Latifalarning hajviy tipi Janrning bu turi hajv yo'naltirilgan obyektni fosh etish, inkor etish xususiyati bilan ajralib turadi. Bu xil latifalar asosan ijtimoiy voqea, feodal munosabatni zo'rlik siyosati sifatida baholaydi. Tanqid kinoya, kesatiq, zaharxanda kulgi vositasida amalga oshadi va u xalqning g'azab to'la isyonkor ruhini belgilaydi. Shuning uchun ham latifalarning bu tipida masxara aralash istehzoli kulgi yetakchi vositaga aylangan. Qarama-qarshilik afandi obrazining hukmron tabaqa vakillariga qarshi qo'yish orqali oydinlashadi. Bunday vaziyatda Nasriddin afandi oddiy xalq vakili sifatida gavdalanadi. U voqea va hodisalarga xalq niyatidan kelib chiqib munosabatda bo'ladi. Agar u shoh vazir, qozilarga qarshi qo'yilganda, konflikt ijtimoiy-siyosiy mano kasb etib, adolatsiz, zulm va zo'rlikka asoslangan feodalizm qonuniyati, uning bosqinchilik siyosati qoralanadi, inkor etiladi. Bu hodisa «Boyqush nima deydi?»da obrazli ifodasini topgan. Unda hajv hal qiluvchi rol o'ynab, fosh etish vazifasini ado etgan. -Boyqush nima deb sayrayapti? - deb podsho afandidan so'radi. -Boyqush aytadiki, dedi afandi, - agar podshoning zulmi shu xilda ketaversa, tez kunda shahar ham mening makonimga aylanadi. Latifada ijtimoiy ziddiyat syujet boshlamasida emas, epik qismda, favqulodda yuz bergan tugun yechimida konkretlashadi. Afandining piching to'la istehzoli nutqi adolatsiz shohga yo'naltirilgan kinoya zamirida paydo bo'lib, kesatiq to'la hajv shoh zulmini fosh etadi. Unga tinglovchida g'azab hissini qo'zg'ab, zaharxanda kulgi yaratadi. Asarning zo'rlikni inkor etish, adolatga chaqirish g'oyasi afandining hazilomuz nutqi, xatti-harakati, shama, qochirimlarida aniq, to'liq, ayni paytda mukammal aks etib turadi. Afandi feodal tabaqa vakili timsolida tasvirlanganda uning harakat, munosabati, gap-so'zida ohang o'zgaradi, ko'chma mano kasb etib, hukmron muomala, hokim nutq shaklida paydo bo'ladi. Endi u qozi qiyofasida huquqi cheksiz hokimi mutlaqning o'ziga xos tabiati aks etgan xatti-harakatini achchiq, kinoyali kulgiga nishon qilib, fosh etadi. Shunga qaramasdan, afandi xushchaqchaq kayfiyatini buzmaydi. Afandi qozi qaynonasini o'ldirgan bir kishini g'azab bilan so'roq qilayotir: -Nega odam o'ldirding, noinsof? -Qizini mendan chiqarib olib, bir boyvachchaga bermoqchi bo'ldi. Shuncha yalinib yolvordim, ellikboshi-oqsoqollarga arz qildim, natija chiqmadi. Nochor o'ldirdim. Qanday jazo berilsa, roziman, - dedi. Afandi dehqonning javobini diqqat bilan tinglab turib: -O'liming oldidan yana bir marta mardlik qilmaysanmi? Mening qaynonamni ham birato'la o'ldirib kelmaysanmi, debdi. Syujet yechimini tashkil etgan timsoliy qozi nutqidan do'q-po'pisa, yalinish, noinsof qaynonadan nolish anglashiladi. Shikoyatda zorlangan shariat peshvosining g'alati holati achchiq istehzo obyektiga aylangan. Uning gap-so'zida «qonli qo'ldan manfaat izlash» qabilidagi yovuz niyat ham yo'q emas. Eng muhimi, mazkur nutq xarakter etibori bilan qiziqchi, xushtab kishi obrazini eslatadi. Shunga qaramasdan timsoliy qozi tinglovchida g'azab salbiy his uyg'otadi. Ijtimoiy-siyosiy mano tashuvchi hajviy latifalarda podsho, boy, qozi, mulla, eshon, ulamolarning adolatsizligi hukmron siyosati, kiborli ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.1 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.1 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:16 ]
Arxiv ichida: doc