O'zbek xalq afsonalari tabiati, mavzu xilma-xilligi

O'zbek xalq afsonalari tabiati, mavzu xilma-xilligi

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek xalq afsonalari tabiati, mavzu xilma-xilligi - rasmi

Material tavsifi

O'zbek xalq afsonalari tabiati, mavzu xilma-xilligi Reja: 1.Afsona termini haqida 2.Afsonalarning janriy belgilari 3.Afsonalarning janriy belgilari Afsona atamasi fors tiliga mansub, afsun so'zidan olingan. U sehr-jodu, uydirma asosiga qurilgan nasriy hikoyani anglatadi. Ana shu hodisa Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asarida - saw so'zi bilan ifodalangan. -saw - otalar so'zi, qissa, o'tmish voqealardan xabar beruvchi hikoya. U faqat o'tganlar haqida aytishi shart emas. Demak, - saw termini - real, hayotiy va xayolan to'qilgan voqea va hodisalarni tavsiflovchi hikoyadir. Malum bo'ladiki, mazkur turkiy so'z manosi, shaqliy tuzilishi turlicha bo'lgan ikki mustaqil janrni anglatadi. U tarixiy voqealarni xayoliy emas, faqat hayotiy uydirmalar qobig'ida naql qiluvchi rivoyatni, ayni paytda tarixiy fakt va to'qima hodisalarni xayoliy uydirmalarda hikoya qiluvchi afsonani anglatadi. Alisher Navoiy o'z asarlarida afsona atamasining mohiyatiga etibor beradi, uning hikoyani anglatishi, xabar berishga qaratilganligini tilga oladi. Yozmoqta bu ishqi javidona, Maqsudim emas edi fasona, Mazmuniga bo'ldi ruh mayli, Afsona edi aning tufayli. Lekin chu raqamg'a keldi mazmun, Afsona anga libosi mavzun. Shoir afsona so'ziga uning o'ziga xos xususiyatini anglagan holda munosabat bildirgan. Afsona Navoiy zamonida, undan oldin ham xalq nasrining alohida janri sifatida yashagan. Shoir uni o'tmish voqealardan xabar keltiruvchi hikoya deb to'g'ri baholagan. Ayni paytda u afsonani bir o'rinda fasona - yolg'on, uydirma, boshqa joyda hikoya manosida keltirib, maqsadni aniq, mantiqan asosli ifodalagan. Afsona Aristotel ta'riflaganidek «haqiqatdan xabar beruvchi, yolg'on hikoyadir». Malumki, xabar ko'z bilan ko'rgandek bo'lmaydi xabarga yolg'on-yashiqlar qo'shilmaganda u ko'rishga nisbatan ortiqroq o'rinda turgan bo'lar edi. Shuning uchun xabar bor narsa, yo'q narsadan ham birdek darak beraveradi. Odatda, bo'lishi mumkin bo'lgan hodisadan berilgan xabar bir xilda, rost, yolg'on bo'laveradi: xabar darak beruvchi sababli rost, yolg'on tusini oladi. Chunki inson maqsadi xilma-xil1. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, afsona rost va yolg'on voqealardan darak beruvchi, uydirma asosiga qurilgan hikoyadir. Afsonalarning janriy belgilari Xalq nasriga oid har bir janr real voqelikka munosabati, uni o'ziga mos yoritish2 tarzi bilan ajralib turadi. Bu xususiyat folklor nasrining boshqa janrlarida turlichadir. Afsonaning tarixiy haqiqatni aks ettirishi, shaqliy tuzilishi, turli xil motivlar talqini, tavsifida badiiylik ustuvor emas, voqea va hodisalar bilish, o'rganishga yo'naltirilgan, asosiy funksiyasi tarixiy voqea va xayoliy hodisalar haqida axborot berishdan iboratdir. Ertak bunday xususiyatga ega emas. Har ikki janr uydirmaga asoslanishi bilan o'zaro tenglashadi. Biroq, tinglovchi afsonani real, hayotda bo'lgan voqea deb bilgan. Afsona voqealari uzoq o'tmishga qaratilgan. Demonik hikoyalarda voqea yaqin kechmishga yo'nalgan. Aytuvchining maqsad, vazifasi o'zi ko'rgan, g'ayri muqarrar his qilgan hodisani bayon qilish, rostligini isbotlab tasdiqlash, diniy e'tiqod bilan yo'g'rilganligini3 takidlashdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.01 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.01 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga