O'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda maktab hamda kutubxona hamkorligini ta'minlash

O'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda maktab hamda kutubxona hamkorligini ta'minlash

O'quvchilarga / Adabiyot
O'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda maktab hamda kutubxona hamkorligini ta'minlash - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda maktab hamda kutubxona hamkorligini ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlari ta'lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlarini takomillashtirish bilan bog'liqdir. Bu esa o'sib kelayotgan avlod ma'naviyatini istiqlol talablari asosida shakllantirish vazifalarini amalga oshirish, maktab kutubxonalaridagi kitob fondi va adabiyotlarni o'quvchilar o'rtasida keng va maqsadli targ'ib qilish ishlarining samaradorligini oshirishni talab etadi. ta'lim-tarbiya jarayonini tashkiliy-pedagogik jihatdan tizimli tahlil etish, o'z navbatida, bu jarayonning belgilarini o'rganishni talab etadi. Ana shu tizimning markaziy qismlaridn biri - maktab kutubxonasining Kitob fondidir. Maktab kutubxonasining kitob fondi asosan darsliklar va fanning turli sohalariga oid nashrlar, o'qituvchilar uchun metodik adabiyotlar hamda badiiy asarlardan tashkil topadi. Kitob fondiga o'quv dasturlari bo'yicha sinfdan tashqari o'qish uchun adabiyotlar, maktab o'quvchilari va pedagogik jamoa uchun vaqtli matbuot nashrlari, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-pedagogik va alohida fanlarni o'qitish metodlariga oid adabiyotlar ham kiradi. Bu esa kitob fondida universal yoki boshqacha qilib aytganda, barcha fan tarmoqlariga oid asarlar bo'lishini talab etadi. Kitob fondi o'quvchilarga to'laqonli ta'lim-tarbiya berishning barcha yo'nalishlari: aqliy, axloqiy, vatanparvarlik, mehnat, estetik, jismoniy ta'lim-tarbiya hamda kasbga yo'naltirishga oid adabiyotlardan ham iborat bo'ladi. Kutubxona fondining asosini kitob tashkil etishi lozim. Kitoblar - maktab kutubxonasining asosiy ish mazmunini bajarishga xizmat qiluvchi nashrlardir. Ularga maktabning o'quv dasturi bo'yicha va sinfdan tashqari o'rganilishi shart bo'lgan badiiy asarlar va dasturga kiritilmagan klassiklar hamda mashhur zamonaviy yozuvchilarning asarlarini kiritish mumkin. Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy-siyosiy, tabiatshunoslikka oid ilmiy-ommabop adabiyotlar, texnika, qishloq xo'jaligi, tibbiyot va soo'liqni saqlash, san'at, falsafa, jismoniy tarbiya va sport, adabiyotshunoslik, pedagogika, fan sohalari bo'yicha metodik adabiyotlar kiritilishi kerak. Shuningdek, maktab kutubxonasining kitob fondiga o'quvchilarning o'quv vazifalarini bajarishi hamda pedagoglarning darsga tayyorgarlik ko'rishlari uchun zarur bo'lgan lug'atlar, ma'lumotlar, ensiklopedik asarlar va turli bibliografik nashrlar kiritilishi zarur. Albatta, o'quv dasturiga kirmagan adabiyotlar, yani ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar kamroq nusxada olinadi, chunki ular uchun mablag' ajratish imkoniyati muayyan darajada cheklanganligini ham etibordan soqit qilmaslik zarur. Malumki, maktab kutubxonasi fondining tarkibi va nashrlarning nusxasi maktabda ta'lim qaysi tilda amalga oshirilishi, qanday xorijiy tillarning o'rgatilishi, o'quvchi va pedagogik jamoaning tarkibi, milliy xususiyatlari, har bir maktabning o'z oldiga qo'ygan vazifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Maktab kutubxonalarining har birida mustaqil Respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid adabiyotlar, xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, davlat tamg'asimilliy bayrog'imadhiyasi mazmunini ochib beruvchi, Respublika siyosati, iqtisodi va madaniyatiga oid adabiyotlar bo'lishi zarur. Aniqlangan ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, bugungi kunda maktab kutubxonalari fondida asosiy o'rinni badiiy asarlar egallab Kelmoqda. Malumki, badiiy asarlar insonni har tomonlama rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Badiiy asarlar mazmuni O'zbek va jahon klassiklari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 61.8 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 61.8 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga