Psixoanaliz va badiiy ijod

Psixoanaliz va badiiy ijod

O'quvchilarga / Adabiyot
Psixoanaliz va badiiy ijod - rasmi

Material tavsifi

Psixoanaliz va badiiy ijod XIX asrning oxirlari XX asr boshlarida shakllannish bosqichiga kirib, butun yuz yil davomida dunyoni ta'sir doirasida tutib kelayotgan psixoanaliz avstriyalik vrach-psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) nomi bilan bog'liq. Z.Freyd uzining ko'p yillik amaliy faoliyati, izlanishlari natijasi ularok «ruhiy bezovtalik tadqiqi» (1895), «Tushlar talqini» (1900), «Kundalik hayot psixopatologiyasi» (1904), «Chechanlik va uning ongsizlikka munosabati» (1905), «Seksuallik nazariyasi xususida uch ocherk» (1905), «Leonardo da Vinchi psixoseksuallik nazariyasiga chizgi sifatida» (1910), «Totem va tabu» (1913), «ayriodatiy lazzatlanish tamoyili», «Omma psixologiyasi va inson «men»i tahlili» (1921), «Men va U» («I end it»- 1923), «Tamaddun va undan norozilar» (1929), «Muso va yakkaxudolik» (1939) kabi kator tadqiqotlar yozgan, psixoanalizning markaziy konsepsiyalarini ishlab chikkan, asoslashga uringan va amaliyotda kullagan. Shu bois Z.Freyd tom manoda psixoanaliz amaliyoti va nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Psixoanaliz falsafasi va nazariyasiga tatbikan freydizm istiloxining kullanishi xam shu sabablidir. Freyddan sung psixoanaliz taxminan uch yo'nalishda davom etdi. Birinchi yo'nalish freydizmning uzak muammolarini, kontseptual jihatlarini rivojlantirish, bazi holatlarda boshqacharok talqin etishga qaratilgan bo'lib, A.Adler, K.Yung, J.Klayn, J.Lakan, E.Fromm kabi mashxur vakillariga ega. Ular freydizmning nazariyotchilari sanaladilar. Ikkinchi yo'nalish anchayin keng mikyos kasb etadi va, asosan freydizm nazariyasini turli sohalarga tatbik etishga qaratilgan. Bu yo'nalish vakillari sirasiga dunyo mikyosidagi faylasuf va falsafashunoslar, siyosatchi va siyosatshunoslar, san'atkor va san'atshunoslar, pedagoglar, antropologlar, etnograflar kiradi. Uchinchi yo'nalish esa tor professional faoliyat bilan cheklanadi. ruhiy bemorlarni psixoanaliz usulida muolaja qilish bilan shugullanadi. Ular vrach-psixoanalitik nomlanib, hozirda dunyoning barcha hududlarida faoliyat yurgizadilar. Freydizm insonga tom manodagi biologik mavjudot sifatida yondashadi. Ayni sababdan odamga nisbatan uzigacha an'ana bo'lgan atamalarni emas, individuum (individuum) atamasini kullaydi. Freydizmning uzak falsafasiga ko'ra, «insoniyat faoliyatini ijtimoiy taraqqiyot qonunlari emas, gayrishuuriy psixik kuchlar boshqaradi. aql esa real vokelikni aks ettirmaydi, balki gayrishuuriy mayllarni nikoblovchi vosita vazifasini utaydi. Anikrok aytganda, inson (individ) va ijtimoiy muhit doimiy, sirli kurash holatida bo'ladi».1 Bunday konsepsiyaning shakllanishi psixoanalizning ibtidosi tarixi, metodologik prinsiplari bilan izoxlanadi. Inson faoliyatining Freydgacha bo'lgan psixologik talqinlarida tadqiqot obyekti vazifasini asosan, ong va u bilan bog'liq jarayonlar bajarar edi. Freyd esa mana shu ongli jarayonlar ortida yashirin faoliyat mavjudligini kashf etdi va uni ong osti psixologiyasi, deb nomladi. Avstriyalik munakkid-adib Stefan Tsveyg (1881-1942)yozadi: «Freyd o'z davri an'analari bilan zarracha hisoblashmasdan, zamondoshlari oldiga yashirin va anglanmagan uzlikni anglash muammosini katiy qilib kuydi»2. S.Tsveygning ushbu fikrlari hissiy unsurlardan xoli bulmasa-da, psixoanaliz mohiyatini uzida ifodalaydi. Darxakikat, psixoanaliz ong osti psixologiyasini klinik tadqiq etish natijasi ularok tugildi. Freyd uzining klinik-muolajaviy faoliyati davomida inson ong osti psixologiyasini tadqiq etar ekan, psixoanalizga doir qonun-qoidalarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.64 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.64 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga