Romantizm adabiyoti Reja: XIX asr romantizm oqimining kelib chiqish sabablari, o'ziga xos xususiyatlari. Jorj Gordon Noel' Bayron - ingliz she'riyatining buyuk namoyandasi. Viktor Gyugo - romantizm adabiy oqimining nazariyotchisi sifatida. Shartli ravishda XIX asr deb ataladigan asr, jahon tarixi va adabiyotidagi yangi davr nafaqat fransuz burjuaziya inqilobi tomonidan tayyorlangan, balki ana shu inqilob voqealari bilan ochiladi. Inqilob aks-sadosi asr davomida tinmay yangrab turdi. XIX asr haqida gapirib V. Gyugo shunday degandi: XIX asrni buyuk onasi - fransuz inqilobi bor. Uning tomirlarida uning tuganmas qoni jo'sh urmoqda». Inqilobning ijtimoiy-siyosiy sohadagi asosiy yutug'i feodal ijtimoiy munosabatlarni sindirdi, uning «Ozodlik, tenglik, qardoshlik» deb ataluvchi shiori katta kuchga aylandi, qo'shni mamlakatlarda inqilobiy kayfiyatni vujudga keltirdi. fransuz inqilobining adabiy-estetik g'oyalar va formalarga ko'rsatgan ta'siri boshqa sohalar singari adabiyotda ham sezildi. Inqilob davri (1789-1894) o'z adabiyotini yaratadigan darajada ancha vaqtga cho'zildi. Klassitsizm va sintimentalizm an'analarini davom ettirgan va inqilob g'oyalaridan ruhlangan yangi adabiyot vujudga keldi. Inqilobiy klassitsizimning vakili shior va dramaturg Mari Jozef SHen'e (1764-1811) hisoblanadi. Inqilobiy lirikaning namunasi sifatida Ruje de Lilning « Reyn armiyasining harbiy qo'shig'i» (1792) - «Marsel'eza» paydo bo'ldi. SHe'riyatda fransuz inqilobi sabab tarkib topgan an'analar butun XIX asr (1830, 1848, 1871 yillar inqilobi) va XX asr (antifashistik qarshilik harakatida ) o'z dolzarbligini yo'qotmadi. Inqilob so'z san'ati sohasida tugaganmas mavzuni ochib berdi. Masalan: Beranjening 14 iyul'she'ri, Stendalning Parma ibodatxonasi romani, G.Geynening liro-publistik esselardan iborat «G'oyalar. Le grange» to'plami, Bayronning «CHayl'd - Garol'dning sayyohatlari» dostoni, Gyo'g'onning «93 yil» romani (1874) va XX asrdagi R.Rollan va A.Frans asarlari. fransuz inqilobi Yevropava jahon adabiyotidagi kuchli oqim - romantizmni vujudga kelishiga zamin hozirladi. Biz romantizmni Yevropava Amerika adabiyotida, 18 asr oxiri va 19 asr 1 yarmida tarqalgan yirik oqimlardan biri deb bilamiz. Bir necha o'n yillardan beri tadqiqotchilar nimani «Romantizm» deb atash to'g'risida bahs olib bormoqdalar. (fransuz olimi Sur'e bu oqimga butunlay qarama-qarshi bo'lgan naturalizmni ham romantizmga qo'shadi). 50-yillarga kelib sobiq ittifoqda butun boshli yangi konsepsiya paydo bo'ldi. Unga ko'ra romantizm yo'nalishi o'z badiiy uslubi bilan bir-biridan farq qiluvchi, ikki oqimdan iborat. a) faol romantizm: b) passiv romantizm; Ammo 60-70 yillarga kelib bu borada bir qancha ilmiy ishlar paydo bo'la boshaldi. Ularda yangi materiallar asosida (Chyen romantiklari; Gofman, Po ijodi va boshqalar asosida), yangi xulosaga keldilar. Bu romantiklar badiiy uslublarining birligi haqidagi xulosadir. Romantiklar ijodi har bir mamlakatda o'z belgilariga ega. Bu davlatlarning milliy, tarixiy xususiyatlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga, romantiklar o'z umumiy xususiyatlariga ham egadirlar: a) romantiklar paydo bo'lgan tarixiy sharoit; b) ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.98 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.98 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:35 ]
Arxiv ichida: doc