Layli va majnun dostonida tabiat tasviri

Layli va majnun dostonida tabiat tasviri

O'quvchilarga / Adabiyot
Layli va majnun dostonida tabiat tasviri - rasmi

Material tavsifi

Layli va majnun dostonida tabiat tasviri Inson va tabiat o'rtasidagi ko'zga ko'rinmas bog'liqlik dialektik xarakterga ega. Inson tabiat bilan uzviy aloqada bo'lar ekan, uni malum manoda o'zgartirishga intiladi. Bu hol odamning olam haqidagi dunyoqarashi shakllanib borayotganidan dalolat beradi. Malumki, qadimgi odamlar tabiat hodisalarini to'la idrok eta olmaganlar, shuning uchun ham tabiatning siru sinoatlarini jonli mavjudot sifatida tasavvur qila boshlagan. Badiiy tafakkurning mana shunday dastlabki mahsullari ajdodlarimizning tabiat kultlari bilan bog'liq tasavvurlarining kelib chiqishiga sabab bo'lgan. Tabiat kultlari bilan bog'liq tasavvurlar keyinchalik badiiy tafakkur tadrijiy taraqqiyotiga o'z ta'sirini o'tkazishi natijasida poetik tasvirda tabiat unsurlariga murojaat etish hodisasi maydonga kelgan. Tabiat va inson uyg'unligini ajdodlarimiz ma'naviy meroslari tizimida ko'plab uchratish mumkin. Jumladan, Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni badiiyatida tabiat tasviridan shoirning badiiy unsur sifatida foydalanganligining guvohi bo'lamiz. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, Navoiy doston voqealari bayonida tabiat elementlaridan epik qahramon xarakterini yaratishda o'rinli foydalangan: Kelmay nafas o'ziga hushi, Sahro vuhushi kibi xurushi. Mazkur baytda Majnunning o'ziga xos qiyofasi, yani behush, majnun-jinni sifatida faryod qilib, chor taraf o'zini urishi sahroda izillab esayotgan shamolning vahshiyligiga qiyoslanadi. Majnunning qiyofasi, ruhiy olami tasvirida ham o'xshatish san'atidan foydalanilganligini ko'rish mumkin: Tog' ichra uni tushub sabodek, Qum uzra tani quruq giyodek. Majnunning tushkun kayfiyatini ifodalash uchun shoir tog' bilan o'ralgan joyda ovozning yo'qolib ketishini so'nib borayotgan «sabo»ga mengzaydi. Epik qahramonning madorsiz tani yuqorida tasvirlangan sahro shamolida jizg'anak bo'lib uchayotgan quruq giyohga o'xshatilmoqda. Majnun tasvirida sahro, qum, qurigan giyoh badiiy tasvir vositasi vazifasini o'tash bilan birga qadimgi ajdodlarimizning jon haqidagi ibtidoiy tasavvurlariga ishoradir. Malumki, ibtidoiy qarashlarga ko'ra, odam tuproqdan yaralgan. Inson xarakterida sahroning vahshiyligini mujassamligi, qum uzra tanining quruq giyoh singari vaznsiz yotishi suvsiz giyohning qurishiga muhabbatsiz oshiq jismini muqoyasasidir. Dostonda Majnun butun darrandalar, jayron singari mavjudotlar bilan tillashadi. Insonni sayyod deb bilguvchi jayronlar epik qahramonni o'rtaga olib mehr ulashadi. Majnun iztiroblarini odam bolasi anglamasa-da, jayronlar tushunadilar. Bo'rilar uni sho'bon-cho'pon iti singari qo'riqlaydilar. Majnunning tabiat bilan sirlashishi, uni ona tabiat o'z bag'riga olishi, hatto yirtqich bo'rilarning homiylik qilishi motivi qadimgi turkiy mifologiyada mavjud bo'lgan bo'ri totemiga aloqador epik formuladir. ma'lumotlarga qaraganda, qadimgi turkiy qavmlardan ashina urug'ining mifologik homiysi bo'ri sanaladi. Urug'ning tarqalish joyi ham sahro, dasht bo'lgan. Mana shu tasavvurlarning tadrijiy takomili natijasida bo'rining insonning homiysi sifatidagi poetik vazifa bajaruvchi badiiy unsur shaklidagi ko'rinishi doston syujetida o'rinlashgan. Dostonda shoir epik qahramon xarakteriga xos chizgilarda «nafs itligin» iborasini ham qo'llaydi: Nafs itligidin kechib tamomi, Dasht uzra kiyik muteu rome. Yani, nafsdan butunlay voz kechib sahroda kiyik singari yuvvosh tortib qolgan. Malumki, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.18 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.18 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga