qadimgi adabiy yodgorliklar.yunon komediyasining paydo bo'lishi. Sofokl ijodi. Attika nasriy adabiyoti. Rim xukmronligi davri. Rim komediyasi Reja: 1.Avgust davri Rim adabiyoti, Imperiya davri Rim adabiyoti, Sungi davr Rim adabiyoti, Plavt ijodining asosiy xususiyatlari, Rim tarixnavisligi. Yu. Tsezar. Lukretsiy faylasuf shoir sifatida, Yunoniston Rim xukmronligi ostida, Rim adabiyotining yunon adabiyoti bilan bog'liqligi 2. Rimning dastlabki shoirlari, Nasriy shaklning yetakchiligi, Notiklik san'atining g'oyaviy ta'siri, Falsafiy nasr. Aristotel ijodi, Komediyaning kelib chiqishida xajviy kushiklarning roli, Arestofan ijodida urush va tinchlik, 3. Arestofan asarlarida shakl va mazmun birligi, Sofokl ijodiy faoliyati, Shox Edip asarining ahamiyati, Shox Edip o'zbek saxnasida qadimgi adabiy yodgorliklar sifatida XOMYeRning «Iliada» va «Odisseya» dostonlarini ko'rsatish mumkin. Har ikki dostonning mavzusi Troya afsonalaridan, yani yunonlar bilan troyaliklar o'rtasida bo'lib o'tgan urush rivoyatlaridan olingan. Xomer dostonlarida aks ettirilgan jamiyat taraqqiyotining bosqichlari. «Iliada» dostoni 15700 misradan iborat bo'lib, 24 bobga bo'lingan. Asarning bosh mavzusi - Axill g'azabini kuylash. Axill - yunonlar bahodiri. Uning bahodirligi do'sti Patrokl uchun troyaliklarga qarshi jangga kirib, troya bahodiri Gektorga qarshi kurashida ko'rinadi. «Iliada» - «Jangnoma» bo'lsa, «Odisseya» - «Sayohatnoma»dir. «Odisseya» dostonida Troya urushining bosh qaqramonlaridan biri, Itakiya shohi Odisseyning sarguzashtlari hikoya qilinadi. «Iliada» va «Odisseya» dostonlari xalq og'zaki adabiyoti asosida yaratilgan qaqramonnomaning klassik namunasi sifatida. Dostonlarning syujet qurilishi, badiiy darajasi. Dostonlarning yaratilish usuli - realistik usul. «Iliada» va «Odisseya» qahramonlari - harbiy demokratiya va urug'chilik jamoasining inqirozga yuz tuta boshlagan davridagi yunon qabilalarining orzularini ifodalovchi asarlardir. Dostonlarda xudolar va odam qahramonlar obrazi; ularning insoniyligi, hayotiyligi, xarakterlarining individualligi. Xomer dostonlarining uslubi, badiiy vositalardan foydalanishi. «Iliada»ning qodir Mirmuhamedov tomonidan qilingan o'zbekcha tarjimasi. Malumki, tarixiy o'tmishdagi muhim voqealar to'g'risida qahramonlik dostonlari hamma xalqlarda, jumladan, o'zbek xalqida ham bor. Xomer dostonlari bilan O'rta Osiyo xalqlarining mardlik, bahodirlik dostonlaridan biri - «Alpomish» o'rtasidagi yaqinlik. Bu o'rinda o'xshashliklar ko'p. Xomer masalasi. Xomer har qanday sevimli shoirdek, avvalo har bir kitobxonning shaxsiy emotsional tuyg'ulariga murojaat qiladi. Uning qarashlarida abadiy va azaliy muammolargina emas, keyingi barcha zamonlarga tegishli davatlar ham seziladi. Bizningcha, har bir hozirgi kitobxon ham bu qadimiy eposlarda davrimizning eng dolzarb muammosi - urush va tinchlik haqida o'zini hayajonlantiruvchi mulohaza va his-tuyg'ularni topadi. Ovro'po xalqlari adabiyotlarining eng yaxshi namunalari ezgulik va insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilar ekan, bunda qadim yunon eposlarining ta'siri yo'q deb bo'lmaydi. Jumladan, Xomer hatto o'zining eng sevimli qahramoni Axillning ham intiqom iztirobida es-hushini yo'qotib vahshiyona qon to'qishini kechirmaydi. U mehmondo'st qo'shnisiga xiyonat qilib urush boshlanishiga sabab bo'lgan troyaliklarga ham insoniy bir shafqat tilaydi, O'z shaharlarini, bolalarini, hayotlarini himoya qilishga majbur bo'lgan, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.45 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.45 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:32 ]
Arxiv ichida: doc