O'zbek xalq afsun - duolar folklor

O'zbek xalq afsun - duolar folklor

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek xalq afsun - duolar folklor - rasmi

Material tavsifi

O'zbek xalq afsun-duolar folklor janri sifatida Reja: Folklor va uning xususiyatlari Afsun-duolar haqida Afsun-duolarning tuzilishi Afsun-duolar vujudga kelish davrlari. Xalqimiz o'rtasida afsun qilmoq, duo o'qimoq, dam solmoq kabi birikmali atamalar bilan yuritiluvchi aytimlar borki ular folklorshunoslikda deyarli o'rganilmagan. Xalq afsun-duolari tahliliga o'tishdan oldin ikki og'iz yuqoridagi atamalar xususida to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi. Chunki ayrim manbalarda yuqoridagi atamalar noto'g'ri izohlangan. Jumladan, «O'zbek tilining izohli lug'atida» «afsun» atamasi fors-tojik tilidan olingan deyiladiki1, aslida bu atama arab tilidan olingan va sehr, jodu manolarini anglatadi2. «Duo» atamasi ham arab tilidan olingan so'z bo'lib, xudoga va boshqa g'ayri tabiiy kuchlarga sig'inish orqali o'zgalarga yaxshilik yoxud yomonlik tilash manosini anglatadi3. «Dam» esa fors-tojik tiliga mansub so'z bo'lib, u nafas manosini ifodalaydi4. Yuqoridagi qisqacha izohlardan shu narsa malum bo'ladiki, xalq turmushida keng qo'llanilib kelingan aytimlarning aksariyati arab, fors-tojik atamalari bilan yuritiladi. Buning eng asosiy sabablari, bizning nazarimizda, quyidagilarda: Birinchidan, xalq o'rtasida keng qo'llaniluvchi va maxsus marosimlar tarkibida o'qiluvchi aytimlar ham borki, ular sof turkiy tilga mansub atamalar bilan yuritiladi. Masalan, badik, burey-burey kabilar shular jumlasidan bo'lib, ular B.Sarimsoqovning tadqiqotlarida batafsil tahlil etilgan5. Ikkinchidan, O'rta Osiyo arablar tomonidan to'la istilo etilgandan so'ng yerli xalqning hukmron mafkurasi islom bo'lib qoldi. Xuddi mana shuning uchun ham xalq o'rtasidagi aytimlar bilan islom diniga xos aytimlar o'zaro singishib ketdi. Mana shu singishish oqibatida taomilga kirgan aytimlar bilan birga arabcha, tojikcha aytimlar ham bevosita qabul qilindi. Uchinchidan, turkiy xalqlarning juda qadim zamonlardan tojiklar bilan yonma-yon va ayrim joylarda aralash yashashi, qolaversa, juda uzoq vaqtlar fors-tojik tilining O'rta Osiyo xalqlarida adabiy til vazifasini ado etishi ham xalq o'rtasidagi ayrim aytimlarni tojikcha atamalar bilan nomlashga olib kelgan. Umuman, xalq aytimlarining yerli aholi bilmaydigan tillarga mansub so'zlar bilan nomlanishi ana shu aytimlarga sirlilik, g'ayri tabiiylik bag'ishlangan. Shuning uchun ham xalq shu aytimlarni o'z tilidagi so'zlar bilan atashga nechog'lik imkoniyatlarga ega bo'lishiga qaramay, ularning nomlarini o'zgartirmay kelmoqda. Afsun-duolar xalq hayotining ajralmas bir qismi sifatida juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Chunki kishilar o'zlarini turli-tuman kasalliklardan, ofat va faloqatlardan, ziyon-zahmatlardan, o'g'ri va qaroqchilardan, yirtqich va darandalardan saqlash kerak bo'lganda, o'zgalarga ta'sir ko'rsatish yoki zarar etkazishga harakat qilganlar. Xuddi mana shunday intilish va istak asta-sekin rang-barang xatti-harakatlar vositasida aytiladigan aytimlarning yaratilishiga olib kelgan. Bu xildagi aytimlar esa uzoq davrlar aytilaverish oqibatida tobora qatiy shakl mazmunga ega bo'lgan afsun-duolar shaklini olgan. Albatta, bunday aytim-duolarning kelib chiqishi qadimgi ajdodlarimizning tabiat kuchlari oldida ojizliklari, nochorliklari oqibatidan boshqa narsa emas. Chunki inson o'z tarixiy rivojining qaysi bosqichi, o'z umrining qaysi nuqtasida bo'lmasin, hamma vaqt ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.56 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.56 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga