Mif va ijodiy jarayon

Mif va ijodiy jarayon

O'quvchilarga / Adabiyot
Mif va ijodiy jarayon - rasmi

Material tavsifi

Mif va ijodiy jarayon Adabiyotshunosligimizda mif va ijod aro umumiy jihatlar, mifning barcha ijod turlari bilan munosabati masalasi, bu ikki tushunchaning genezis nuqtai nazaridan aloqadorligi, mifning badiiy adabiyotdagi o'rni, adabiyot tarkibida yashash shartlari va usullari, bunda ijtimoiy, tarixiy, madaniy omillarning ahamiyati, ayni jarayonlarning ong va ong osti psixologiyasiga doir talqinlari kabi kator muammolar borki, bularning xar biri maxsus tadqiqotlar uchun mavzu bo'ladi. Ushbu makolada sanab utilgan nazariy muammolar silsidagi kiruvchi, mif va ijod sinteziga doir dolzarb bir masala atrofida fikr yuritmokchimiz. Masala mohiyati mifologiyaning ekstsentrik nuqtasi bo'lgan xaos va kosmos tushunchalarining badiiy ijod jarayoni bilan bog'liq jihatlarini aniklashga urinishdan iborat. «Mifologiya lugati»da yunoncha xaos istiloxi «Dunyo yaratilishiga qadar mavjud bo'lgan, jazirama va zulmat, cheksizlik va bushlikdan iborat borliq» (-M., Prosvexenie, 19**), deb izoxlanadi. +adim yunon adibi Gesiodning «Telegoniya» asaridagi talqinga ko'ra, xaosga xos sifatlar komos yaratilgandan keyin xam Tartar (yer osti dunyosing eng tubida yashovchi kora kuch), Ereb (kaygu, iztirob), Eros (xaosning kosmos dunyosidagi ayniyati, ofat va tartibsizlik, jilov bilmas shaxvoniy energiya), Nikta (zulmat) kabi yaratiklar shakli shamoyilida davom etgan. Kosmos esa makon, zamon, tartib va taraqqiyot tushunchalaridan xoli xaos tarkibida yashagan va, ayni paytda ushbu tushunchalar inikosi bo'lib yaratilgan fenomen hisoblanadi. Dastlabki makon(xaos)idan ajralib chikkach, mustaqil funksiya bajarishga utgan kosmos endilikda o'z tarkibiga xaotik kuchlarni xam kamrab oladi hamda xaotik kuchning ziddi sifatida asl mohiyati uchun xizmat kila boshlaydi. Shu urinda barcha moddiy va nomoddiy, tabiiy va notabiiy jarayonlar negizida ayni tizim (bekaror, nochiziqli harakat)ni ilgash hamda to'g'ri baholashning natijasi ularok maydonga kelgan sinergetik falsafaning urnitni etirof etish lozim. Shunga ko'ra, xaos va kosmos aro bunday tserkulyar munosabatni paradoksal mantik tili bilan kosmos tartibga solingan xaos, xaos esa izdan chikarilgan kosmosdir, deya ifodalash mumkin. jahon tan oladigan diniy kitoblarda, jumladan sharq idealistik falsafasida bunday murakkab tushunchalar tartib- tartibsizlik, ezgulik-yovuzlik, yaxshilik-yomonlik, nur-zulmat juftliklarida aniq, sodda talqin etiladi. Ammo shuni alohida takidlash joizki, sharq va arb idealistik falsafasi zoxiran juft kurinuvchi tushunchlarning xar birini ambivalent (ikki tomonli) hodisa sifatida o'rganadi. Bunga ko'ra, ezgulik, yovuzlik, tartib, tartibsizlik, yaxshilik, yomonlik, nur va zulmat tushunchalari absolyut mustaqil holatida xam diologik mohiyat kasb etadi. Universal manodagi hayot tushunchasi negizida aynan shu absalyut mohiyat yotadi. Buni anglangan va anglash mumkin bo'lmagan, abadiy va utkinchi narsa-hodisalarning barchasiga nisbatan tatbik etish mumkin. Diniy va mifologik talqinga ko'ra, inson mohiyatan kosmos g'oyasining maxsuli yoinki shu fenomenning o'ta kichik shakli (mikrokosm)dir. Garchi kosmos (makrokosm-borliq dunyo) makon va zamon nuqtai nazaridan Odamga nisbatan avvalrok, cheksizrok yaratilgan bulsa-da, uning vazifasi, mohiyati insonga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.92 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.92 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga