Maktabda yozuvchi tarjimai xolini o'rganish

Maktabda yozuvchi tarjimai xolini o'rganish

O'quvchilarga / Adabiyot
Maktabda yozuvchi tarjimai xolini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Maktabda yozuvchi tarjimai xolini o'rganish Reja: 1. Yozuvchi tarjimai xolini sharxli o'rganish. 2. Yozuvchi tarjimai xolini o'rganishda tarixiylik prinsipi. 3.Yozuvchi tarjimai xolini o'rganishning ma'rifiy-tarbiyaviy ahamiyati. Ustoz metodist S.Dolimovning fikricha, Yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyatini o'rganish uning dunyoqarashini aniklashga yordam beradi. Bu esa unga turli baho berish uchun zamin hozirlaydi. Darhaqiqat, yozuvchi tarjimai xolini o'rganishda o'quvchilarni uning o'zi yashab ijod etgan davrdagi ijtimoiy jamiyat va tarixiy muhitga munosabati bilan tanirtirish- ma'rifiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Alisher Navoiyning Xusayn Boykaro saltanatida, A.S.Pushkin va L.N. Tolstoylarning Rossiya kiborlari jamiyatida, Mahmudho'ja Behbudiy, Abdulla Avloniylarning asrimiz boshlaridagi milliy uyg'onish harakatida tutgan mavqelari sharhlangandagina ularning ijodi chuqur o'zlashtirilishi mumkin. Yozuvchini, deb qayd etgan edi A. Qodiriy, - garchi shaxsan tanilmasa ham asarlarini o'qib qanday tabiatli shaxs ekanini goyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida o'z tabiatini, ruhini tasvirlaydi. Yozuvchi shaxsiyati, dunyoqarashi, hayotga bo'lgan munosabati esa uning ijodiy o'ziga xosligi aks etadi. U yoki bu yozuvchi asarlari xususida so'z yuritilar ekan, mualliffning ijodiy o'ziga xoslgiga tayaniladi. Negaki, bir kalamkashga mansub asarlar o'zaro shakl va mazmun jihatidan farqlansa-da, ularni mualliffning ijodiy o'ziga xosligi birlashtirib turadi. Ijodiy o'ziga xoslikni bir yozuvchining turli asarlarini o'zaro taqqoslash orqali ham, boshqa yozuvchining asarlariga qiyoslash orqali ham aniqlash mumkin. Masalan, Usmon Nosirning ijodiy yo'li tahlil markaziga qo'yilganda, uning o'ziga xosligini Yur, tog'larga chikaylik, 'Yo'lchi, Yurak, sherlarini o'zaro chogishtirish yoki Hamzaning Yig'la Turkiston!, H.Olimjonning Xolbuki tun, G'afur G'ulomning Sen etim emassan! sherlariga taqqoslash erdamida tushuntirsa bo'ladi. Hassos shoir, yetuk dramaturg, taniqli olim, moxir tarjimon, g'amxo'r muallif Maqsud Shayxzoda tarjimai holi ham o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning asarlari O'qish kitobi (4-sinf) darsligida berilgan Toshkentnoma (parcha) dostonidan boshlab, umumta'lim maktablarida turli miqyosda o'rganiladi. Jumladan, shoir ruboyilariga 7-sinfda 1soat ajratilgan bulsa, Mirzo Ulugbek fojeasiga 8-sinfda 3 soat rejalashtirilgan. Ko'rinadiki, o'quvchilar tayanch maktabi doirasida M.Shayxzoda ijodi bo'yicha yuzaki ma'lumot oladilar, buning uchun ham adabiyot o'qituvchisining zimmasida kirish mashg'ulotlarida M.Shayxzodani shoir, olim, dramaturg va tarjimon sifatida kashf etishdek mas'uliyatli vazifa turadi. Shoir hayoti va ijodi tahlilida uning boshiga tushgan taqdir o'yinlarini eslatish foydadan xoli bo'lmaydi. Binobarin, 1928 yilda tugilib usgan ona yurti - Ozarboyjonning Ganja viloyatidan usha davr siyosatiga shakkoklikda ayblanib Toshkentga badarga qilinishi, urushdan sung 1952 yilda xalq dushmani degan dahshatli ayblov bilan qamalishi, lekin shunga qaramay, Mirzo Ulug'ek, Toshkentnomadek vatanga cheksiz mexr-muhabbat bilan yo'g'rilgan yuksak badiiy asarlar yaratib, ijodiy jasorat ko'rsatganini tushuntirish orqali yozuvchi shaxsiyati to'g'risida qizg'in fikr uyg'otish mumkin. Bu esa, M. Shayxzoda ijodiy laboratoriyasi bilan chuqur tanishib, asarlari mag'zini chaqish, qahramonlari bilan tanishish uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.54 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.54 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga