Kompozitsiya va syujet

Kompozitsiya va syujet

O'quvchilarga / Adabiyot
Kompozitsiya va syujet - rasmi

Material tavsifi

Reja: Kompozitsiya Sujet elementlari: ekspozitsiya; tugun; voqealar rivoji; kulminatsiya; yechim; perepetiya; muqaddima va xotima. Fabula. Detal. Sayyor syujet tushunchasi. Badiiy asarning ta'sirchanligi ham malum darajada hodisalarning qanday ko'rinishda, qanaqa shaklda gavdalantirilishiga bog'liqair. Badiiy asarning ichki va tashqi dunyosi esa uning syujetidagi voqealarning joylashishi, qahramonlar va ular orasidagi aloqa, munosabatlar majmuidan iboratdir. Bu hodisa kompozitsiya deb yuritiladi. Kompozitsiya lotincha so'z bo'lib, «to'zilish, qurilish, tarkib» demakdir. Badiiy asar kompozitsiyasiga quyidagicha ta'rif - tavsif berish keng tarqalgan: «badiiy asar qismlari, detallari, badiiy tasvir vositalarinint malum maqsad asosida muayyan tartibda joylashtirilishi». Bundan anglashiladiki, kompozitsiya badiiy asarning barcha unsurlari bilan uzviy bog'liqair. Shu manoda ham asar mazmuni, g'oyasi, qahramonlari qiyofasi, umuman, asarning ta'sirchanlik darajasi uning kompozitsiyasidan kelib chiqadi. Ijodkorning mahorati, uning hayotni, inson obrazini ko'rsatishdagi o'ziga xosligi asar kompozitsiyasida aniq namoyon bo'ladi. Shu boisdan, kompozitsiyani shakl deb sharhlash uning mohiyatini to'la ifoda etmaydi. Chunki kompozitsiya qahramonlar qiyofasi, uning xatti - harakati, holati, nutqi, voqealar yuz bergan joy manzarasi, ko'rinishi va hoka'zolarni ham o'z ichiga qamrab oladi. Sujet ham kompozitsiya tarkibiga kiradi. Sujet fransuzcha so'z bo'lib, «narsa, mazmun, mavzu» degan manoni bildiradi. Asar mazmunini tashkil etadigan, qahramonlar o'rtasidagi aloqa, munosabatlar tizimi syujetdir. Sujetning o'zi ham bir qator qismlardan tarkib topgan bo'ladi: ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim. Biroq syujetlar o'z tuzilishiga, namoyon bo'lish tarziga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Ayrim asarlarda voqealar tadrijiy tartibda joylashgan bo'ladi. Masalan, Oybekning «Qutlug' qon», Sadriddin Ayniyning «Qullar» romanida syujet ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim tarzida qurilgan. Bazi asarlarda esa voqealar tugundan (A.Qahhorning «O'g'ri», «Bemor» hikoyalari) yoki kulminatsiyadan boshlanadi. Abdulla Qahhorning «Ko'r ko'zning ochilishi» hikoyasi buning misoli bo'ladi. Chunki u «Shunday qilib, Ahmad polvon so'yiladigan bo'ldi» deb boshlanadi. O'quvchiga keskin ta'sir ko'rsatadigan bu tarzdagi so'zlar bilan syujetni boshlash ham ijodkorning o'ziga xos uslubi sanaladi. Asar kompozitsiyasini yaratish juda mushkuldir. U nihoyatda diqqattalab va nozik ishdir. Chunki kompozitsiyaning yaxchit bo'lishi asarda hayotning bir parchasini yorkin gavdalantirishning asosiy shartidir. Demak kompozitsiya - asarning tanasi. Tanadagi har bir azoning esa o'z o'rni, vazifasi bor. Asar kompozitsiyasida ham har bir unsur: syujet (ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim) va o'ndan tashqaridagi qismlar (lirik, falsafiy, publisistik chekinishlar, qo'shimcha epizodlar), peyzaj, portret, ruhiy tahlillar, muallif tavsifi kabilar me'yor va tartib bilan joylashishi lozimdir. Agar ular o'z o'rnida bo'lsa asar ta'sirchan, barkamol bo'ladi. Jumladan, Abdulla Qiyairiyning «O'tgan kunlar», Cho'lponning «Kecha va kunduz», Abdulla Qahhorning «Bemor», «Sarob» kabi asarlari, avvalo, kompozitsiyasining puxtaligi bilan etiborlidir. Badiiy asarlar kompozitsiyasi tahlil qilingan ayrim tadqiqotlarda «fabula» termini ham uchraydi. Fabula ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.27 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.27 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga