O'zbek xalq nasri tasnifi Reja: 1.Nasriy janrlar tari 2.Nasriy tur tarkibi haqida 3.Afsona, rivoyat janrlari Janr barqaror, ayni paytda o'zgaruvchan, o'ziga xos san'at namunalari va ifoda uslubi bilan farqlnuvchi, bir guruhga jamlangan asarlar majmuini anglatgan muayyan hodisa. Nasriy janrlar tarixan qadimiylik xarakterini kasb etib, davrlar mahsuli sifatida yonma-yon yashab kelgan, nihoyat har biri differentsiatsiyalashgan, mustaqil chegara, o'ziga xos belgilariga ega bo'lgan. Har qaysi janrni o'z nomi bilan atash, to'plab tasnif etish uchun dastlab ularni chuqur o'rganish, har birining voqelikka munosabati, aks ettirish mezonlari, badiiylik darajasi, eng muhimi, uning stiliga etibor bermoq kerak bo'ladi. Chunki janrlar rivojlanish, o'zaro ta'sir jarayonida yuzaga kelgan boshqacha belgilar talabi bilan o'zgaradi yoki yo'q bo'lib, zamirida yangicha bir nafis san'at shakli paydo bo'ladi. Masalan, mif voqealari qanchalik yolg'onnamo ifodalansa hamki, qadimgi kishilar tomonidan haqiqat deb tan olingan va ular o'z davrida diniy e'tiqodni mustahkamlash, tashviq etish vazifasini ado etgan. Demak, mif ongli qo'llangan uydirma emas, binobarin, u voqealarni go'zal aks ettirgan asar sifatida qabul qilinmagan. Shuning uchun ham uning afsonaga singib, yo'q bo'lib ketgunga qadar magik kuchi, muqaddaslik, rituallik sifatlari saqlangan, chindan yuz bergan hodisa sifatida baholangan. Xususan, mif matnidagi etiologik parchalar, hodisalarning g'ayrioddiy kuchiga ishonch kuchli bo'lgan. Ana shu inonch afsonaga ko'chish jarayonida ham saqlangan, nihoyat ertak to'qimasiga qabul qilinganida yo'qolib ketgan. Bu jarayonda mifologik obrazlar ideal qahramonga, xayoliy voqealar, uydirmalar, badiiy tasvir vositalariga aylangan. Diniy e'tiqod o'rnida estetik zavq beruvchi hodisa paydo bo'lgan. Ko'rinadiki, badiiy ko'chim ijrochi bilan tinglovchining voqealarga munosabati, hikoya qilishdan kelib chiqadigan maqsad, vazifalarini o'zgartirib, yangi yuzaga kelgan shakl uchun xizmat qilishga bo'ysundirgan. Bunday izchil jarayon janrlararo chegarani murakkablashtiradi. Aytish joizki, o'zaro ta'sir zamirida ro'y bergan tafovutlarning paydo bo'lishi, rivoj topishi dunyoqarash, zamon talabidan kelib chiqadi. Mifik voqelikka dastlabki munosabatning o'zgarishi, yangi tipdagi janrning yuzaga kelishiga yo'l ochadi. Demakki, mohiyat etibori bilan o'z belgilariga ega bo'lgan nasriy janrlarni malum qolipga tushgan, qotib qolgan badiiy shakllar deb bo'lmaydi. Shuning uchun ham u yoki bu janrni chegara aniqlovchi omillar orqali belgilangandan so'ng epik tur tarkibiga kiritib, tasnif etish maqsadga muvofiqdir. Nasriy tur tarkibi haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun eng avval janrning o'ziga xos xususiyatini aniqlash, o'xshash va farqli jihatlarini tavsiflash, qanday haqiqat tasvirlangan va baholangan, real voqelikka munosabati va u qay tarzda ifodalanganligiga etibor bermoq kerak bo'ladi, qolaversa, har birini kompozitsion qurilmasi, obrazlar tizimi nuqtai nazardan kelib chiqib o'rganish talab etiladi. Demak, nasriy janrlar tizmini aniqlab, har birining chegarasini belgilash, tasnif etishda yangilanish va badiiy ko'chimni etiborda tutish kerak bo'ladi. Nasriy folklor ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.26 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.26 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:29 ]
Arxiv ichida: doc