Kecha romanining poetik xususiyatlari 3

Kecha romanining poetik xususiyatlari 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Kecha romanining poetik xususiyatlari 3 - rasmi

Material tavsifi

Kecha romanining poetik xususiyatlari Badiiy asarni GAPga qiyoslaganda ayon bo'ldiki, muayyan nutqiy situatsiyada aytilgan gap fenomenal hodisa bo'lganidek, muayyan sharoitda yaratilgan badiiy asar ham betakror hodisadir. Zero, har ikkisini yuzaga keltirgan obyektiv va subyektiv omillarning o'zi betakror(konkret nutqiy sharoit, so'zlovchining ruhiy holati)dirki, shunga ko'ra bir daryoga ikki bora sho'ng'ib bo'lmaydi degan qoida bu o'rinda to'la amal qiladi. Modomiki badiiy asarda ijodiy jarayon aks etar ekan, o'sha ijodiy jarayon kechgan konkret sharoit va shu sharoitdagi ijodkor subyekti uning tuzilishiga ta'sir qilmasligi mumkin emas. Demak, konkret asarning poetik xususiyatlari haqida fikr yuritganda uni yuzaga keltirgan obyektiv va subyektiv omillarni nazardan qochirmaslik lozim bo'ladi. Shu bois ham Kecha poetikasi haqidagi mulohazalarimizni ayni shu omillarni o'rganishdan, asar(tekst)ning keng manodagi kontekstini tasavvur etishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Cho'lpon Kecha va kunduz romanini 3O-yillar boshida - adabiy tanqidchilikning o'ziga qarshi xurujlari yanada keskin tus olib, haybatli sud jarayonlarida navbat unga etganligi ishora qilingan, tinchroq yashash va, muhimi, omon qolish uchun Moskvaga borib yashashga majbur bo'lgan bir paytda yozishga kirishgan edi. Bu paytga kelib sho'ro hukumati har jihatdan mustahkamlanib ulgurgan, jamiki xunrezliklar - quloqlarni sinf sifatida tugatish deysizmi, ishlab chiqarishdagi zararkunandalarni fosh etish deysizmi, partiyani yot unsurlardan tozalash deysizmi - bari ommaning rizoligiyu qo'llab-quvvat-lashlari ostida amalga oshiriladigan bo'lgandi. Bu paytga kelib bolshevistik mafkuraning imkoniyatlari shunchalar kengaygandiki, millionlab jonli guvohlar hayot bo'lganlari holda atigi o'n besh-yigirma yillik vatan tarixi qayta yozilayotgan edi. Bosh tarixchi Stalindan andoza olib yozilgan bu tarixga ko'ra: SSR xalqlari uchun yagona to'g'ri yo'l-sotsialistik inqilob yo'li edi, zero, bu inqilobni davrning ijtimoiy-tarixiy sharoiti zaruriyat qilib ko'ygandi inqilob arafasida bolsheviklardan boshqa bironta ham xalq manfaatlarini ko'zlagan firqa bo'lmagan, bo'lganlari o'zlarining tor sinfiy manfaatlari uchungina kurashgan Qo'qon muxtoriyatining asosiy maqsadi mahalliy xalqlarni qaytadan burjuaziya aso-ratiga solib bermoq edi Jadidlar milliy burjuaziyaning yaloqxo'rlarigina edilar Bosmachilarning asl niyati Turkistonni inglizlarga sotish edi - tarix Shu edi. Bu tarixga singishmay turganlar yo'qotila boshlagan, hozircha omon qoldirilganlari esa yaqin kelajakda mahv qilinajak edilar. Eng dahshatlisi - qo'lbola partada vujudi quloqqa aylanib o'tirgan bolakaylar voqea-hodisalarning jonli ishtirokchilari bo'lmish otalariga emas, ular sodir bo'lgan paytda ishtonini ho'l qilib yurgan, boshlang'ich ma'lumotni olishi bilanoq komsomol tomonidan tarbiya frontiga safarbar etilgan muallimlariga ko'proq isxonardilar - Cho'lpon romanga qo'l urgan paytdagi vaziyat taxminan shunday edi. Tarix shu taxlit yuzsizlarcha soxtalashtirilayotgan bir paytda hayoti qil ustida turgan Cho'lpon o'tmish mavzusiga murojaat etdi, murojaat etganda ham bolshevistik mafkura uchun jondek muhim - inqilob arafasidagi Turkiston ijtimoiy voqeligini badiiy idrok etishu tasvirlashga jazm qildi. Ravshanki, mavjud sharoitda Cho'lpon qarshisida tanlangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.84 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.84 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga