Rusiyzabon o'quvchi (talaba)larning o'zbek tilidagi adabiy namunalarni mustaqil o'qishlariga rahbarlik qilish

Rusiyzabon o'quvchi (talaba)larning o'zbek tilidagi adabiy namunalarni mustaqil o'qishlariga rahbarlik qilish

O'quvchilarga / Adabiyot
Rusiyzabon o'quvchi (talaba)larning o'zbek tilidagi adabiy namunalarni mustaqil o'qishlariga rahbarlik qilish - rasmi

Material tavsifi

Rusiyzabon o'quvchi (talaba)larning o'zbek tilidagi adabiy namunalarni mustaqil o'qishlariga rahbarlik qilish Режа: O'quvchilarda o'qishga bo'lgan ehtiyojni tarbiyalash va shakllantirish. O'zbek tilida badiiy matnni mustaqil o'qish jarayoni. Kitob o'qish madaniyati. Referat ishlari tashkil etish. Adabiyotga iste'dodli kitobxonlar zarur. Kitobxon iste'dod duch kelgan (vsyakiy) asarni o'qib, u haqda fikr bildirish bilan o'lchanmaydi, balki tanlab o'qish, o'qiganlari yuzasidan ijodiy fikrlash, to'g'ri xulosa chiqarish, zarurat tug'ilganda undan amaliy foydalanish iqtidoriga egalik bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda, kitobxonlik tor ma'noda kitob o'qishni bildirsa, keng ma'noda tanlab o'qish, his etish, anglash va fikr bildirish tushunchalarini o'z ichiga oladi. Mashg'ulotdan tashqari mutolaa daqiqalari o'quvchilarda o'qishga bo'lgan ehtiyojni tarbiyalashi va shakllantirishi hamda ularni o'qilganlar yuzasidan o'ylash, muallif bu yerda ko'targan asosiy muammolarni anglab yetish, kitobdan talay hayotiy muhim savollarga javob izlashga o'rgatishi kerak. Bunday kitob o'qish onlari haqiqiy mutolaa jarayonini ifoda etadi. Bu jarayon mashg'ulotdagi bajariladigan ishlarning bir qismi bo'lgani uchun ham adabiy tayyorgarlikda, uzluksiz adabiy ta'lim jarayonida muhim o'rin tutadi. Mashg'ulotdan tashqari kitob o'qish uchun o'qituvchi bir mavzu, ko'tarilayotgan bir muammo doirasida, hatto bir yirikroq asar bo'yicha bir nechta parcha tanlashi mumkin. Bunda kutubxonaning, o'zbek tili xonasining kitob imkoniyatlaridan ham kelib chiqish zarur. Umuman, sinfdan tashqari o'qish uchun kitobni to'ri tanlash kerak. Avvalambor, o'zbek tili mashg'ulotlarida, mashg'ulotdan tashqari paytlarda adabiy materiallarni mutolaa qilib borishning ahamiyati hech kimda shubha uyg'otmaydi: bu materiallar minimumi milliy ma'naviyat tarbiyasini amalga oshirishning qudratli omilidir. Shuningdek, darslarda gazeta va jurnallarni ko'zdan kechirib borish ham (aslida shundan boshlash kerak) o'zbek tili o'qituvchisi uchun tamomila yangi hodisa emas. Bugungi kunda bu boradagi ilg'or ish tajribalarini to'plash va ratsional mag'zini chaqqan holda umumlashtirish, mazmuni va metodikasini boyitish taqozo etiladi. Bunday tadbirlar ilg'or ish tajribalaridagi yetakchi yo'nalishlarni aniqlash imkonini beradi. O'zbek tilida badiiy matnni mustaqil o'qish jarayoni darslarda hosil qilinayotgan ko'nikmalarni yanada rivojlantirish tariqasida tashkil etilayotgan bo'lsa-da, bundagi eng katta kamchilik shundaki, bunday mutolaa jarayoniga o'qituvchining tom ma'noda rahbarligi ko'rinmayapti. Zero, o'qituvchi bu borada aniq yo'l-yo'riqlarga ega ham emas. Aslida, dars(mashg'ulot)dan tashqari o'qishdan ko'zda tutilgan maqsadga ana shu rahbarlik orqaligina erishish mumkin. Shundagina mo'ljaldagi ish turlari mukammal ro'yobga chiqariladi. O'zbek tili darsida o'qituvchi mustaqil o'qishni bo'sh o'tirgan o'quvchilarni nima bilandir mashg'ul qilish niyatida tashkil etadi. Lekin bunday o'qish natijalari, nazorat usullari haqida ularga hech narsa demaydi, ko'p vaqt bu ishni amalga oshirmaydi ham. Shu bois o'quvchilarning asarni o'qib chiqqanliklari bilan kifoyalanadi, xolos. Ta'lim rus tilida olib boriladigan maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchi(talaba)larida o'zbek tilida kitobxonlik ko'nikmalarini hosil qilish adabiy tayyorgarlikning uzviy bir qismi sanalib, amaliy zaruriyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 455.66 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 455.66 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga