Komil Yashin ijodi R e j a Yashinning o'zbek dramaturgiyasi rivojiga qo'shgan hissasi. Yashin biografiyasi. Yashinning ilk sherlari va sahna asarlari. Yashinning xotin-qizlar ozodligi mavzuidagi pesalari. Yashin ijodida Hamza obrazi. Yashin ijodining tanqid va adabiyotshunoslikdagi talqini. KOMIL YaShIN (1909-1997) Drama janrining taraqqiyotiga muayyan hissa qo'shgan Komil Yashin o'zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biridir. Hamza maktabidan saboq olib, uning ilg'or an'analarini ijodiy davom ettirgan Yashin adabiyotga 20-yillarning o'rtalarida kirib keldi. Adib o'zbek adabiyotini baquvvat dramatik asarlar bilan boyitdi. Komil Numonov - Yashin 1909 yilning 25 dekabrida Andijon shahrida mayda savdogar oilasida dunyoga keldi. Uni 6 yoshida eski usuldagi maktabga o'qishga berishadi. 1921 yilda esa uni shaharda ochilgan rus maktabiga o'tkazishadi. 7-sinfni tugatgach, Leningrad shahriga o'qishga yuboriladi. Leningrad O'rmon xo'jaligi institutining bir yillik tayyorlov bo'limini bitirgach, Yashin talabalikka qabul qilinadi. 1928 yilda sog'ligi zaifligi hamda ayrim oilaviy sabablarga ko'ra Andijonga qaytadi. 1928-30-yillarda o'rta maktabda ona tili va adabiyot, fizika fanlaridan dars beradi. Shu bilan bir vaqtda Andijon viloyat teatrida adabiy emakdosh bo'lib ishlaydi. Komil Yashinning o'zi yozishicha, uning adabiyotga qiziqishi maktabda o'qib yurgan chog'laridayoq boshlangan. Adibning otasi ma'rifatparvar, o'qimishli bo'lib, uydan gazeta-jurnallar arimas, taraqqiyparvar ziyoli kishilar tez-tez to'planishib turishardi. U Leningradda o'qib yurgan choqlarida jahon va rus adabiyotining o'lmas namunalari bilan tanishdi. Yosh Komiljon o'sha murakkab davrda hayotda yuz berayotgan o'zgarishlarga o'z munosabatini bildirish istagini tuyadi va bu istak sheriy satrlarda namoyon bo'ladi. 1926 yildan boshlab Yangi Farg'ona gazetasi, Mushtum, Yer yuzi, Maorif va o'qituvchi jurnallarida Yashin sherlari elon qilina boshlaydi. Farg'ona, O'zbekiston, Qishloq tuyg'ulari sherlarida yosh shoirning ona vatanga muhabbat tuyg'usi o'z aksini topadi. Yashin sherning sochma turiga ko'p murojaat qilgan bo'lib, ulardan biri Ichkari chechaklariga sherini ustozi Hamza Hakimzodaga ko'rsatadi. Hamza uni qisman tuzatib, o'zining ikki sheri bilan qo'shib Yangi Farg'ona gazetasining 1928 yil 8 mart sonida elon qildiradi. Faqat Yashin sherlari yosh shoirning juda zaif mashqlari edi, xolos. Komil Yashinning drama janriga murojaat etishi ustozi Hamza nomi bilan bog'liq. Komiljon dastlab Hamza bilan Vatan maktabida o'qib yurgan chog'ida uchrashadi. ma'naviy otam bo'lib qolgan Hamza Hakimzoda bilan ikki uchrashuv, - deb yozadi Komil Yashin, - hayotimda ham, ijodimda ham keskin burilish yasadi, desam adashmayman. 1926 yilda kichik sahna asarlari Kar quloq, Teng-tengi bilan, Lolaxon, Quyosh singari bir pardali pesa va instsenirovkalari, kamchiliklari bo'lishidan qatiy nazar, sahna yuzini ko'radi. Komil Yashinning Gulsara (1935) va Nurxon (1939) dramalari xarakterlidir. Bu asarlar janr nuqtai nazaridan, oldingi pesalaridan farqli o'laroq, muzikali dramalardir. Gulsara va Nurxon muzikali dramalari mavzu va g'oyaviy talqin jihatdan bir-biriga juda yaqin. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.52 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.52 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:15 ]
Arxiv ichida: doc