Rim adabiyoti. Respublika davri Rim adabiyoti Reja: Mil.av.gi II - II asrlarda Rim jamiyati. Dastlabka Rim shoirlari.Plavt va Terentsiya komediografyasi Notiqlik san'ati va tarixiy proza taraqqiyoti. Lukretsiyning Buyumlar xislati falsafiy dostoni. Neoteriklar va Katull lirikasi. Rim adabiyoti antik adabiyot tarixidagi yangi bosqich hisoblanadi. Rim asosiy belgilariga ko'ra qadimgi Yunoniston qanday taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan bo'lsa, ana shunday yo'lni bosib o'tdi. Bu yo'l ibtidoiy urug'chilik tuzumidan quldorlik, shahar - davlatiga, undan so'ng esa keyinchalik ichki qarama-qarshiliklar tufayli emirilib, o'z o'rnini yangi ijtimoiy-iqtisodiy, formatsiya - feodalizmga bo'shatib bergan ulkan imperiya tuzilmasigacha bo'lgan yo'ldir. Yunoniston va Rim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi bunday bir xillik ular mafkurasidagi umumiylikni ham belgilab berdi. Yunon madaniyati Rim madaniyatiga din, falsafa, san'at va adabiyot sohasida juda katta ta'sir ko'rsatdi. SHunga muvofiq Rimda adabiyot nisbatan keyinroq - milod.av.gi II asrda, uning o'rtalarida rivojlana boshladi. Xolbuki, bu paytda Yunoniston uchun tanazzul chuqurlashayotgan bir payt edi. Bu tadrijiylik rimliklar uchun o'tmish Yunon adabiyotida yutuqlaridan keng foydalanish imkoniyatini berdi, biroq bu narsa Rim adabiyotining o'ziga xosligiga va badiiy qimmatiga putur etkazmadi. CHunki, Yunon adabiyoti an'analari Rimning milliy zaminiga, g'oyaviy talablariga, tarixiy sharoitlariga moslashtirib qabul qilindi. Tekshirishlar shuni ko'rsatmoqdaki, ayni chog'da bir qator adabiy janrlar va badiiy usullar rimliklarda Yunon manbalariga bog'liq bo'lmagan holda yuzaga kelgan. Rim adabiyoti Yevropaxalqlarining keyingi adabiy rivojida juda katta rol o'ynaydi. Bu adabiyot uchun XVII asrga qadar antik madaniyatdan bahramand etuvchi asosiy manbaa bo'lib qoladi. Bunga sabab, birinchidan, - G'arbiy Yevropamadaniyati bevosita Rim madaniyatining vorisi, ikkinchidan, lotin tili katolik cherkovining rasmiy tili bo'lib, u jiddiy o'rgatilar va har bir ma'lumotli odam uchun tanish edi. Vaholanki, ayni paytda Yunon tili unutilib qo'yilgan bo'lib, bu jarayon Renessans, ya'ni XVI asrgacha davom etadi. Mana shu davrga kelibgina antik Yunon madaniyati insoniyat oldida qayta yuz ko'rsatadi va Yunon tilini o'rganish mayli qayta tiklanadi. SHunday qilib, Renessans klassitsizm adabiyotiga Yunoniston adabiyoti ta'siri Rim adabiyoti ta'siridan kuchliroq bo'lgan. Rim adabiyotini tushunishda shak-shubhasiz uning mifologiyasi muhim o'rin tutadi. Bu o'rinda ham qadimgi Yunon mifologiyasidan, o'z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda idrok etilib, foydalanildi. Vaqtlar o'tdiyu asosiy Yunon xudolari Rim tuprog'ida quyidagi nomlar bilan qaror topib qoladilar: Yupiter (Zevs), Yunona (Hera), Neptun (Poseydon), Pluton (Aid), TSetsera (Demetra), Minerva (Afina), Venera (Afrodita), Kupidon yoki Amur (Erot), Vulkan (Hefest), Mars (Ares), Apollon yoki Feb (Apollon), Diana (Artemida), Merkuriy (Hermes), Vakx yoki Liber (Dionis), Favn (Pan, Satir) va hoka'zolar. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Rim shoirlari uchun Yunon mifologiyasida birinchi planga xuddi Yunon adabiyotining ibtidoiy va mumtoz davridagidek uning dunyoqarash funksiyasi ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.61 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.61 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:34 ]
Arxiv ichida: doc