Kulgi zimnidagi jiddiyat (G'. G'ulom shum bola asari haqida)

Kulgi zimnidagi jiddiyat (G'. G'ulom shum bola asari haqida)

O'quvchilarga / Adabiyot
Kulgi zimnidagi jiddiyat (G'. G'ulom shum bola asari haqida) - rasmi

Material tavsifi

Kulgi zimnidagi jiddiyat Sir emas, hozirda G'afur G'ulom nomi tilga olinsayoq xayolimizga uning sho'ro yozuvchisi ekanligi, sherlarida sho'roni kuylagani keladi - xafsalamiz sovigandek bo'ladi. Bugun, yubiley bahona adibning asarlarini qayta varaqlarkan, beixtiyor keyingi yillarda qaror topgan bu xil munosabat adolatdan yiroqroq tushmaydimi degan andisha tug'iladi G'afur G'ulomning keng ommaga malum va suyuk qissasi -Shum bolaga hozirda ko'proq sarguzasht asar, kulgi asari deb qaraymiz. Ha, chindan ham Shum bolaning turfa xangomalarga boy sarguzashti, undagi ichakuzdi holatlar shunday o'ylashimizga asos berar. Biroq, etibor qilinsa, adibning kulgisi, sarguzashtli syujet botinida uning zamonasi haqidagi anchagina jiddiy o'y-fikrlari, tahliliy mulohazalari yotganini ham ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Malumki, Shum bola hikoyasini o'zi o'sgan muhit bilan tanishtirishdan (shu o'rinda bir shartni qabul qilaylik: bu, aslida, o'smirlik paytidagi hayotning adib xotirasida tiklangan eng muhim nuqtalaridir) boshlaydi. Shum bolaning aytishicha, uning singari bozorda sanqib yurgan daydi bolalar uchun quvonchli ermaklardan biri bozor, mahalla, ko'cha-ko'y jinnilari edi. O'sha yillari Toshkentda shunaqa ham jinni ko'p ediki, sanab sanog'iga etolmaysiz. Jinnilarning fel-atvoridagi kulgili holatlarni hikoya qilarkan Shum bola ularning foje taqdiriga oid tafsilotlarga ham to'xtaladi. Xususan, shulardan biri - Karim jinni ilgari bo'zchi o'tgan ekan, chit ko'payib ketgandan keyin bo'z o'tmay qolib, bozori kasodga uchrab, bola-chaqasini boqolmay, jinni bo'lib qolibdi. Yoki, shunga o'xshash, el ichida Mayramxon deya erkalangan Mamatrayim eskidan chilangar ekan Temir-tersak asboblar zavoddan chiqa boshlagandan keyin Mayramxon sinib, jinni bo'lib qolgan ekan. Nazarimizda, shu o'rinda o'quvchi qissa voqeligiga ikkita nigoh orqali qarash imkoniga ega bo'ladi: kulgili tafsilotlar o'spirin hikoyachiga, sho'rliklarning foje taqdiri haqidagi ma'lumotlar adibga tegishlidek taassurot tug'iladi. Boshqacha aytsak, Shum bola nigohi bilan o'smirlik davrini kuzatarkan adib unga tahliliy nazar tashlaydi, fojealar ildizini ochib berishga intiladi. Darhaqiqat, Turkiston Chor Rossiyasining bozoriga aylangach, mahalliy hunarmand-kosiblarning mahsulotlari zavod-fabrika mahsulotlari bilan raqobat qilolmay qoldi. Tabiiyki, mustamlaka sharoitida mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlari mavjud emas, bu esa mazkur iqtisodiy-ijtimoiy tanglikni yanada kuchaytiradi. Natijada asrlar davomida shakllangan turmush maromi izdan chiqdiki, bu narsa davr kishilari ruhiyatida chuqur va og'riqli iz qoldirishi muqarrar edi. G'afur G'ulom talqinida Karim jinni, Mayramxonlar shu xil ijtimoiy holatning alayno-oshkor qurbonlari sifatida bo'y ko'rsatadi. Shunisi ham borki, adib talqinida mavjud sharoitning ta'sir doirasi anchayin keng bo'lib, u aslo bitta-ikkita jinni bilan cheklanmaydi. Jumladan, Shum bola o'zi va o'rtoqlari haqida aytadi: ertadan kech ko'cha changitib, hammaning joniga tegib, kampirlardan qarg'ish eshitib, o'spirinlardan kaltak eb, sandiroqlab yuradigan uvin-to'da bekorchi bolalarmiz. Ko'ramizki, hademay mustaqil hayotga qadam qo'yishi va hozirdan shunga tayyorlanishi lozim bo'lgan 14-17 yoshli o'smirlar bekorchilikka mahkum. Sababi otalarining ko'pchiligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.62 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.62 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga