyozotidin» bazilarini zikr qilaturib, «Avliyoullohga voqe bo'lg'an havoriq odot va karomot»ning bir nechtasini aytib o'tadi: «Madum ijodi va mavjud edomi va mastur amr izhori va zohir amr istori va duo istijobati va oz muddatda baida masofat qati va hisdan g'oyib ishlarga ittiloh va andin xabar etmoq va vohid zamonda mutaaddid va muxtalif makonga hozir bo'lmoq va mavto ihyosi va ahyon amotasi va jamodot va nabotot va hayvonot kalomining samoi va maonisig'a vuquf topmoq» Bu jumlalarning nasriy bayoni quyidagicha: avliyolar yo'qdan bor, bordan yo'q qila olish, pinhon amr etilganni izhor etish va bilib turish, amr qilinganni mahdiyga aylantirish, duoni ijobat qilish, qisqa muddatda masofasi noaniq hisdan-g'oyib ishlardan ogoh bo'lish, bir paytning o'zida bir qancha, har xil makonda hozir bo'lish, o'lim xavfini ko'rish, jonsiz tabiat, nabotot va hayvonot tovushini eshitish, gaplari manosiga tushunish fazilatiga ega ekan. Malum bo'ladiki, tug'ilgan uch ajoyibot-jamodot, nabotot va hayvonotdir.Jonsiz tabiat, o'simliklar olami, hayvonot ( jonzotlar) dunyosi qanday vujudga keldi yoxud u qanday tavallud topdi? Alisher Navoiy bu savolga shunday javob bergan: Chu obog'a bu nav berding sifot, Alar taxtida aylading ummahot. Ato ettiyu to'rt qilding ano, Natija uch etding bulardin yano. Bu baytlarning nasriy bayoni quyidagicha: sen falakiyotga shu tahlit xususiyatlar ato etib, ularning ixtiyoriga onalarni topshirding, otani etti va onani to'rt qilib, oqibat yana ulardan uchtasini chiqarding. Ushbu matndagi «to'rt ona» va «uch farzand»ning («uch natija») izohini esa Beruniy shunday ta'riflagan: «Uch-to'rt - osmonu falak ikki poyas - ekvator va ekliptikaga bo'linadi. Bo'laklarning har biri yana uchta teng bo'laklarga bo'linadi va ularning har biri burjni anglatadi». Asliyatdagi mazmun esa quyidagicha: otalar, yani etti qat osmon shunday xususiyatlarga ega ekan, sen ular tagida onalarni yaratding. Otani etti va onani to'rtta qilding (to'rt unsur) va ulardan uch farzand - jonsiz jismlar, o'simlik va hayvonot dunyosini paydo etding. Keyingi baytlarda shoir to'rt unsur, ularga xos to'rt mijoz va tabiat hamda «uch natija»ning har biri xususida alohida to'xtaladi. Alisher Navoiy «uch natija»ning ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.99 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.99 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:14 ]
Arxiv ichida: doc