Maktab kutubxonasidagi ommaviy ishlar Reja: 1. Maktab kutubxonasidagi ommaviy ishlarning asosiy shakllari. 2. Adabiy ertaliklar. 3. Kitob muxokamasi. 4. Kitobxonlar konferensiyalari. 5. Adabiy o'yinlar va viktorinalar. 6. Bolalar va yoshlar kitobi xaftaligi. ko'rgazmali vositalaridan biri kitob vositasidir. Unda o'quvchi bevosita kitobning o'zini o'z kuzi bilan kuradi, kitob tashqi qiyofasi bilan uni uziga tortadi. ko'rgazmalar bolalarning aniq bir maqsadga qaratilgan rejali mutolaning tayyor rajasini takdim etadi. ko'rgazmalarda odatda kutubxona fondidagi eng yaxshi adabiyot namoyish etiladi. Maktab kutubxonasida abonementda bo'lganidek, kiroatxonada kam deganda birdan uchtagacha ko'rgazma bo'lib, ular vaqti-vaqti bilan ommalashtirilib turilishi kerak. ko'rgazmalarning soni va mavzusi kutubxona ish rejasida kuzda tutilgan bo'ladi. Ular turlicha bo'lishi mumkin. 1. bayram va yubiley sanalari (sentyabr, 8-mart. Navruz bayramlari)ga bagishlangan ko'rgazmalar. 2. Maktab dasturiga yordam tarzdagi kitob ko'rgazmasi. 3. Ichki va xalqaro hayotdagi vokea-hodisalar, ayrim yozuvchilar ijodiga bagishlangan kutubxona ommaviy tadbirlari bilan bog'liq rang-barang mavzudagi kitob ko'rgazmalari. 4. Tabiatni muhofazasi bo'yicha kitob ko'rgazmalari uyushtirish. ko'rgazmaga tayyorgarlik mavzu tanlash, ko'rgazma mo'ljallangan kitobxonlar maqsadi va guruhini aniqlash, harakat rejasini tuzish va adabiyot saralashdan boshlanadi. Kitoblarni bulgach, kutubxonachi ular bilan tanishib chikadi, kerakliklarni ajratadi, yaxshilarni, badiy jihatdan yuksak va eng kizikarlilarini bir chetga olib kuyadi. Kitodlarning soni kitobxonlarning yoshiga karab belgilanadi. Kutubxona ko'rgazmasi kitodlardan, matnlardan va rasmlardan iborat bo'ladi. ko'rgazmalarda kitoblardan tashqari, agar ko'rgazma mavzusiga mos keluvchi makolalar bulsa, jurnal va ruznomalarning ayrim sonlari xam joy olishi mumkin. Ommaviy ishlarning og'zaki shakllariga sharxlar, adabiy o'yinlar, ertaliklar, og'zaki jurnallar, kitobxonlar konferensiyalari, ifodali o'qishlar va xokozalar kiradi. Ommaviy ishlarning shakli ta'siri bo'yicha bir xilda emas. Kitoblar muxokamasi, munozaralar, konferensiyalar kitobxondan malum faollik namoyon etishini talab qiladi, uning mustaqillik faoliyatini kuchaytiradi. Kitobxonlar konferensiyalari kitodlarning targ'ib qilishning ommaviy shakli hisoblanadi. U o'quvchilarning kuchi yordamida asarni teran va taraflama tahlil etish imkonini beradi, kitobga jiddiy munosabatda bo'lishga, ukilgan kitob ustida keng fikr yuritishga, taqqoslashga, tahlil etishga, xulosalar chikatishga, ulrni dalillar yordamida asoslashga, ochib berish va himoya etishga o'rganadi. Kitobxonlar konferensiyasi butun bir jamoadann katta ish bajarilishini talab etuvchi yirik tadbirlardir. Uni birgina kutubxonachining kuchi bilan tayyorlash va o'tkazish mumkin emas. Unga o'qituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar faol yordam berishlari darkor. Maktab kutubxonachisining vazifasi tashkilotchi, rahbar sifatida ish ko'rish va barcha ishlarga bosh kosh bo'lishdan iboratdir. Tayyorgarlik ishlari qanday olib boriladi? Odatda koferetsiya mavzusi muxokama uchun savollar bir yarim oy oldin belgilanad,shuningdek uni o'tkazish rejasi tuziladi. Mavzu dolzarb, maktabning tarbiyaviy vazifalariga javob beradigan bo'lishi kerak, muxokama uchun savollar esa muxokama olingan barcha kitoblarni birlashtirib turuvchi markaziy muammolar tilga olinadi. Eng avvola konferensiya olib boruvchi kishini ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.27 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.27 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:18 ]
Arxiv ichida: doc