Kecha strukturasida epik, dramatik va lirik unsurlar munosabati Badiiy adabiyot va san'atda realistik tamoyillarning hukmron mavqe egallashi barobari roman janrining gurkirab rivojlanishi kuzatiladi. Sababki, real voqelikni badiiy tadqiq etish, odam va olam haqidagi qarashlarni butlashu yaxlit ifodalash imkoniyatlarini berishi jihatidan romanga teng keladigani yo'q. Estetik prinsiplarning o'zgarishi, tabiiyki, romandan ham shunga mos o'zgarishni, moslashishni talab qiladi. Aksariyat yirik romannavislar, mutaxassislar yangi tipdagi romanning maydonga kelishida shotland adibi V.Skottning katta xizmati borligini takidlaydilar. Xususan, Balzak Insoniyat komediyasiga yozgan so'z boshida V.Skott haqida: On vnes v nego dux proshlogo, soedinil v nem dramu, dialog, portret, peyzaj, opisanie; on vklyuchil tuda neveroyatnoe i istinnoe, eti elementi eposa, i podkrepil poeziyu neprinujdennostyu samix prostix razgovorov , - degan edi. Demak, Balzakning fikricha, V.Skottning janr takomilidagi buyuk xizmati shuki, u romanda barcha adabiy turlarga xos xususiyatlarni uyg'unlashtirdi. Adib haqida shunga o'xshash fikrni boshqa bir romannavis-V.Gyugo ham takidlab aytgandi. Har ikki adib takidlayotgan sintetiklik realistik romanga xos eng muhim xususiyatlardan biridir. Zero, realistik roman asosiga qo'yilayotgan problematikaning badiiy tadqiqi uchun ayni shunday sintetiklik eng optimal imkoniyatlarni taqdim etadi. O'z vaqtida V.Skott romanlarini tadqiq etgan B.G.Reizov ham ularni sintetik deb atagan edi. Olimning shotland adibi romanlari tahliliga tayanib aytgan fikricha, roman san'atining uch unsuri-tavsif (opisanie), rivoya va dialog asarda zarur nisbatlarda birikishi hamda o'zaro uzviy aloqada bo'lishi lozim. Anglashiladiki, B.Reizov sintetiklik haqida gapirarkan ko'proq asarning tashqi qurilishini nazarda tutadi. Xuddi shunga o'xshash yondashuv R.Uellek va O.Uorrenlarning qarashlariga ham xos. Ular rivoya tabiati va turlari haqida to'xtalib, romanga an'anaviy-qorishiq rivoya xos, degan fikrni bildiradilar. Qorishiq deyilishining boisi esa unda epik hikoya qilish va pesa xususiyatlarining aralash holda zuhur qilishidir. Amerikalik tadqiqotchilar annaviy-qorishiq rivoyada ikki tomonga-romantik-kinoyaviy va obyektiv rivoyaga tomon og'ish mumkinligini takidlaydilar. Tabiyiki, bu og'ishlarning birinchisida hikoya qilishlik, ikkinchisida dialog salmog'i ustunlik qiladi. Rivoyaning ikkinchi xilini obyektiv deb nomlasharqan, tadqiqotchilar uning dramatik deb nomlanishini maqullamaydilar, sababki, bu holda asar to'laligicha dialoglardan tashkil topishi lozim bo'ladi,-yani, istiloh tushuncha mohiyatiga mos kelmaydi. Ayni shu nuqtadan R.Uellek va O.Uorren fikrini davom ettirib ko'raylik. Demak, romanga xos rivoyaning obyektivlik tomon og'ishida muayyan chegara bor, yani, agar asar to'laligicha dialoglardangina tashkil topsa,-qar- shimizda roman emas, pesa namoyon bo'ladi. Aksincha holda ham, yani, asarda dialog (kengroq, dramatik element) bo'lmagan taqdirda ham, tabiiy, klassik tushunchadagi roman mavjud bo'lolmaydi (shunday atalaverishi mumkin, albatta). Zero, roman o'zining klassik tushunchadagi - yangi davr eposi (Belinskiy), burjua eposi (Gegel) sifatidagi ko'rinishini shaxsning jamiyatdagi maqomi o'zgargan, u o'zini o'z holicha butun bir olam sifatida idrok eta boshlagan bir sharoitda shakllantirdi. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.98 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.98 KB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:15 ]
Arxiv ichida: doc