Shermuhammad Munis. «Munis ul-ushshoq» devoni (1778-1829 yillar) Xorazm adabiy muhitining yetuk shoiri, adibi, tarixchisi, tarjimoni va tajribali murabbiysi hamda ma'rifiy kuychisi SherMuhammad is o'z zamonasida va keyingi davrlarda xalq va madaniyat muxlislari o'rtasida katta shuxrat qozondi. U shoir sifatida «Munisul-ushshoq» (oshiqlar do'sti) devonini, pedagog sifatida «Risolai savod» kitobini, tarixchi sifatida «Firdavsiy iqbol» asarlarining muallifi, tarjimon sifatida Mirxondning «Ravzatus safo» asarining 1 tomi va 2 tomning yarmini tarjima qildi, xattot sifatida xo' asr o'zbek shoiri Roqim kabilarning devonini ko'chirib, boy meros koldirdi O'zbek adabiyotshunoslik fani munisshunoslikka doir ma'lum muvoffaqiyatga erishdi. Munisning keng va ko'p qirrali faoliyatiga doir Bartol'd, T.P.Ivanov, S.P.Tolstov, Ya.¢ulomov, Q.Munirov, R.Majidiy, A.Boboxonov, V.Zoxidov, V.Abdullaev, J.Sharipov, A.Murodov, A.Hayitmetov, Yu.Yusupov va b. (Mahmudali Yunusov «Hayot nafasi» T., ¢.¢ulom nomli Adabiyot va san'at nashriyoti, 1981. 59-84 betlar) tadqiqot ishlarini olib bordilar. Munisning hayot yo'lini, ijtiomiy, ilmiy-adabiy faoliyatini o'rganishda shoirning o'zi tomonidan yozilgan asarlar (devon debochasi, ayrim she'rlari, ayniqsa qasidalari), tarix kitobidagi xotiralari, zamondoshlarining yozishmalari, kotib sifatida ko'chirgan asarlari katta ahamiyat kasb etadi. Ana shu manbalar asosida fikr yuritib shoirning tarjimai xolini quyidagicha tasavvur etamiz. Munis 1778 yili Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogida Avaz Mirob oilasida tugildi. Otasi Avaz saroy amaldori bo'lib, Avazbiy saroyining bosh mirobi va kemalar noziri edi. U xorazmning yuz urugidan bo'lib, uning bolaligi Qiyotda so'ng Xivada o'tgan. U dastlab masjid yonidagi maktabda so'ng mutolaa qildi. Uning o'qishi va tarbiyasida qo'shnisi Sayid eshonxo'ja kabi olim va shoirlar rahbarlik qilganlar. «Firdavsul-iqbol»da qayd qilinishicha, madrasada «ilmu fazl»ga chanqoq Munis kabi yoshlar «bazmi kitob» qilishga urinar edilar. Shoir asarning 1770-1780 yillarga doir bobida «Bazmi kitob» suhbatlari haqida gapirib, unday paytlarda» she'rshunoslik va latifago'ylikga o'zga so'z joriy bo'lmas edi», deb uqtirgan edi. Munisning adabiyotga bo'lgan havasini oshirishda, uni she'r mashq qilishga va klassiklarni puxta o'rganishga ragbatlantirishga o'sha zamonning Kiromiy, Ravnaq, Mavlona Nishotiy, Andalib kabi peshqadam va tajribali qalamkashlari muhim rol' o'ynagan edilar. Chunonchi, Munis Mavlona Kiromiyning shoirlikda o'ziga ustoz bo'lganini bir she'rida quyidagicha bayon etgan edi. Tong emas Munis, agar bo'lsam kiromi kadr kim, Ustodi zoxiru botin Kiromiydur mango Shoir o'z ijodida Ravnaqdan xam o'rgangan. Masalan, Ravnaq bir gazalini: Sarvinozimki, erur moxliqolar sarosi, Dudi oximdek erur boshda qora qarkarasi Misralari bilan boshlasa, Munis unga xamoxang bo'lgan: Mening xabibim erur rashki xurlar sarasi, Tutun kibi ko'rinur boshi uzra qorqarami Kabi misralarni bitgan. Munis maktab va madrasada o'qib yurgan yillarida turmushning achchiq-chuchugini tortmagan, tirikchilik tashvishini boshidan kechirmagan edi. Bu xaqda shoirning o'zi «Munis ul-ushshoq» asarida shunday yozgan edi: «Ul-0voni saodat nishonda (Avazbiy inoq xukmronligi davri hayoti) vaqt ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.4 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.4 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:38 ]
Arxiv ichida: doc