O'xshatish asosidagi sheriy san'atlar Reja: She'riy san'atlar haqida tushuncha She'riy san'atlarni tasniflash O'xshatish asosidagi san'atlar Mumtoz adabiyotshunoslikda asar badiiyatini belgilash uning tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan Ilmi badining vazifasi hisoblanadi. Uning o'rganish obyekti esa, asosan, sheriy san'atlardir. Mumtoz adabiyotni o'rganishga qiziqishning ortib borishi, o'z-o'zidan, sheriy san'atlarni o'rganishga bo'lgan qiziqishning ham ortishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa sheriy san'atlarni maxsus o'rganish, bu sohada ham bugungi adabiyotshunoslik ilmining erishgan darajasidan kelib chiqib tadqiqotlar olib borish zaruratini yuzaga keltiradi. Chunki bugungi adabiyotshunoslik mumtoz adabiyotimizga yangicha nazar bilan qarash, uning badiiy barkamolligiga xolis baho berish va shu orqali boy adabiy merosimizga to'g'ri yondashuvni shakllantirishga masuldir. Sheriy san'atlarning o'ziga xos qonuniyatlari, tasniflanishi yuzasidan fors va arab adabiyotshunosligi bilan bir qatorda o'zbek adabiyotshunosligida ham shu kungacha bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan. Ushbu tadqiqotlarning deyarli barchasida sheriy san'atlarni tasniflash masalasida deyarli bir xil an'ana hozirgacha saqlanib kelinadi va ularda, asosan, Rashididdin Votvotning Hadoyiq-us-sehr hamda Atoulloh Husayniyning Badoyi-us-sanoyi asarlariga tayaniladi. Ularga ko'ra, sheriy san'atlar lafziy, ma'naviy hamda lafziyu ma'naviy san'atlar tarzida tasniflangan. Bu xil tasnifda shakl va mazmun munosabatlari, ulardan qay birining yetakchi mavqega ega ekanligi asosiy mezon qilib olingan. Biroq bilamizki, badiiy asardagi shakl va mazmun bir-biridan ajratib bo'lmaydigan, muhim va nomuhimga ajratish mumkin bo'lmagan tushunchalardir. Demak, ma'naviy san'atlarning shakldan ayri holda yoki, aksincha, lafziy san'atlarning faqat shakl hodisasi sifatida manodan ayri holda san'atga aylanishi ham mumkin bo'lmagan hodisalardir. Faqat ayni o'rinda ulardan biri boshqasiga nisbatan yetakchiroq mavqeda bo'lishi mumkin, xolos. Adabiyotshunos B. Sarimsoqovning Badiiylik asoslari va mezonlari risolasida Badiiy asarning mazmuni hamda shakli badiiylikning ikki qanotidir1 degan fikrni o'qiymiz. Demak, gap badiiy asar haqida ekan, uning 6adiiyatiga baho berishda shakl va mazmun munosabatlariga, ayniqsa, ularning ajralmas tushunchalar ekanligiga, birining ikkinchisisiz mavjud bo'la olmasligiga alohida etibor bermaslik mumkin emas. Yuqorida nomi keltirilgan risolada yana shunday fikr mavjud: Adabiy asarning badiiylik darajasi ham mazmuniy, ham shaqliy jihatdan teng baholangandagina samarali bo'ladi, aks holda xulosalar bir tomonlama bo'lib qolaveradi2. Bu fikr, albatta, sheriy asarlarga ham birday taalluqli. Shunday ekan, garchi sheriy san'atlarni lafziy va ma'naviy san'atlar tarzida tasniflash bir necha asrlardan buyon an'ana bo'lib kelayotgan bo'lsa ham, adabiyotshunoslik ilmining bugungi darajasiga muvofiq kelmaydi, deb hisoblaymiz. Bu esa sheriy san'atlarni tasniflash masalasiga boshqacharoq yondashish lozimligini taqozo etadi. Keyingi paytlarda mazkur ehtiyojni hisobga olgan holda qator ilmiy izlanishlar olib borilayotgani va tasniflash masalasida o'ziga xos yangicha muqobillarning ham yuzaga kelayotgani mana shu zaruratning hosilasi, desak xato bo'lmasa kerak. Jumladan, zulqofiyatayn, zulqavofi, tarse , musajja, tajziya kabi qator san'atlarning aksariyati mavjud adabiyotlarda lafziy ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.31 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.31 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:27 ]
Arxiv ichida: doc