o'rta asrlar shahar adabiyoti.Uyg'onish davriga utish.uyg'onish davri adabiyoti.Angliyada uyg'onish davri adabiyoti Reja: 1. Ingliz romantizm adabiyotining vujudga kelishi,Fransiya romantizm adabiyoti, Amerika romantizm adabiyoti, D. Defo ijodi. Robinzon Kruzo fransuz adabiyotida adabiy oqimlar, Nemis ma'rifatchilik adabiyoti, fransuz adabiyotida ijtimoiy vokealar,zidiyatlarning kuchayish 2. Ispaniyada diniy reaksiyaning avj olishi, Angliyada iqtisodiy va siyosiy ahvol, Drama va teatrning rivojlanishi, Shekspir ingliz adabiyotining buyuk nomayandasi, Shekspir dramaturgiyasi 3. Petrarka va Bokkachcho ijodi, Fransiyada ijtimoiy- siyosiy tuzum, Frantsua Rable ijodi, uyg'onish davrining asosiy xususiyatlari,Dante Aligeri hayoti va ijodi, Iloxiy komediya- Dante siyosiy falsafiy va adabiy faoliyati yakuni Bunda ayniqsa xalq poeziyasi an'analarining roli kattadir. Eng qadimgi poeziya namunalari mehnat qo'shiqlari bo'lsa, o'rta asrlarga kelib, qo'shiq urf-odat doirasidan chiqib, mustaqil adabiy janr sifatida shakllanadi. Cherkov uzoq vaqt xalqni jaholatda saqlab kelsa-da, lekin u baribir kishilarning real hayot zavq-shavqiga bo'lgan ishtiyoqini bo'g'a olmadi. O'rta asrlar adabiyotining rivojlanishiga katta ta'sir etgan omillardan yana biri antik madaniyatdir. O'rta asrlar ritsar poeziyasida Rim shoiri Ovidiy tilga olinadi. Makedoniyalik Iskandar haqidagi ertaklar, Vergiliyning «Eneida» poemasi kabi asarlardan o'rganish, foydalanish asosida dastlabki ritsar roman va qissalari vujudga keladi. qahramonlik eposlari xususida muhokama yuritilganda Farb va Sharq xalqlari ijodi o'rtasida bazi bir yaqinlik va o'xshash syujetlar mavjudligi o'sha davr xalqlarining malum bir taraqqiyot bosqichida yashab, kelajak haqidagi orzularining mushtarakligi bilan izohlanadi. fransuz qahramonlik eposi fransuz poeziyasining ilk namunalari mehnat, jangovar yurish, maishiy hayot masalalariga bag'ishlangan qo'shiqlar shaklida paydo bo'lgan. Xalq hayotining alohida voqealarini gavdalantirgan bunday qo'shiqlardan epik dostonlar yaratilgan. Bunday dostonlarda xalq hayoti, orzu-umidlari ifodalangan. Epik poeziyaning ijobiy qahramonlari mard, jasur va sog'lom, saxiy, mazlumlarga yordam berish va vatan uchun jonini fido qilishga tayyor turgan kishilar qilib ko'rsatilgan. «Roland haqida qo'shiq» fransuz qahramonlik eposi 4002 misradan iborat bo'lib, unda Frantsuya yagona bir davlat sifatida qadrlanadi, uning imperatori Karl, «aziz Fransiya» uchun jon fido qilgan Roland ulug'lanadi. «qo'shiq»da voqealarning xalq eposiga xos tarzda mubolag'a bilan berilishi. Rolandning vatanparvarligi. «Roland haqida qo'shiq» chuqur insoniy tuyg'ular, do'stlikni o'zida mujassamlashtirgan badiiy yodgorlik namunasidir. Asarda harbiy qahramonlikning kuylanishi. Ispan xalqining qahramonlik eposi shu jumladan, «Sid haqida qo'shiq» o'rta asrlardagi Farbiy Ovro'po qahramonlik eposidan farq qiladi, yani ispan qahramonlik eposida xushchaqchaqlik ustun turadi. «Nibelunglar haqida qo'shiq» nemis qahramonlik eposi mahsuli bo'lib, qadimgi ertakning bir turidir. Unda realizm va xalqchillik elementlari bo'lib, ijobiy obrazlar tasviri va talqinida ko'rinadi. «Nibelunglar haqida qo'shiq» bilan o'zbek xalqining qahramonlik eposi «Alpomish» o'rtasidagi o'xshashliklar har ikki asar qahramonlarining xulqida, shiddatkorligida, qudratida ko'rinadi. Alpomishning «o'tda kuymasligi»ga nemis pahlavoni Zikfrid o'xshasa, Barchin bilan Bryunxildalar o'z oshiqlari oldiga shart ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.78 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.78 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:26 ]
Arxiv ichida: doc