O'zbek xalq latifalarining poetik tabiati, hajv va yumor

O'zbek xalq latifalarining poetik tabiati, hajv va yumor

O'quvchilarga / Adabiyot
O'zbek xalq latifalarining poetik tabiati, hajv va yumor - rasmi

Material tavsifi

O'zbek xalq latifalarining poetik tabiati, hajv va yumor Reja: Latifa termini haqida Latifa janrining o'zgacha uslub, xususiyatlari Latifa janrining ichki turlari Latifa janrining ichki turlari Latifa yozma adabiyotda qadimdan mavjud bo'lib, o'zbek folklorida keyin paydo bo'lgan. Latifa arabcha latif va lutf, mayin, zarif, go'zal, yoqimli, nafis so'z manolarini anglatadi. Alisher Navoiy satirani «zarofat», «hajv», «mutoyiba», «hazil», «mazax» bilan ifodalaydi… «satira» yozish bilan shug'ullanuvchi kishilarni esa «zarofat dusar raqimlar», «Majolis un-nafois»da esa «hazzol», «zurafo» ataydi. Masalan, «Mavlono Qobiliy sipohiylik suratinda erdi va elni hajv qilur erdi», «Adhamiy-Ibrohim - xushtab, zarofatliq kishi edi». «Latifa» termini o'rnida dastlab «hikoya», «hajv», «hazil», «mutoyiba», «lutf», «latoif», qoraqalpoqlarda «kuldirgi so'z», «hangomalar», turkmanlarda «sho'rta so'z», tatarlarda «mazax» atamalari qo'llangan. «Hazil-mutoyiba, hajviy hikoya qahramonlari Afandi atalgunga qadar real, so'zga chechan qiziqchi, shoir nomi bilan yuritilgan. O'zbeklarda Mashrab, tojiklarda Mulla Mushfiqiy, turkmanlarda Mirali, uyg'urlarda xo'ja Nosir, Saloy Chaqqon, qoraqalpoqda Umrbek laqqi, Do'stnazar Saloqay kabi adabiy tiplar nomi bilan, ko'proq ismsiz, «bir kishi», «bir odam» shaklida hikoya qilingan. Afandi termini «janob», «muallim» manolarini bildirib, shaxs nomining tarkibiy qismini tashkil etadi. «U ishidan yanglishib, kulgili ishlar qilib yuradigan odamni» eslatadi. Afandi dastlab faxriy unvon sifatida qo'llangan. Afandi atamasi uzoq tarixga ega bo'lib, ildizi qadimgi kichik Osiyoga kirib boradi. Malumki, XII asrda Vizantiyaning yuksak madaniyati turklarga katta ta'sir ko'rsatgan, tili yangicha so'zlar bilan boyigan. Shunday so'zlardan biri autentios, vizantiyaliklar talaffuzida aufendios shaklida tasvirlanib, «janob» manosini anglatgan. Keyinchalik aufendios zamirida afandi termini yuzaga kelib, ism sifatida yuritilgan. Mazkur nom egasining hozirjavob, dono, goh sodda, tentaknamo, goh tadbirkor kishi ekanini ifoda etgan. Afandi obrazi qariyb ming yillar davomida arablar, eroniylar, turklar, Kavkaz, O'rta Osiyo va qo'shni xalqlar yozma adabiyoti va folklorida mavjud latifalar zaminida yuzaga kelgan. Latifalarni to'plab chop etish boshlandi. U dastlab Istanbulda turk tilida nashr etildi (1837). Keyin ozarbayjon, o'zbek va boshqa turkiy xalqlarda turli hajmdagi qo'lyozma, toshbosma to'plamlar yuzaga keldi. Afandi latifalarining 1837 yilgi nashri O'zbekistonda ham tarqalgan. 1862-1863 yilgacha nomalum avtor tomonidan o'zbek tiliga qisqartirib tarjima etilgan, shu haqda maxsus so'z boshi ham yozilgan. Xo'ja Nasriddin obrazi o'zbek latifalari va qahramonlari bilan hamohang bo'lgani tufayli asta-sekin barcha milliy latifalar Afandi nomi bilan yuritildi. Afandi atamasi O'rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqaldi. Keyinchalik esa «Xo'ja Nasriddin haqidagi turk latifalarining yozma manbalar orqali Movarounnahrga kirib kelishi natijasida janr, mazmun, qahramonlar xarakteridagi yaqinlik tufayli esa o'zbek latifalaridagi qahramon nomi ham asta-sekin Nasriddin Afandi nomi bilan almashtirilgan. Shunday qilib, bu to'plamning ommaviy nashrlari o'zbek xalqi o'rtasida asl va tarjima latifalarning keng tarqalishiga olib kelgan». ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.38 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.38 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga