O'zligini izlayotgan odam Reja: Badiiy adabiyotda ijtimoiy voqelikdagi o'zgarishlarning aks etishi. Ahmad A'zam qissalarida inson tafakkurining ichki va tashqi imkoniyatlarining aks etishi. Ahmad A'zam qissalarida ko'tarilgan asosiy masalalar. Asrimizning 80-yillariga kelib, ijtimoiy voqelikdagi o'zgarishlar, inson tafakkurining ichki va tashqi imkoniyatlari badiiy adabiyotda o'zgacha ifodasini topdi. Dadil qadamlar bilan adabiyotimizga kirib kelgan M.M.Do'st, Tog'ay Murod, Xayriddin Sultonov, Erkin A'zamov, Ahmad A'zam kabi ijodkorlar davr ruhini nozik his etib, real hayotdagi o'zgarishlarni, insonning murakkab ichki olamini ijtimoiy-estetik talablar darajasida tasvirlay oldilar. Ijtimoiy tuzumning nomaqbulligini his etayotgan, mavjud sharoitdan qoniqmayotgan, ijtimoiy munosaabatlarni tubdan o'zgartirish zaruratini idrok qila boshlagan davr ziyolisining tafakkurida kechayotgan jarayonlarni badiiy tadqiq etish bu ijodkorlarning asosiy problemasiga aylandi. Bu holat, ayniqsa, Ahmad A'zam qissalarida o'ziga xos ifodasini topgan. Yozuvchining Bu kunning davomi , Asqartog' tomonlarda qissalarida tasvirlangan real shaxs va hayot zarurati , insonning o'z ichki imkoniyatlariyu mavjud tuzumning talablari, fikriy-ruhiy maqsadsizlik va ijtimoiy voqelikning unga ta'siri masalalari insonni inson sifatida o'rnini belgilashga, o'sha davr kishilari to'g'risida mantiqiy xulosalar chiqarishga asos bo'ladi. Masalan, Bu kunning davomi qissasining bosh qahramoni bo'lmish U - psixolog, yana ham oddiyroq, ilmiy tadqiqotchi yigit. Qishloqdan shaharga kelib, o'qib qolib ketgan. O'ttizga kiryaptiki, uylanmagan. Ilm qilaman deb umri o'tayotganini tez-tez o'ylab qoladi-yu, ish va yana boshqa tashvishlar bilan qolib ketaveradi. U o'zicha vijdonli, to'g'riso'z, ko'ngli ochiq, hammaga birdek muomala qiladigan, ochig'i - o'zganing mushugini pishtdemaydi. U har kuni xohlamasa-da, kasbdoshi Sobir bilan direktorning qartasini aylantiradi, direktor bo'lmasa, birorta boshliqroq odamni. Sobirning ham dardi bir. Dissertatsiyasini qachonlardan beri muhokamaga qo'yolmaydi. Ikkalasi Avvalboyning qilayotgan ishlaridan norozi bo'lishadi. Sobir aytgandek, Avvalboyga o'xshab direktorning uyidan chiqmay, bozor-ucharini qilsa, poligacha yuvib bersa, allaqachon yoqlagan bo'lardi. U esa Avvalboyga qoyil qoladi, lekin bunday ish o'zining qo'lidan kelmasligini tan oladi. Avvalboyni ojiz odam deb o'ylaydi. Uning ilmsizligini biladi, o'zi va Sobirga o'xshaganlarning qadrsizligiga achinadi: Avvalboyni qo'ying. Ilmni faqat buyuklar yaratmaydi. Aksincha, uning asosiy yukini men bilan sizga o'xshagan o'rtachalar ko'taradi. U o'zini Avvalboyning o'rniga qo'yolmaydi, unga o'xshab direktorning polini yuvolmasligiga isxonadi. Lekin Avvalboyni ana shunday ishlar qilishiga, direktorning uni bunchalik xo'rlashiga ham ishonmaydi. U: Avvalboy ham - odam ! Uni odamlik sha'nidan mahrum qilishga hech kimning haqi yo'q ,- deb o'ylaydi. U direktorning uyiga borganida, unga qilgan munosabatlarini eslab, o'ziga o'zi taskin beradi. U sevgida ham adashgan. Birorta qizni sevib-sevmagan, hamisha o'zini ehtiyot qilgan, haligacha birorta qizni o'ziga loyiq topolmagan. Chunki U boshqalarga ishonmaydi yoki Sulton aka aytgandek, hech odamga qo'shilay demaydi, doim o'zini olib qochadi. U muhitdan, odamlardan qoniqmaydi, kishilardagi mehr-oqibat, insonlik ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.16 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.16 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:30 ]
Arxiv ichida: doc