O'zbek xalq naqllarining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari Reja: Naql atamasi haqida Naqllarning janriy belgilari Naql janrining mavzu xilma-xilligi Naql atamasi haqida Naql atamasi O'rta Osiyo xalqlari orasida qadimdan mavjud bo'lib, turli xil manolarni anglatgan. Dastlab folklorning ayrim janrlari shu nom bilan yuritilgan. U adabiy jarayonda yuz berib, turkiy xalqlar madaniyati, axloq falsafasi, tafakkuri zamirida paydo bo'lgan. Zarbulmasal arabcha so'z bo'lib, aybdorni masal bilan urmoq (tanqid qilmoq)ni anglatadi. Muhammad Jobalrudi (XVII asr) bu so'zni masal va tamsilning sinonimlari sifatida qo'llagan, boshqa o'rinda uni ramzli hikoya manosida keltirgan. «G'iyos ul-lug'at»da uni nutqda u yoki bu ko'chma manoni tashuvchi, deb belgilangan.O'zbek xalq nasrida esa masal naql atalgan. Zarbulmasal dastlab yozma adabiyotning alohida janri bo'lgan. Keyinchalik u masal atamasi bilan yuritilgan. Naql rus folklorida pritcha. Fors tilida naql masal, maqol (allegoriya), tojik tilida u ertak, matal, masalni bildiradi, turkman tilida naql-topishmoq, qozoq, qirg'iz tillarida metel yuritiladi. Turkiy xalqlar folklorida ham turli xil janrlarga mansub asarlar naql atalgan. Ayniqsa, qadimgi yodnoma, xalq kitoblari, qo'lyozmalarda belgilangan ertak, afsona, rivoyat, doston, maqol, matal va hatto, topishmoqni ham naql atash hollari uchrab turadi. Shuning uchun bo'lsa kerak, Ozarbayjonda ertak naql deb yuritiladi. Naql og'zaki hikoyani anglatadi. Asosan u arabcha so'z bo'lib, uch xil manoni bildiradi: birinchisi, harakat, ko'chish, yani ko'chma manoli voqea va hodisalar shu nom bilan atalgan. Ikkinchisi, voqeani bayon qilish, hikoya qilish; uchinchisi, og'zaki nasriy turning alohida janrlari, qissa, ertak, matal bir butun holda naql deb yuritilgan. Mazkur janrlar bir-biriga yaqin, ularni majoziy mano, allegoriya tenglashtiradi. Demak, majoziy mano naql, matal, masal, maqol, topishmoq uchun umumiy, ayni paytda asosiy va hal qiluvchi belgi. Naql asosan hikmatli fikr, o'gitlar majmui. Binobarin, u hayotiy voqea va hodisalardan falsafiy umumlashmalar yaratib, majoziy yo'l bilan ibratli xulq, muomalani bayon etuvchi hikoya. Demak, naql aql, odob, donolikni ulug'lab, anglash va baholash imkonini beradi O'zbek mumtoz adabiyoti hamda xalq og'zaki ijodi asarlarida noqil va naql atamasi juda ko'p uchraydi. Biri aytuvchi, bayon etuvchi, ikkinchisi hikoya manosini anglatadi. Dastlab, qissa, maqol, ertak, matal, topishmoq, dostonlar ham naql deb yuritilgan. Noqil esa naql qiluvchi Noqil o'rnak olsa arziydigan axloq, odob normalari haqida hikoya qiluvchini bildiradi. Naqliy asarlar asosan ta'limiy-estetik funksiyani ado etadi. Shuning uchun ham uni «Naql - koni aql» deb nomlangan. Ertak, doston, maqol, topishmoqlar qadimda bir so'z bilan naql atalgan. Naql rus adabiyotshunosligida «pritcha» deb yuritiladi. Pritcha rus, Yevropaadabiyotining alohida janri. U - ta'limiy o'git tashuvchi masalga teng tushuncha, asosiy belgilariga ko'ra masalga o'xshash, dialaktik adabiyot janri. Ularning farqi masal bilan pritcha terminlarini ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.38 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.38 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:29 ]
Arxiv ichida: doc