Sharq adabiyotida xamsachilik an'anasi

Sharq adabiyotida xamsachilik an'anasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Sharq adabiyotida xamsachilik an'anasi - rasmi

Material tavsifi

SHARQ ADABIYOTIDA XAMSACHILIK AN'ANASI Reja: Sharq adabiyotida Xamsa tipidagi dostonlarning yaratilishi tarixi. Nizomiy Ganjaviy Xamsasi va uning xamsachilik an'anasi taraqqiyotidagi o'rni. Navoiy turkey tildagi ilk Xamsa muallifi. Jomiy ijodi va xamsachilik an'anasining taraqqiyoti. SHarq allomalaridan biri Nizomiy Ganjaviyni o'tmishning ko'plab shoiru fozillari, olimu ulamolari yuksak iste'dod, donolik sohibi deya e'tirof etib kelganlar. Abu Muhammad Ilyos ibn Zakiy Muayyad Nizomiy Ganjaviy 1141 yilda Ozarboyjonning ko'hna madaniyat markazlaridan biri - Ganja shahrida, ziyoli oilada dunyoga keldi. Otasi Yusuf ibn Muayyad o'z davrining taniqli arboblaridan biri, onasi Ganja shahriga hukmronlik qilgan Shaddodiylar naslidan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, u umr bo'yi o'zi tug'ilib o'sgan Ganja shahrida yashab ijod etgan. Yoshlik chog'laridan Nizomiy taxallusi bilan she'rlar yoza boshlagan (nizom so'zi arab tilida nazm etmoq, tartibga solmoq degan ma'noni beradi). O'sha davr adabiy muhiti faqat forsiy tilda asarlar bitishni taqozo etardi. Shu bois u asarlarini asosan o'z davrining adabiy tili hisoblangan forsiyda yozdi. Tadqiqotchilarning fikricha, uning o'z ona tili - turkiyda yozgan devoni ham mavjud bo'lib, u hozir Misrning Hadaviya kutubxonasida saqlanmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, adib devoni yigirma ming baytni tashkil etgan. Ammo bizgacha bu oy ma'naviy merosning kichik bir qismi yetib kelgan, xolos. Nizomiyning she'riy iste'dodli o'z davrining hukmdorlari e'tiboridan ham chetda qolmadi. Barda hokimi Sayfiddin Muzaffar uni o'z saroyiga chorlab, shu yerda ijod qilishni taklif etadi. Ammo shoir tabiatan ortiqcha dabdabani yoqtirmasdi. U oddiy, kamtarin hayot kechirishni istardi. Sayfiddin Muzaffar uning iste'dodini yuksak qadrlar edi. U asli qipchoqlardan bo'lgan yosh kanizak Ofoqni shoirga hadya qiladi. Nizomiy esa kanizakni ozod qilib, o'z nigohiga oladi. Ofoqdan tug'ilgan yolg'iz o'g'li Muhammadani ham oqil va qobil farzand qilib tarbiyalaydi. O'z asarlarida unga nasihatlar qiladi. Nizomiy ma'lumotlarga ko'ra, hijriy 605 yil ramazon oyining to'rtinchi kuni, milodiy 1209 yilning 12 martida hayotdan ko'z yumadi va ona shahri Ganjada dafn etiladi. Uning maqbarasi bugungi kunda muhtasham ziyoratgohga aylantirilgan. SHoir Sharq adabiyotida keng tarqalgan Xamsa chilik an'anasining boshlovchisi sanaladi. Ammo dastlab uning besh kitobdan iborat yaxlit asar yozish fikri bo'lmagan. Keyinchalik beshlik nomini olgan bu dostonlarning har birini alohida kishilar tavsiyasi bilan turli davrlarda yozgan. Sharq adabiyotida yillarda yozgan. Sharq adabiyotida yirik asarlar ko'pincha hukmdorlar, davlat arboblari topshirig'iga asosan yozilgan yoki keyinchalik ularga tortiq qilingani yaxshi ma'lum. Nizomiy ham dastlab 1177 yilda ma'naviy-axloqiy mavzudagi Maxzanul-asror dostonini yozib, uni Arzinjon hokimi Fahriddin Bahromshohga bag'ishlaydi. Masnaviy janrida bitilgan bu asar odob-axloq, insoniy fazilatlarni tarannum etuvchi bir qator maqolotlar va hikoyatlarni o'z ichiga olardi. Doston tez orada xalq og'ziga tushadi, shoirning shuhrati tillarda doston bo'ladi. 1180 yilda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.36 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.36 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga