Karimbek Kamiy hayoti va ijodi

Karimbek Kamiy hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Karimbek Kamiy hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Karimbek Kamiy hayoti va ijodi (1864-1927 YIL) Reja: Karimbek Kamiy hayoti va ijodining o'rganilishi. Shoirning hayot yo'li. Kamiy va Toshkent adabiy muhiti. Kamiyning ijodiy merosi. Shoir lirikasida an'anaviy ruh va shakl. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotida Karimbek Kamiyning tutgan o'rni. Karimbek Kamiy - milliy uyg'onish davrining faol ijodkorlaridan. Shoir ijodini o'rganishda asosiy manba - uning asarlari. Asarlarining shu davrda tuzilgan bayozlarga kiritilishi, vaqtli matbuotlarda bot-bot chop etilishi shoir ijodini ommalashtirishning birinchi bosqichi edi. Demak, shoir ijodi uning hayotlik chog'idayoq etiborga tushgan. Shoir Karimbek Kamiy o'z davrining etirof etilgan shoirlaridan biri sifatida haqli suratda XX asrda tuzilgan majmua-bayozlardan o'rin olishi bilan bir qatorda, bayozlarda ijodkor do'stlar tomonidan u haqda yozilgan g'azallar ham uchraydiki, bu ham Kamiyning shoirlik darajasini belgilab beradi. Inchunun, 1912 yili G'.H. Orifjonov matbaasida chop etilgan Bayozi mahbubu-l-mahbub kitobda shoir Omoniyning Dar madhi janobi mavlono Kamiy Toshkandiyg'azali berilgan bo'lib, Baldai asharni kezgan hasti mavlono Kamiy, Boisi taskin bo'lur deb ishqa mavlono Kamiy deya g'azal baldai asharni» (o'n shaharni) kezgan Kamiyni vasf etish bilan boshlanadi. G'azal to'laligicha Karimbek Kamiy madhiga bag'ishlanadi. Shoirning nomi va asarlari o'zining yashagan makon va Farg'ona vodiysi bo'ylabgina malum bo'lib qolmay, uning sherlari asr boshlaridagi qo'shni xonlik hududida ham malum edi. Xorazmlik shoir Ilyos Mulla Muhammad o'g'li So'fining (1860-1916) Kamiy g'azaliga bog'lagan muxammasi, Kogonda chop etilgan bayozlarda berilgan Kamiyning maktab haqidagi murabbasi 1906-yildayoq Sankt-Peterburgda chiqadigan Ulfat gazetasida elon qilingan. Ko'rinadiki, shoir nomi XX asr boshlaridayoq Turkiston chegarasidan chiqa boshladi, shoir Amoniy aytganidek, «balki Islombo'lni oldi. Zamondoshlari uning ijodiga ayricha mehr qo'yib yuqori baho berdilarki, buni yuqorida keltirilgan ta'riflardan ham sezish mumkin. Karimbek Kamiy ijodiga munosabat doim ham bir xilda tekis kechmadi. Zamondoshlari Anbar Otin va Ibrohim Davronlar unga qarshi tanqidiy fikrlar bildirganlar. Yosh adabiyotshunos Olim To'laboev bu qarama- qarshilikning asosiy sababini ular orasidagi adabiy-estetik va falsafiy qarashlarning ayricha bo'lganligidadir deb belgilaydi. XX asrda tuzilgan tazkiralar ham shoir ijodini o'rganishda manba bo'lib xizmat qiladi. Xususan, Mo'minjon Toshqinning Toshkent shoirlari (1948), qo'qonlik Po'latjon Qayumiyning Tazkirai Qayumiy(60-yillar) tazkiralari shular jumlasidandir. O'zbek adabiyotshunoslik ilmida B.Qosimov A.Jalolov, M.Hamidova, M.Zokirova kabi olimlar Kamiy hayoti va ijodiga ilmiy jihatdan yondashganlar. 90-yillarga kelib shoir hayoti va ijodiga oid ilmiy maqolalar, adabiy merosidan namunalar vaqtli matbuotlarda chop etila boshladi. Bu borada Kamiy hayoti va ijodini jiddiy, maxsus tadqiq etishga kirishgan adabiyotshunos O.To'laboevning vaqtli matbuot sahifalaridagi shoirning hayoti va ijodini yorituvchi maqolalari etiborga loyiq. Eng quvonarlisi, 1998-yilda ma'naviyat nashriyoti tomonidan Karimbek Kamiy. Dilni obod aylangiz. Tanlangan asarlar kitobi chop etildi. Kitobni nashr yuzini ko'rishida Olim Oltin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.26 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.26 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga