Manbalar rivoji

Manbalar rivoji

O'quvchilarga / Adabiyot
Manbalar rivoji - rasmi

Material tavsifi

Manbalar rivoji Reja: 1.Adabiyotshunoslikka oid qadimiy manbalar 2. Markaziy Osiyoda qog'oz ishlab chiqarish va kitob yaratish tarixi 3. Qo'lyozmalar fondi 4. Fond ustida ishlash 5. Qo'lyozmalarni tavsiflash 6. Qo'lyozmalar fondini boyitish Badiiy adabiyotning taraqqiy etishi o'z navbatida tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid asarlarining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Adabiy yodgorliklarni to'plash, ularni kitobat qilish, sharhlar bitish va lug'atlar tuzish, so'z san'ati tajribalarini o'rganish, umumlashtirish ilmiy ma'rifiy ahamiyatga ega bo'lbigina qolmay, balki adabiiyotning amaliyoti uchun ham, adabiyot ahllari va kitobxonlar uchun ham katta ahamiyatga ega edi. «Devonu lug'atit-turk»ni turkiyda ilmi adabga oid bunday asarlarning dastlabkilaridan biri deyish mumkin. Turkiy tillar izohli lug'ati bo'lgan bu asar arab tilida yozilgan bo'lib, adabiy manba sifatida 300ga yaqin turkiy sheriy parcha va juda ko'p maqol hamda hikmatli so'zlarni o'z ichiga olgan. Asar undagi so'zlarning tilimizda qaysi paytlardan boshlab qo'llanilib kelishini ko'rsatuvchi manba bo'lib ham hisoblanadi. Mahmud Koshg'ariy «Alp Erto'nga» (Afrosiyob), Iskandar va boshqalar haqida xalq orasida mavjud bo'lgan ayrim afsona va rivoyatlarni ham bayon qiladi. Shu bilan birga, muallif yo'l-yo'lakay bo'lsa ham, bazi adabiy janrlar haqida, vazn, istiora, o'xshatish va boshqa nazariy tushunchalar haqida ma'lumot beradi. Bu birmuncha sodda tarzda bo'lsa ham, o'sha davrlarda adabiyot nazariyasiga doir ayrim masalalarning ilmiy asosda o'rganilgani va malum qoidalar yaratilganini ko'rsatadi. Bu asarda ayrim parchalarning tili va uslubiga qarab ular olingan asarlarning yaratilish davrlarini faraz qilish ham mumkin. Ko'pgina adabiy parchalarda qabilalarning juda qadimgi patriarxal hayoti, ibtidoiy jamoa qoldiqlari, tabiat hodisalariga nisbatan sodda qarash ifodalangan hamda ularda islom dini aqidalarining izi ko'rinmaydi, arabcha so'zlar ishlatilmaydi. IX asrda vujudga kela boshlagan tazkirachilik ham o'ziga xos taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tdi. Qo'lyozma kitoblarning ko'paytirish imkoni cheklanganligi tufayli adabiyot ixlosmandlari turli sherlarni, asarlarni daftarlarga ko'chirib olib kichik-kichik to'plamlar tuzar edilar. Mashhur yozuvchilarning asarlaridan namuna sifatida tuzilgan bunday ilk to'plamlarda biografik ma'lumot u yoqda tursin, ko'pincha, shoirning nomi ham qayd etilmas edi. Lekin vaqt o'tishi bilan to'plamlarga yozuvchilar va adabiy namunalar ko'proq kirib boradi va natijada mualliflar hayoti va faoliyati hamda asarlari haqida ma'lumotlar berish zarurati yuzaga keladi. Shu taxlit vujudga kelgan to'plamlar ilk tazkiralar edi. Yaqin va O'rta Sharq adabiyotshunosligida tazkiranavislikni Saolibiy (vft. 1037) boshlab bergan (bu haqida 1-mavzuga qarang). Bu davrda badiiy adabiyotda erishilgan katta muvaffaqiyatlar zamirida adabiyotshunoslik ham malum yutuqlarni qo'lga kiritdi. Buyuk yozuvchilarning asarlarini to'plash, qayta kitobat qilish ishlari kuchaydi. Jumladan, Boysunqur davrida (XV asr) Shohnomaning chog'ishtirma matni tuzilib, Xusrav Dehlaviyning lirik asarlari devon shaklini oldi. Navoiy asarlari asosida «Badoyi ul-lug'at» kitobi vujudga keldi. Aruz vazni, qofiya, muammo janri, badiiy san'atlar va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.47 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.47 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga