Kecha romanining kompozitsion butunligi

Kecha romanining kompozitsion butunligi

O'quvchilarga / Adabiyot
Kecha romanining kompozitsion butunligi - rasmi

Material tavsifi

Kecha ning kompozitsion butunligi masalasiga doir Adabiyotshunos M.Qo'shjonov Cho'lpon romanini O'tgan kunlar, Mehrobdan chayon, Qutlug' qon, Sarob, Diyonat, Yulduzli tunlar kabi romanlarga qiyoslash asosida uning kompozitsion jiùatdan biroz tarqoq asarligini takidlaydi. Olimning fikricha, qiyos uchun olingan romanlarni badiiyat jihatidan boshqalarga saboq bo'larli qilgan muhim xususiyat shuki, ularda syujetni boshqarib boradigan, adabiyotshunoslikda bosh sûzi qo'shib aytiladigan qahramon mavjud. Bu qahramonlar yuqorida zikr etilgan asarlarning barcha qismlari, katta-kichik barcha obrazlarini, manzaralarni bir mano atrofida jipslashtiradi. Tahlil qilib ularga baho berishda ko'proq shu jipslashishga, birlikka etibor qilinadi. Bu ko'p yozuvchilarga xos san'atdir. Badiiyatning shu talabi nuqtai nazaridan Kecha va kunduzga nazar tashlaydigan bo'lsak, unda biroz boshqacha manzarani ko'ramiz. Romanning boshidan oxirigacha hamma qismlarni va obrazlarini bir-biriga bog'lab turgan yagona obraz o'rni ancha zaif. Avvalo shuni aytish kerakki, M.Qo'shjonov fikrlari Kechaning qiyos uchun olingan romanlar fonida alohida ajralib turishini yana bir karra tasdiqlaydi. Biroq olimning Kecha kompozitsion jihatdan tarqoq asar, degan xulosasi, bizningcha, bahstalabdir. Zero, avvalgi bobda ko'rdikki, Kecha ning syujet qurilishida uchta obraz galma-galdan markazga chiqariladi va o'sha gal etgan obrazga syujetni boshqarib boradigan bosh qahramon funksiyasi yuklanadi. Demak, bu o'rinda asar qismlari va katta-kichik obrazlarning jipslashishida yagona obraz o'rni zaifligi haqida emas, jipslashtirishning o'zgacha yo'li haqida gap borgani maqulroq bo'ladi. O'ylashimizcha, Kechaning ayni shu xil qurilishi uning janr xususiyatlari, muallifning g'oyaviy-badiiy niyatiyu uni ijro etish imkoniyatlarining cheklangani, adibning dunyoqarashiyu asar yozilgan paytdagi ahvol-ruhiyasi kabi qator omillar bilan taqozo qilingan. Fikrimizni oydinlashtirish uchun Kechani yuqorida zikr etilgan romanlar fonida ko'zdan kechirganimiz qulay ko'rinadi. Cho'lpon romanining syujet-kompozitsion qurilishiga ko'ra Mehrobdan chayonga yaqinligini aytganimizda har ikki romanda ham dramatik unsurlar salmoqdorligini etiborda tutgandik. Endi esa ikkala roman qurilishidagi ilgari aytilgan farqli jihatlarga yana bir muhim farqni qo'shish lozimki, bu ularning epik qamrov ko'lami bilan bog'liq farqlardir. A.Qodiriy romani markazida asosan bitta shaxs dramasi (biz Rano dramasi, deyishdan tiyilamiz, chunki u ixtiyorini Anvarga topshirdi: Rano dramasi Anvar dramasining ichki unsuriga aylanib ketdi) yotadi. Ilgari aytganimizdek romanning 45-bobiga qadar berilgan tafsilotu ko'rinishlar asosiy konflikt - Anvar va muhit ziddiyatini harakatga keltirishga, tasvirlanajak voqea-hodisalarning asoslanishiga xizmat qiladi. Ayni shu narsa, malumki, adabiyotshunosligimizda Mehrobdan chayonning badiiy kamchiligi sifatida baholanadi. Xususan, adabiyotshunos A.Rahimov: Mehrobdan chayon romanidagi qahramonning tarixini keng ko'lamda berishga intilish esa yozuvchini jiddiy muvaffaqiyatsizlikka olib keldi. Ayni zamonda, xuddi shu o'rinlar romanning badiiy jihatdan eng nochor sahifalari ham bo'lib qoldi, - deb yozadi. Albatta, romanning bu o'rinlarida ham mohir san'atkor qalami sezilib turadi. Biroq, aytish kerakki, mazkur o'rinlarni butun kontekstida olib qaralsa, A.Rahimov bergan bahosida umuman haqligini tan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.95 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.95 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga