Lirik asarlarni o'rganish

Lirik asarlarni o'rganish

O'quvchilarga / Adabiyot
Lirik asarlarni o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Lirik asarlarni o'rganish Reja: Sheriy asar tahlilida sintaktik shakl va ohang yaxlitligi. Sheriy asarni ifodali o'qish. Sheriy asarni sharxli o'rganish. Sheriy asarlar tahlili lirikaning adabiy tur sifatida o'ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib olib borilganda samarali bo'lishi qayta-qayta sinovlardan o'tib o'z tasdig'ini topgan. Lirik asarlarning boshqa turdagi asarlardan fikri shundaki, undagi har bir so'z va hatto tovush, qaynoq hissiyot manoni quyuqlashtirishga qaratiladi, tabir joiz bo'lsa, shoir fikrini hikmat darajasiga ko'tarish vazifasiga bo'ysundiriladi. Sher kundalik hayotdagi hammamizga tanish oddiy voqea-hodisalarning shunchaki ifodasi bo'lmay, favqulotda holat, jo'shqin hissiyot natijasi va hayajonli tafakkur mahsulidar. Uning fikrlar qaymog'i bo'lishiga ko'ra hikmatga, ko'ngilga yo'l topish jihatidan musiqaga qiyoslanishi bejiz emas. So'zda sehr bor, sherda esa hikmat, deyiladi Hadisda. Lirik asar ko'pincha shoirning tarjimai holiga aloqador arzi hol, lahzalik ko'ngil izhori sifatida taasurot qoldirgani uchun muallif hissiyoti, hayajoni to'g'ridan-to'g'ri, hech qanday vositasiz yolg'iz uning o'zigagina daxldordek qabul qilinadi. Aslida sher umuminsoniy hissiyot va hayajon ifodasidir. Shuning uchun u shoirning o'zinigina emas, kitobxon G' boshqalarG' ni ham befarq qoldirmaydi. Lirik asar tahlilida poetik fikr o'qituvchi diqqat markazida turishi kerak. Bu, sher matnini qayta bayon qilishni anglatmaydi. Balki sherdagi har bir so'z, sintaktik shakl va ohangni yaxlitlikda o'rgatish zaruratidan kelib chiqqandir. Zero, sheriyatdagi xususiylikda - umumiylik, lahzada - abadiylik, alohidalikda umuminsoniylik hukmronlik qiladi. Toshkentdagi 41, 241, 73, 59, 282, 254 - maktablar, Qoraqalpog'iston jumhuriyatining Amudaryo tumanidagi 1,2,,3,15 - maktablarda olib borgan kuzatishlarimiz shuni ko'rsatdiki, sheriy asarlar tahlilida ularning janriy xususiyatlari hamisha ham hisobga olinmaydi. Ko'p hollarda sherga oddiy matn nuqtai nazaridan yondoshiladi, uning hissiyot bilan bog'liq san'at hodisasi ekani, manoning satrlar, so'zlar qatida yashirin berilishi anglab etilmaydi. Natijada o'quvchilar sherdagi obrazlilikning mag'zini chaqolmaydilar, sher matnini yodlashga bo'yinlari yor bermaydi. Chunki sher mutolaasidan kutilgan darajada zavq-shavq tuymaydilar. Holbuki, har qanday badiiy matn zaminidagi yashirin manoni o'qish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta'limning maqsadi amalga oshmaydi. Poetik ohangni his qilmaslik, matn so'zlarini to'la tushunib etmaslik sher yodlashga zerikarli mashg'ulotga aylantiradi. Manosi anglanmagan matnni yodlash esa oson kechmaydi. Bolalar sher yodlashga boshlang'ich sinflardan o'rgatilsa-da, amalda bitta sherni to'la yoddan aytolmaydigan o'quvchilar ham talaygina. Buning uchun bola emas, ko'proq o'qituvchi aybdor. Chunki dasturga binoan o'qib o'rganiladigan sherlarni o'quvchilarning hammasi tushunmasligi mumkin emas. Demak, o'qituvchi bolalarni adabiyot, jumladan, sheriyat bilan chuqur tanishtirish metodlarini izlashi lozim. Bola sheriyatning inson baxti, quvonch shodliklari, g'am-g'ussasi, qalb iztiroblari bilan chambarchas bog'liqligi, shu xildagi kechinmalarning badiiy ifodasi ekanini tushunib etgandagina so'z san'atining bu turiga nisbatan faol munosabatda bo'ladi. Aks holda o'quvchida sheriyatga nisbatan loqaydik tug'iladi va bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.98 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.98 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga