Navoiy va Bobur hayoti, ijodidagi mushtarak xususiyatlar «Sharq adabiyotning hashamatli, rangli bir tarixi bor. Bu dabdaki tarizning oldidan o'tganda, bu unga Ovropo adabiyoti ham shapkasini olib, salom berib o'tadir, shunga o'zini majbur ko'radir. Sharq adabiyot butun dunyo adabiyoti orasida singirsiz-misli yo'q bir adabiyotdir» Fitrat. Reja: 1. Navoiy va Bobur hayoti Aziz Qayumovning «Alisher Navoiy» nomli kitobi Navoiy timsoli Adabiyotshunoslarning Navoiy va Bobur haqidagi fikrlari Navoiy va Bobur ijodidagi mushtarak xususiyatlar «Boburnoma» da Navoiy timsoli. Har bir ijodkorning faqat o'zigagina xos bo'lgan ijodiy tamoyillari, o'zigagina xos bo'lgan ijodiy xususiyatlari bo'lish bilan birga danyoqarash, ilm va ijod saviyasisi jihatidan yaqin bo'lgan ijodkorlar hayoti va ijodida mushtarak, umumiy xususiyatlar ham mavjud bo'ladi. Navoiy va Boburning bir zamonda yashashi, Temuriylar saltanati ravnaqi yo'lida kurashi, ilm va badiiy ijoddagi salohiyatining kuchliligi kabi omillar sababli ular hayot va ijod yo'lida o'xshash, mushtarak tomonlar ko'plab uchraydi. Bu ikki ijodkor fevral oyida tavallud topganlar. Har yili 9 fevral Navoiyning 14 fevral Boburning tug'ilgan kuni sifatida keng nishollanadi. Har yili bu oyda Respublika madaniy hayotida jonlanish, tozalanish, yangilanish ko'zga tashlanadi 1957 yildan buyon har yili 9 fevralda Respublika miqyosida Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan ilmiy anjuman o'tkazish an'anaga aylangan. 80 -yillarda Andijon ziyolilari O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi, Qo'lyozmalar instituti bilan hamkorlikda 14 fevralda Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlangan ilmiy anjuman o'tkazishga qaror qildilar, bu anjumanni an'anaviy anjumanga aylantirmoqchi bo'ldilar. Bunday anjuman 2 marta Andijon shahrida yuqori ilmiy saviyada o'tkazildi. Ammo o'zkompartiya mafkura kotibasining Andijonda o'tkazgan mafkuraga oid anjumanida bu ish qattiq qoralandi. Shu bilan bu anjuman barham topdi. Istiqlol Bobur ijodiga to'g'ri va odil qarashga yo'l ochdi. Ana shu anjumanni qayta taklashga vaqt etdi. Navoiy va Bobur -hokimlarning farzarndlari . Navoiyning otasi Giyosiddin Muhammad (kichkina, bahshi) Abdulqosim Bobur otasi zamonida Sovzovor shahrining hokimi edi. Boburning otasi esa Umarshayx Mirzo Farg'ona viloyatining hokimi edi. Bu ikki shoirning ismi va taxallusi sherga bog'liqdir. Navoiyning ismi masalasi istiqlolgacha boshqacha sharxlandi. Masalan, Aziz Qayumovning «Alisher Navoiy» nomli kitobida shoirga qo'yilishi masalasi shunday berilgan. Xonaning eshigi qiya ochilib, Alining boshi ko'rindi. Giyosiddin unga tura tur degandek ishora qilib, mashg'ulotda davom etdi. Ali xonaning eshigini berkitib tashqarida qoldi. Bir oz fursat o'tgach, xonadagi kishilar chiqib ketishdi. Shunday so'ng Ali xonaga kirib Giyosiddin bilan ko'rishdi. Alining chehrasida shodlik ifodasi zuhr etib turar, pochchasining xizmat safaridan qanday qaytganini so'rab o'ltirmasdanoq gap boshladi: -Suyunchi berasiz, pochcha, xushhabar olib keldim. Ollo taolo sizga farzand ato qildi o'g'il! Bugun sahar vaqti opamizning ko'zlari yoridi,- dedi Ali. Giyosiddin azbaroyi xursandligidan o'rnidan turib ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.49 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.49 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:24 ]
Arxiv ichida: doc