Manbashunoslik tadqiqoti Reja: 1.Manbashunoslik tadqiqoti olib borishning ilmiy mezonlari 2. Manbashunoslik tadqiqoti yo'nalishlari 3. Manbashunoslik tadqiqotlarining matnshunoslik tahlilidagi o'rni 4. XX asr o'zbek manbashunosligi Manbashunoslik tadqiqotlari quyidagi yo'nalishlarda olib borilishi mumkin: alohida manbalar tahlili bo'yicha alohida masalalarga oid manbalar yuzasidan alohida sohalarga oid manbalar yuzasidan alohida davrlarga oid manbalar yuzasidan alohida qo'lyozmalar yoki qo'lyozmalar to'plamlarining tavsifi yoki obzori tarzida yangi topilgan qo'lyozma materiallar yuzasidan manbalarning nashri yoki manbashunoslik tadqiqotlariga taqrizlar va h.k. Manbashunoslik tadqiqotlari olib borishda ularni ilmiy jihatdan to'laqonli bo'lishini ta'minlash lozim. Buning uchun: tadqiq obyektlarining to'la qamrab olinishiga; fikrlar bayonida ilmiy izchillik bo'lishiga; keltirilgan har bir faktning manbasi ko'rsatilishiga; havolalarning ilmiy adabiyotlarda qabul qilingan tarzda bir xil bo'lishiga; manbashunoslik atamalarining bir xil bo'lishiga; chala tekshirilgan faktlarning chalaligi ko'rsatib o'tilishiga rioya qilish kerak bo'ladi. Manbashunoslik tadqiqotlari ichidagi uning shakli va mazmuniga aloqador ayrim detallarga to'xtalib o'tamiz. Manbashunoslik atamalari. XX asr o'zbek manbashunosligida talaygina mashhur olimlar, tadqiqotchilar etishib chiqqan bo'lsa-da, hanuz soha atamalari izohiga etarli etibor berilmay kelayotir. Bu atamalarning ko'pchiligi hatto adabiyotshunoslik terminlarining izohli lug'atlariga ham kirmay qolavergan. Bu oldimizda hali qilinmagan ishlarning qanchalar ko'pligini bildiradi. Manbashunoslikning o'zigagina xos ayrim atamalari ham borki, ularni ko'p hollarda rus manbashunosligidan, shunchaki, kalüka qilib qo'ya qolingan. Tadqiqotlarda bunday atamalar qay tarzda olinishidan qati nazar ularning boshdan oyoq bir xil bo'lishiga erishish zarur. Manbaning nomi.-O'tmish yodgorliklari ko'pincha turlicha nomlar bilan ham atalishi mumkinligi ham nazardan qochirmaslik kerak. Bunga masalan, Narshaxiyning tarix kitobi «Tarixi Narshaxiy» va «Tarixi Buxoro»; Yassaviy hikmatlari: «Devoni hikmat», «Hikmatlar»; Rabg'uziy asari: «Qissas Rabg'uziy», «Qissas ul-anbiyo», Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» asari «Chor devon» deb ham atalib kelgan. Bunday hollar manbashunoslik tarixida ko'plab uchraydi. Bazan manbaning nomi muqova yoki dastlabki sahifada uchramaydigan qo'lyozma kitoblar ham uchrab qoladi. Bunday hollarda qo'lyozmaning dastlabki bir necha sahifasini o'qib chiqish bilan muallifning o'z asarini qanday nomlagani, muallif nomi faktiga duch kelishimiz mumkin. Yana o'rta asr manbalarining, ko'p hollarda, yozilish tilidan qati nazar arabcha nomlanishi holiga ham diqqat qilish kerak. Ayrim hollarda asar nomi, muallif nomi, kitobat qilgan kotib, yozilish vaqti asarning kolofonida, yani, so'nggi jumlalarida o'z aksini topgan bo'ladi. Abjad. Arab yozuvida mavjud bo'lgan har bir harf raqam qiymatiga ham ega. Masalan, alif-1, be-2, nun-50, te-400, g'ayn-100 soniga barobardir. Xarflar vositasi bilan son tushunchasini ifoda etish abjad hisobi deyiladi. Malum tarixiy voqealar biror shaxsning tug'ilgan yoki vafoti yili bir asarning yozilgan yili ko'pincha raqam orqali emas, abjad hisobi asosidagi so'zlar orqali berilgan (va tarix :deb atalgan). Abjad-1-2-3-4 Havvaz - 5-6-7 (hoyi havvaz) Hutti 8-9-10 (hoyi hutti va ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.17 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.17 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:19 ]
Arxiv ichida: doc