Maishiy ertaklar o'ziga xos belgilari, satira va yumor tabiati Reja: Satira va yumor tabiati Satirik ertaklar Maishiy ertaklar Yengil yumoristik ertaklar turkumi Maishiy ertaklar alohida, ichki turga mansub bo'lib, o'ziga xos mezoni, kulgi yaratish xususiyati, rang-barang mavzui, syujet tuzilishi, xarakterli kompozitsiyasi bilan farqlanadi. Syujet tuzilishi ixcham, ikki, uch epizodlarning mantiqiy uyg'un kelishidan tashkil topgan. Uning ekspozitsiya qismi sodda, ravon, yorqinligi bilan ajralib turadi. U voqea va hodisalarning aniq, bazan noaniq zamon va makonda kechishi, qahramonlarning xarakteri, o'ziga xos xususiyatlaridan xabar berish vazifasini ado etadi. «Bor ekanda, yo'q ekan, och ekanda, to'q ekan, Zomin yurtida bir boy bor ekan. U boyning bir novchasi bor ekan. Maishiy ertaklar kompozitsiyasi murakkab emas. oddiy, hayotiydir. Tugun va konflikt syujetning tarkibiy qismi bo'lib, ijtimoiy-maishiy munosabatdan kelib chiqadi, ayni paytda ular voqea va hodisalar rivojiga hissa qo'shadi. Tugun voqealar dinamikasini tashkil etib, bazan jiddiy, bazan sokin hodisalar, kulgili, o'ynoqi, piching, istehzoli holatlarda kechadi. «Kunlardan bir kuni boy bir narsadan tabi xira bo'lib, novchasini koyibdi. Konflikt ijtimoiy-maishiy mano tashib, yechimi yakuniy epizod, ixcham motivlarni o'zaro bog'lash vazifasini ado etadi. Syujet hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan bo'lib, xayoliy uydirmalardan holi. Uning (asosiy) epik qismi satira, yumor, xususan, kulgi yaratuvchi nutq, harakat va holat motivlari asosiga qurilgan. Nutqiy motivlar sinov shaklida keladi, tadbirkorlikni belgilaydi. Bu xil motivlar shakl, mazmuniga ko'ra ikki xil bo'lib, monolog, dialog shaklida keladi va kuch-qudratni emas. ma'naviy qiyofa, donolikni aniqlaydi. Estetik funksiyani ado etadi. Nutq motivlari asosiga qurilgan ertaklar topishmoq, novella shaklida tajassumini topgan. Harakat va holat motivlari esa yengil yumor yaratadi, bayon etilgan nayrang, yasama, yolg'on munosabatlar kulgili, qarama-qarshi obrazlarni belgilaydi. Motivlar tanqidiy mano tashib, syujetning barqaror, an'anaviy elementlarini aniqlaydi. Har bir motiv qahramon hayotining muhim nuqtalari, aqlan yetuklik davrini tavsiflaydi, aql-idrok, tadbirkorlik xususiyatini ideallashtiradi, Ayni paytda, ertaklarning g'oyaviy mazmuni, tanqidiy yo'nalishini oydinlashtiradi. Xususan, ular u yoki bu kamchilikni achchiq kulgi fonida tanqid qiladi. Eng muhimi, chuqur ijtimoiy-siyosiy mano kasb etib, hukmron tabaqa pozitsiyasi, zulm, zo'rlik siyosatini fosh etadi. Shumlik asosiga qurilgan motivlar xarakterli bo'lib, maishiy ertaklarning o'ziga xos xususiyatini belgilaydi. Ertak asosini tashkil etgan go'l, kaltabin, dangasa, o'jarlik kabi axloq normalarini ifoda etgan voqea va hodisalar kulgili, nutq, harakat, holat motivlari zamirida paydo bo'ladi, salbiy hodisani yengil kulgi fonida tanqid qiladi. Yumor voqealar mohiyatini kuchaytiradi, ideal g'oyalarni ilgari suradi. Mazkur motivlar syujetning asosiy qismini tashkil etib, maishiy ertaklarning farqli jihatlarini oydinlashtiradi. Demak, maishiy ertaklarning yumor asosiga qurilgan tipi maishiy hodisalarni hayotiy tasvirlaydi, obraz va to'qnashuvlarni yumor fonida tavsiflab, kulgili voqealar darajasida ifodalash bilan ajralib ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.25 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.25 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:18 ]
Arxiv ichida: doc