Karimbek Kamiy ijodiy faoliyati RYeJA: Kamiy ijodini o'rganish tarixi; Kamiyning hayoti va ijodi; Shoir lirikasi; Kamiy-ma'rifatparvar; Kamiy ijodida hayot haqiqati; Xulosa. Karimbek Kamiy - milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri. Shuning uchun uning ijodi o'z davrida ham etiborsiz qolmadi. Uning sheriyatiga keksayu yosh o'z munosabatini bildiradi. Shulardan biri Muqimiydir. U do'stiga yozgan maktublaridan birini «Birodari Kiromiy mavlaviy Kamiy» deb boshlaydi. Maktubda Muqimiyning Kamiyga munosabati, qolaversa, unga bergan bahosi o'z aksini topgan. Kamiyning shogirdlaridan biri Sidqiy Xondayliqiy o'z ustozini «Suhanvarlik iqlimida shuhratbardoru oliyshon» deb ta'riflaydi. O'shlik shoir Amoniy esa shoir tavsifiga alohida sher bag'ishlagan. Unda Kamiyni «Xushfasohat iqlimiga shoh», «lisonul g'ayb» deya vasf etdi. Uning shoirlik olamida «fayzi ilohiydan asar» ko'rdi. Lekin shoir ijodiga Anbar otin, Ibrohim Davronlar tanqidiy munosabatda bo'lganlar. Bu - ular orasidagi adabiy-estetik va falsafiy qarashlarining turli xilligi bilan izohlanadi. Shoir vafotidan keyin uning ijodi va shaxsiga baho berish sho'ro adabiyotshunosligi zimmasiga tushdi. Bu davr adabiyotshunoslari shoirni «Vatan xoini», «Xalq dushmani», «Millatchi jadidi» sifatida baholab keldi. Nihoyat 1998 yili Kamiyning 4500 misraga yaqin sherlar majmuasi «Dilni obod aylangiz» nomi bilan nashr etildi. Mana shu bilan shor ijodini xalqqa tanitish, ilmiy muomalaga olib kelishi va adabiyotdagi o'rnini belgilash imkoni yaratildi. Muammo: Kamiy qaysi adabiy muhitda etishgan? Uning ijodiy faoliyatida qanday g'oya ilgari surilgan? O'zi hayotda qanday inson bo'lgan? Kamiy 1865 yili Toshkent shahrida choponpurush savdogar oilasida tug'ildi. Otasi Sharifbek ilm-ma'rifatga xayrixoh, adabiyotga ihlosmand, ziyoli savdogarlardan edi. Oilada bo'lajak shoirning tarbiyasiga alohida etibor berilgan. Karimbek boshlang'ich ta'limni Mozorxon mahallasidagi Mansurxon domladan olgan. Shu davrda ustozidan Xofiz, Navoiy, Fuzuliy, Bedil, So'fi Olloyorlar sheriyati haqida bilim oladi. Mana shu bilim yosh, qiziquvchan Karimbek ko'ngliga sher ishqini soladi. Maktabni tugatgach u «Beklarbegi» madrasasida o'qishni davom ettiradi. Ilmga chanqoq Karimbek shu madrasaning mashhur mudarrisi Shomahmud Oxundda «Xajmi kutub» qiladi. Kamiy talabalikdan keyin ham ana shu madrasa hujrasida qolib, faqirona hayot kechiradi. Uylanmaydi. Shoirning bazi sherlari va ayrim manbalar uning 1899 yili Chimkent, 1911 yili Andijon va +o'qon, 1912 yilda esa Chimkent, Sayram va Avliyoota safarlarida bo'lganligidan dalolat beradi. Shoir Kamiy 1922 yilning yozida 57 yoshida qazo qilgan. Kamiy mumtoz sheriyatimizning g'azal, murabaa, muhammas, musaddas, ruboiy, qita va fard kabi janrlarida ijod qildi. Kamiy ijodiyotining asosiy qismini ishqiy lirika tashkil qiladi. Uning nazdida: Ishqdir olamda bir rohatfizoy komil asar, Mabdayi ayni sirishku mazxari oxi sharar yani: ishq barchani hayratga soluvchi bir «Komil asar». Ko'z yoshining manbai ham u, o'tli oxning mazxari ham u aynan mana shu yerda azamiy va adabiy insoniy ishqning tabiati ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.04 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.04 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:14 ]
Arxiv ichida: doc