Reja: 1. Masnaviy va uning aruz ilmidagi o'rni. 2. Turkum masnaviylar yoxud xamsa va sab'alarning vaznlari. 3. O'zbek mumtoz adabiyotidagi masnaviy yoxud dostonlar va ularning vazni. Tayanch iboralar: masnaviy, vase' maydon, mazmun va vazn, ishqiy mavzu, jangnoma, sarguzasht, falsafiy-didaktika, Sanoiy, Firdavsiy, Nizomiy, Attor, Amir Xusrav, Jomiy, Navoiy, mutaqorib, hazaj, ramal, sare', xafif. I. Masnaviy so'zi arabcha ikki sanoq sonini bildiruvchi isnan so'zidan yasalgan bo'lib ikkilik ma'nosini ifodalaydi. Sharq mumtoz she'riyatida har juft misra o'zaro butunlikni hosil qiluvchi, ya'ni qofiyalanuvchi she'riy shakl masnaviy deb nomlanadi. O'rta asrlarda yirik hajmli dostonlarga nisbatan ham, ikkilik shaklida yozilgan kichikroq hajmdagi she'rlarga nisbatan ham masnaviy atamasini qo'llash odatiy hol edi. Hozirgi adabiyotshunoslikda esa bu atama ikki xil ma'noda ya'ni janr va she'riy shakl ma'nosida qo'llanadi. 1. Mavzu jihatdan rang-barang bo'lib, ikkilik shaklida yozilgan dostonlarga nisbatan masnaviy atamasi she'riy shakl ma'nosida qo'llanadi. Masalan: Lison ut-tayrning janri doston, shakli esa masnaviydir. 2. Lirik asarlar majmuasi, xususan, devonlar tarkibiga kiritilgan va ikkilik shaklida yozilgan lirik she'rlarga nisbatan masnaviy janr nomi sifatida qo'llanadi. Masnaviylarning muhim jihatlaridan biri vazn bo'lib, bu borada o'rta asrlarda ham, keyingi davr, xususan, hozirgi adabiyotshunoslikda ham ko'plab fikr-mulohazalar aytilgan. Aruzshunoslikka oid yaratilgan deyarli barcha asarlarda masnaviylarga xos bo'lgan vaznlar va bu boradagi an'analar alohida qayd etiladi, tahlilga tortiladi. Jumladan, Funun ul-balog'a, Mezon ul-avzon, Muxtasar kabi turkiy tildagi manbalardan bu masalaga oid ma'lumotlar olish mumkin: Bilmak kerakkim, aksar masnaviyning iyrodi qisasu hikoyat… bayonida voqe' bo'lurkim, qasida va g'azal amsolig'a gunjoyish ul yo'qtur, bu jihatdindurkim necha maxsus vaznda-o'q masnaviy aytibturlar. Ul jumladin besh vazni mashhurdurkim Xamsalar ul avzondadur. Yana bir vazn agarchi Xamsada yo'qtur fil jumla shuhrati bor. Mantiq-ut tayr va Masnaviy bu ikki kitobning qoyili azizlarning aksar masnaviylari bu vaznda voqe' bo'lubturlar. Yana bir vazndurkim, agarchi shuhrati kamdur vale xeyli latif vazndur. Mavlono Abdurahmon Jomiy Sabhasi ul vazndadur. II. Masnaviynavislikda qo'llanuvchi vaznlar jami to'qqizta bo'lib, ular Amir Xusrav Dehlaviyning No'h spehr dostonida o'z ifodasini topgan. Har bir spehr (falak) alohida vaznda yozilgan. Mazkur to'qqiz vazndan ettitasi Abdurahmon Jomiyning Haft avrang dostonlar turkumida qo'llangan: 1. Sari'i musaddasi matviyi makshuf. Mufta'ilun mufta'ilun fo'ilun - v v - - v v - - v - Sadr, ibtido matviy, hashv matviy, aruz va zarb matviyi makshuf. Nizomiyning Maxzan ul-asror dostoni tufayli bu vazn xamsanavislikdagi dastlabki doston vazni sifatida qat'iy maqomga ega bo'ldi. Matla' ul-anvor (Amir Xusrav), Tuhfat ul-Ahror (Jomiy) va Hayrat ul-abror (Navoiy) dostonlari ham shu vaznda. Turkiy adabiyotda yaratilgan mashhur dostonlardan Mavlono Haydar Xorazmiyning Maxzan ul-asror hamda Durbekning Yusuf ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.07 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.07 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:37 ]
Arxiv ichida: doc