Maktabda adabiyot kursining mazmuni va qurilishi

Maktabda adabiyot kursining mazmuni va qurilishi

O'quvchilarga / Adabiyot
Maktabda adabiyot kursining mazmuni va qurilishi - rasmi

Material tavsifi

Maktabda adabiyot kursining mazmuni va qurilishi R e j a: 1. Dastur davlat hujjati sifatida. 2. Dasturning tarkibi va mazmuni. 3. Darslikka qo'yiladigan talablar. Kursning mazmuni va tuzilishi davlat dasturi bilan belgilanadi. Unda davlat ta'lim standartlari asosida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim hajmi, ko'nikma va malakalarning turlari, metodologik hamda pedagogik prinsiplari, o'qitishdagi o'ziga xos metodologiya hamda adabiy-estetik talablar ixcham tarzda bayon etiladi. O'zbekistonda maktab dasturlarining ko'pgina turlari amal qildi, zero izlanish yangi, mukammal tizimni ifodalaydigan darajaga etish uchun harakat uzluksiz davom etardi. Faqat O'zbekiston mustaqilligi bilan bog'liq holdagina adabiyot dasturining bir necha avlodi yaratildi. ta'lim tizimidagi o'zgarishlar davlat ta'lim standartlarining yaratilishi, yangi o'quv rejalarining ishlab chiqilganligi, ijtimoiy - ma'naviy hayotdagi yangilanishlar dasturlarni ham qayta ko'rib chiqish zaruriyatini taqazo etmoqda. 1991 yildan buyon maktab adabiy dasturlari bir necha marotaba takomillashtirish sari bormoqda. Dastur eng muhim davlat hujjati bo'lib, uni bajarish majburiydir. o'qituvchining asosiy vazifasi davlat dasturi talablarini to'la va samarali amalga oshirishdan iborat. Shunga ko'ra ham o'qituvchi uni to'la bilishi, uning barcha qismlari haqida aniq tasavvur va ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Dastur o'qituvchining ish faoliyatidagi eng asosiy manbadir. Unda amaliy harakatga ko'rsatma ham, obro'li ma'lumotnoma ham mujassamlashgan. Hozirgacha dasturlar umumta'lim maktablarining barcha bo'g'inlarini (IX yoki V-XI sinflar) qamrab olardi. ta'lim haqidagi yangi Qonun ta'lim tizimiga bir qator yangiliklarni olib kirdi. Unga ko'ra endi umumiy o'rta ta'lim I - IX sinflarni qamraydi. Bundan keyin esa o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshlanadi. Demak, dasturlar ham shundan kelib chiqqan holda boshqa - boshqa bo'ladi. Umuman, dasturda adabiyot kursi to'laligicha tavsiflab boriladi. Har bir sinfdagi adabiyot kursining mazmuni va ish tartibi, har bir mavzuning mohiyati muayyanlashtiriladi. Unda o'zlashtirilishi lozim bo'lgan ilmiy-adabiy tushunchalar asarni o'rganish, nutq o'stirish, sinfdan tashqari o'qilgan asarlar yuzasidan suhbat uchun ajratiladigan soatlar miqdori adabiyotdan o'tkazilishi ko'zda tutilgan og'zaki va yozma ish turlari, predmetlararo aloqa, sinfdan tashqari o'qiladigan asarlar ro'yhati berilgan. Davlat dasturini bajarish asosida o'qituvchi o'quvchilardagi adabiyot va san'atga bo'lgan muhabbat, ijodkorlik, ijodiy faollik, yuksak axloqiy - ma'naviy xislatlarni takomillashtirish va o'stirishga asosiy etibor bermog'i lozim. Malumki, adabiyot mustaqil fan sifatida boshlang'ich ta'lim tugaganidan so'ng (IV sinf) o'ta boshlaydi. Albatta bu davrda o'quvchi adabiyot va ifodali o'qish malakasining dastlabki bosqichini egallagan, so'z san'ati haqidagi dastlabki tasavvurga ega bo'lgan bo'ladi. Albatta, bola maktabgacha bo'lgan yoshdayoq so'z san'ati ichida bo'ladi. Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti - etti yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida va mulk shaklidan qatiy nazar boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi1. Xuddi shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.77 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.77 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga