O'zbek adabiy tili tarixini sotsiolingvistik asosda o'rganish

O'zbek adabiy tili tarixini sotsiolingvistik asosda o'rganish

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek adabiy tili tarixini sotsiolingvistik asosda o'rganish - rasmi

Material tavsifi

O'zbek adabiy tili tarixini sotsiolingvistik asosda o'rganish Reja: 1. O'zbek adabiy tili tarixini o'rganishning ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari. 2. O'zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish. 3. Hozirgi o'zbek adabiy tili va uning olamshumul ahamiyati. O'zbek adabiy tili tarixini o'rganish, asosan, o'zbek xalqining tarixini, uning o'tmishini, urf-odatlarini, madaniyatini anglash orqali malum bo'ladi. Bunda shu xalqning ijtimoiy til qonuniyatlarini davrlashtirish va bo'limlarga bo'linishi ham o'zbek adabiy tili tarixini o'rganishga asos bo'ladi. Gap o'zbek adabiy tili tarixini sotsiolingvistik asosda o'rganish haqida borar ekan, shu o'rinda bu tilning geografik joylashishi jihatlarini, uning etnografik xususiyatlarini hamda o'zbek tilining qondosh yoki qarindosh va boshqa tillar bilan o'zaro aloqalari xususida ham ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Avvalambor, o'zbek adabiy tili XI asrdan boshlab ijtimoiy hayotda o'z o'rniga ega, yuqori mavqeli til sifatida ko'rina boshladi. U arab, fors-tojik, uyg'ur, xitoy va boshqa tillar ta'sirida tez suratlar bilan rivojlanib keldi. Jumladan, odob, axloq, mehr, muhabbat, zangori, toza, kitob, kutubxona, choy, apelsin kabi so'zlar shu tillardan o'zbek tili lug'at tarkibiga kelib qo'shilganligi buning yaqqol misolidir. O'zbek adabiy tilining tarixini o'rganishda, 1300-1400 yillik tarixiy davrni his etish lozimdir, yani urug', qabila tillaridan boshlab hozirgi davrdagi o'zbek adabiy tilining yuqori bosqichga ko'tarilgan davrlarini qiyoslash maqsadga muvofiqdir. Ko'rinadiki, hozirgi o'zbek adabiy tili o'z tarixini bizning zamonamizgacha etib kelgan eng qadimgi yozma yodgorliklar tilidan boshlagan. Takidlash joizki, adabiy til mezonlari hamma davr uchun bir xil bo'lmaydi, har bir davrning o'z adabiy til mezonlari bo'ladi. Masalan, XV asr Alisher Navoiy davri eski o'zbek adabiy tilining fonetik, grammatik mezonlari orasida farqlar borligini yaqqol sezib turamiz. Shu nuqtai nazardan o'zbek adabiy tili tarixiy taraqqiyoti O.Usmonov, A.Shcherbak, A.Aliev, g. Abdurahmonov kabi tilshunos olimlar tomonidan quyidagicha davrlashtirilgan. 1. Qadimgi turkiy adabiy til. 2. Eski turkiy adabiy til. 3. Eski o'zbek adabiy tili. 4. Yangi o'zbek adabiy tili. 5. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Qadimgi turkiy adabiy til VI-X asrlarni o'z ichiga oladi. Bu davr adabiy tili urug', qabila tillarining endigina shakllangan davriga to'g'ri kelib, unda asosan yozma yodgorliklar yaratilgan edi. Xususan, O'rxun-Yenisey yozma yodgorligi shu davrning mahsulidir. Gap qadimgi turkiy adabiy til xususida borar ekan, bu davr tili ijtimoiy munosabatlarda muhim o'rin egallaganini alohida aytib o'tish lozim. Chunki qadimgi turkiy qabila, elat, urug'larning o'zaro yaqinlashuvi va ularning til muhitida bir-birlariga jipslashib borishi natijasida qadimgi turkiy til malum bir til bo'g'inida yuzaga keldi. Bu esa o'z-o'zidan bu tilning ijtimoiy muhit bilan chambarchas yuzaga kelganligidan dalolat beradi. Malumki, qadimgi turkiy til X asrga etib kelganda uning funksional mohiyati kengayib bordi, asta-sekin urug', qabila va elatlar birlashib malum ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.27 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.27 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga