Lirik tur va uning janrlari 3

Lirik tur va uning janrlari 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Lirik tur va uning janrlari 3 - rasmi

Material tavsifi

Lirik tur va uning janrlari Reja: Lirik turning spetsifik xususiyatlari. Lirik qahramon tushunchasi Lirik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari Hozirgi sheriyatdagi lirik janrlar xususiyati. Lirika (yun., cholg'u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo'lib, o'zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg'u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Yani, epos va dramadan farq qilaroq, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yanayam aniqrog'i, lirikada kechinmani tasvirlash uchun etarli miqdordagi voqelik parchalari, detallargina olinadi. Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (bazan u lirik subyekt deb ham yuritiladi). Ko'pincha lirik qahramon deganda muallif tushuniladiki, bu har doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Zero, shoir o'zining kechinmalarini tasvirlashi ham, o'zganing ruhiyatiga kirgan holda o'sha o'zga shaxs kechinmalarini tasvirlashi ham mumkin bo'ladi. Bu o'rinda yana bir muhim masala shuki, sherda xatto shoir o'z kechinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real shoir orasiga tenglik alomati qo'yib bo'lmaydi. Chunki, birinchidan, L.Tolstoy aytmoqchi, inson qalbida mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga ko'ra va ikkinchidan, shoir o'zganing holatiga qirishi, malum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kechinmasini his qilishi ham mumkin. Masalan, Cho'lponning Men va boshqalar sheri garchi lirik men tilidan berilgan bo'lsa-da, uning lirik qahramoni shoir emas, balki o'zbek qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan farqli o'laroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyektning noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o'quvchi tasavvurida tashqi ko'rinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha qoladi, aniqrog'i, o'quvchi o'zini uning o'rnida ko'radi, uning kechinmalariga turtki bergan holatni his qiladi, ko'nglidan kechgan kechinmalarni o'z ko'nglida ham kechiradi. Masalan, tubandagi sherni shu jihatdan ko'zdan kechirishimiz mumkin: Ko'ksimga qo'yilgan bu boshni endi Gohida ko'z qiyib, gohida qiymay Va buning ustiga seni unutolmay Yashash axir menga ko'p qiyin. Bora-bora sevib ketarman Men erimni balki keyinroq,- Degan xayol bilan yashaysan, Mendan ko'ra senga qiyinroq. Sherni o'qigan kitobxon lirik qahramonni - qaysidir sababga ko'ra sevgilisiga etisholmagan, endilikda o'zining oilasida sokin va totuv umrgo'zaronlik qilayotgan, turmush o'rtog'ini-da samimiy hurmat qiluvchi va ayni paytda sevgisini ham unutolmagan odamni tasavvur qiladi, o'sha odamning ruhiy holatiga kirib, uning kechinmalarini qalbdan o'tkazadi. Yuqorida aytdikki, lirik qahramon bilan real shoir teng emas, yani, shu sherni yozish uchun shoirning albatta sevgilisiga etisholmagan va hamon o'sha sevgisini qo'msab yashayotgan odam bo'lishi shart qilinmaydi. Fikrimizning yorqin dalili shuki, siz, yani sherxon, bu holatni his qilasiz, holbuki, unda tasvirlangandek hayotiy holatni real hayotda boshdan kechirmagansiz, faqat, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.75 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.75 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga