Maktabda badiiy asarni o'rganish usullari

Maktabda badiiy asarni o'rganish usullari

O'quvchilarga / Adabiyot
Maktabda badiiy asarni o'rganish usullari - rasmi

Material tavsifi

Maktabda badiiy asarni o'rganish usullari. Badiiy asar tahlili ijodiy jarayon sifatida Reja: 1. O'quvchilarni adabiy - estetik tahlilga o'rgatishda matn ustida ishlash. 2. Adabiy tahlilning maqsadi va mazmunini aniqlash. 3. Asar tahlili yuzasidan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish. O'quvchilarni badiiy matn ustida ishlashga o'rgatish ularda adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirish va o'stirish orqali ta'lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Badiiy asar tahlili youvchining o'sha asarni yaratish jarayonidagi ijodiy yo'lini qayta bosib o'tish, muallif fikrlari, hissiyoti va xulosalariga sherik bo'lish, ayni paytda uning yutuqlaridan ruhlanish, kamchiliklariga tanqidiy munosabat bildirishdir. Adabiy tahlil o'qituvchidan o'quvchilar faoliyatini uyushtirish, bilimlarini boyitish va malum maqsadga yo'naltirishda ijodkorlik, pedagogik mahorat, fidoiylik talab etadi. U ijodiy faoliyat bo'lgani uchun sovuqqonlikni qo'tarmaydi. Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad- dsb yozadi.A.Zunnunov, - asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o'quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O'quvchilarning yozuvchi oldiga surgan ђoya, muammolarni to'la tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo'lmaydi. J.Azizov bilan G.Usovalarning fikricha, tahlil adabiy asarning badiiy mantiђiga singishi maqsad qilib qo'yilgan ilmiy izohdir. Ularga qo'shimcha qilib aytish mumkinki, tahlil asarni nafaqat tushunish, balki o'zlashtirish orqali ma'naviy - axloqiy barkamollika erishishga qaratilgan faoliyatdir. Adabiy tahlil bilan boђliq muammolar bugun paydo bo'lgan emas. M.A.Ribnikova, N.I.Kudryashev, V.G.Marantsman, Z.Ya.Rez, Ye.A.Maymin, . G.A.Gukovskiy, L.S.Ayzerman, V.G.Bobilev kabi metodist olimlarnint rus adabiyotini o'rganishga doir ilmiy tadqiqotlarida bu masala turli jihatdan yoritiladi. O'rta maktablarning adabiyot dasturlari va darsliklarining ilk mualliflaridan professor Abdurahmon Sadiy, Fitrat, Olim Sharafiddinov, keyinchalik N. Mallaev, S. Dolimov, A. Zunnunov, K. Jo'raev, H.Ubaydullaev, Q. Ahmedov, S. Ismatov va boshqalarning o'zbek adabiyoti asarlari tahlili u yoki bu darajada o'z ifodasini topgan ilmiy ishlari adabiyot o'qitish metodikasi taraqqiyotiga munosib hissa bo'lib qo'shildi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu ishlarda adabiy tahlilning maqsad va vazifalari, mazmun va usullari yuzasidan xilma-xil munosabat bildirilgan bo'lsa-da, har qanday asar tahlili matn asosiga qurilishi ularning barchasida to'ђri qayd etilgan. Biz bu o'rinda tadqiqot xarakteridan kelib chiqib, masalaning badiiy matn ustida ishlash bilan boђliq jihatigagina to'xtalamiz. Aslida adabiy tilning bosh masalasi matn ustida ishlash orqali o'tkaziladigan tahlildir. Uni bazi olimlar, masalan, Z.Ya.Rez va A.Zunnunovalar badiiy asarni o'zlashtirishning asosi deb bilsalar, ayrim olimlar, masalan, M.Mirqosimova adabiy matnning badiiy xususiyatlarini o'rganish usuli degan fikrni ilgari suradi. Bizningcha, adabiy tahlilni matndan ajratish mumkin emas. Tahlil , matn asosida uyushtirilsagina ko'zlangan natijaga erishiladi. Adabiyot hayotni aks ettiradi. Ayni paytda uni anglashning alohida shakli, haqiqatni tushunishga yo'l soluvchi vosita hamdir.Adabiyotning vazifasi shu bilan cheklanmaydi. U hayotga yangicha mazmun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.96 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.96 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga