O'zlashtirish estetikasi ajoyibotlari Reja: san'at asarlari. Cho'lpon o'zbek adabiyoti haqidagi fikrlari Badiiy kommunikatsiya haqida tushuncha Badiiy matnning kitobxon tomonidan o'zlashtirilishi. san'at asari borki, yaratuvchi (yozuvchi) bilan kitobxon (o'qituvchi) orasidagi munozara, bahs muloqot sifatida paydo bo'ladi. Insoniyat ezozlab kelayotgan to'rtta muqaddas kitob - Tavrot, Zabur, Injil, Quron Yaratuvchining o'z elchilari - Muso, Dovud, Iso, Muhammad sallollohu alayhi vassallamga bergan vaxiylari, takidlari yo'l-yo'riq ko'rsatuvlari yo'sinida paydo bo'lgan. san'at asarlari tabiatida kitobxon bilan munosabat jiddiy o'rin egallaydi. Qaysiki badiiy asarlar kitobxon masalasiga jiddiy etibor berilgan bo'lsa, o'sha asar uzoq yashaydi. Boshqacha aytganda, badiiy asar muallifi kitobxon imkoniyatlari to'la namoyon bo'lishi uchun ruhiy-ma'naviy makonni keng, zamonni uzoq olgan bo'lsa, o'sha asarning ontologik tayanchi (uzoq yashash kayfiyati), mustahkam bo'ladi. Ijodkor asar yaratar ekan, shuuriy va g'ayrishuuriy ravishda, ruhiy-ma'naviy imkoniyalarni to'liq safarbar qilgan holda harakat qiladi. Yozuvchi atayin holda bazi qismlarni pishiq, bazi jihatlarni xom-xatal yaratmaydi. Badiiy asar niyati, g'oyasi, to'qimasi, qo'rilmasi, adabiy aholisi matn yaratish jarayonigacha pishitiladi. Ulkan san'atkor yozishga o'tirishi bilanoq g'ayritabiiy kuch ta'sirida harakat qiladi; fikrlar oqimi, hislar to'lqinini imkon darajasida boshqarib turadi, xolos. Badiiy asar tabiatida kitobxon (o'quvchi) ijodi uchun ajratilgan o'rin mavjud. Boshqacha aytganda, har qanday ijodkor asar yaratar ekan, o'zidan kuchli, insofli, yetuk, talabchan kitobxonni his etib turadi. Bazi yozuvchilar uzil-kesil hilib: «Men hech qanday kitobxonni ko'z o'ngimda tassavur etmayman. O'sarni o'zim, faqat o'zim uchun yozaman», - deydilar. Har qanday yozuvchi birinchi galda talabchan o'quvchidir. O'zim uchungina yozaman degan yozuvchi ruhidagi, tasavvuridagi o'quvchi xar qanday real, talabchan kitobxondan ko'ra kuchliroqdir. Ilmiy tadqiqotlarda bir shaxsda mujassamlashgan yozuvchi va kitobxon ruhiyati, fikriy kurashi hali etarlicha yoritilgan emas. Mumtoz adabiyotimiz, xususan, «Shohnoma», «Xamsa»Lar Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Husrov Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy ruhidagi yaratuvchi-san'atkor va talabchan, o'z qadrini yuksak baholaydigan kitobxon aro munosabatlar har xilligini ifodalaydi. Bu yorqin siymolardagi san'atkorlik-yaratuvchanlik kitobxonlik talabi, g'ururi, o'ziga nisbatan talabchanlik o'zaro birlashib ktegan. Navoiy «Xamsa»sidagi kitobxon Navoiyning o'zga qirrasi - Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy «Xamsa»lariga munosabat biliruvchi munaqqid Navoyi qarashlari seziladiki, bu alohida suhbat mavzusidir. Shunday qilib, asar yaratuvchi ijodqorining qo'sh qanoti bor: biri yozuvchilik, biri o'quvchilik. Ijodkorning asar yaratuvchiligini yer desak, uning kitobxonligi go'yo osmondir. Bu odamda ham ijodkorlik, ham kitobxonlikning mavjudligi san'atkorlik dialektikasini barpo etadi. Bir shaxsdagi kitobxon sifatida talabchanlik yozuvchi sifatidagi mas'uliyatni oshiradi. Aslida, yozuvchilik, kitobxonlik, badiiy asar o'ziga xos tushunchalardir. Yozuvchining asar yaratish jarayoni adabiyotshunoslikning muhim sohasi. Adabiy tanqid yozuvchining ijod jarayonini hamisha diqqat markazida tutadi. Badiiy asar - o'ziga xos murakkab odam. Adabiyotshunoslikning strukturalizm sohasi badiiy asar matni bilan bog'lih xamma masalalarni o'rganadi. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.47 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.47 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:30 ]
Arxiv ichida: doc