Mifologik afsonalar

Mifologik afsonalar

O'quvchilarga / Adabiyot
Mifologik afsonalar - rasmi

Material tavsifi

Mifologik afsonalar Reja: 1.Mifologik afsonalarning o'ziga xos xususiyatlari 2.Bu xil afsonalarning genezisi, ichki turlari 3.Mabudlar, ilohlar, pirlar haqidagi afsonalar 4.Etiologik afsonalarning o'zgacha uslub, xususiyatlari Mifologik afsonalarning o'ziga xos xususiyatlari Mif zaminida naql etilgan afsonalar sinkretik xarakteri bilan farqlanadi. Ularning qadimgi namunalari g'ayritabiiy hodisalar haqida bayon shaklida paydo bo'lgan namunalari urf-odat, marosim, din elementlari, xudolar, pirlar haqida hikoya qiladi. Din dastlabki shakldayoq ikki xususiyat, o'ziga ishonch va inonch zaminidan kelib chiqqan harakatni qamrab olgan. Uning taraqqiyotida vujudga kelgan har ikki xususiyat e'tiqodga, e'tiqodiy harakat sabab hosil bo'lgan maxsus murakkab shakllar esa sig'inishga aylangan. Eng avval dinning urug', qabilaviy e'tiqod shakli yuzaga kelib, totemizm, animizm, fetishizm, shomonlikka dahldor tushunchalarni qamrab olgan. Keyinchalik jahonga mashhur islom, budda, sof xristian dinlari paydo bo'lgan. Qabilaviy e'tiqod asosan ibtidoiy jamoa, sinfsiz jamiyatga mansub bo'lib, nisbatan keyin shakllangan islom dini feodal tuzumiga xosdir. Mifologik afsonalar ilk bor paydo bo'lgan dinning urug', qabilaviy e'tiqod shakliga tegishlidir. Ular alohida guruhni tashkil etib, islomning paydo bo'lishi, rivoji, evolyutsiyasini belgilashda alohida ahamiyat kasb etgan. Alohida turkumni tashkil etgan bu xil afsonalar o'ziga xos obrazlar tizimiga ega. Uni mabud, xudolar, homiy kultlar, titan, pahlavon, asotir, pirlar, muqaddas kuchlar tashkil etadi. Ularning har biri o'zida timsoliy mano tashib, urug', elat, qabila ishonchi, e'tiqod madadkoriga aylangan. Afsona namunalari qadimgi turkiy qavmlar orasida yaratilgan tarixiy manbalar, yodnomalar, «Avesto» tarkibi, islom suralarida bizgacha etib kelgan. Mazkur tip obrazlarning ijobiy namunalari ezgulik ato etuvchi tinchlik, osuda hayot, ezgulikni ulug'lash, yovuzlikni qoralash kabi yetakchi g'oyalarni ilgari suradilar. Salbiy nusxalari yovuzlik, balo, ofat timsoli sifatila faoliyat ko'rsatadilar. Syujet tuzilishi ixcham, bir yoki ikki epizod asosiga qurilgan, murakkab voqealar g'ayritabiiyligi bilan ajralib turadi. Epizod motivlarda faoliyat ko'rsatgan ilohlar, pir, mabudlarning g'ayrioddiy qudrati bilan yuz bergan mo'jizalari hal qiluvchi rol o'ynaydi. Mifologik afsonalar ma'rifiy ahamiyati, axborot funksiyasi bilan ajralib turadi. Ibtidoiy tushunchalarga ko'ra g'ayritabiiy hodisalarga ta'sir ko'rsatuvchi mabud, ilohlar, voqelikka e'tiqod zaminida paydo bo'lgan irim-sirim, urf-odat, qadimiy dunyoqarash, tasavvurlar zamirida yaratilib shakllangan mazkur mifologik obrazlarning har biri ijtimoiy hayotga mansub turli xil sohalardan birining boshqaruvchisi sifatida faoliyat ko'rsatadi. Ular mazmuni, funksiyasi etibori bilan ikki xil tipga bo'linadi. Birinchi guruhni mabud, ilohlar tashkil etadi. Bular: Xumo - baxt tole, davlat xudosi, Anaxita - suv mabudasi, Xubbi suv xudosi, Mirrix - urush, g'alaba xudosi, Mitra - quyosh, yorug'lik xudosi, Qayumars, Yima ezgulik tangrisi, Nahit - obodlik, farovonlik mabudi. Har qaysi ilohiy qudrat muqaddaslashtirilgan, yaratish funksiyasini ado etish bilan farqlanadi. Ikkinchisini pir avliyolar tashkil etadi. Xubbi - Amudaryo piri, Cho'ponota - podachilar piri, Qambar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.79 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.79 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga