Shoir Bharatrixari ijodi Bharatrihari Bharatrixari yashagan davr imperator Harsha shohlik qilgan davrga to'g'ri keladi. U haqidagi dastlabki ma'lumot Xitoylik sayyoh I Tszin asarlarida uchraydi. Unga ko'ra Bharatrixari VII asr o'rtalarida yashagan deb taxmin qilinadi. Lekin uning qachon olamdan o'tgani haqida ma'lumot yo'q. I. Tszinning Bharatrixari haqidagi ma'lumoti ko'p asrlargacha Xitoy chegaralaridan tashqariga chiqmagan. Faqat XIX asrda I. Tszinning sayohat taassurotlari ingliz tiliga tarjima etilganidan keyin YevropaBharatrixari nomi bilan birinchi bor tanishadi. Hindistonda esa uning nomi dastlab IX asrda Somadeva Surning «Yanastilaka» asarida uchraydi. Nomalum muallif tomonidan yozilgan bir sherda ham Bharatrixari haqida so'z yuritilgan bo'lib u quyidagi misralarni bitgan: Yest mnogo velikix poetov, Yest mnogo velikix uchenix, No tolko odin Bharatrixari Velik kak poet i ucheniy. Bharatrixari o'z dunyoqarashiga ko'ra umumjamiyat qarashlaridan farqli ravishda diniylikdan yiroq bo'lgan. Bharatrixari sheriyatining mazmuni muqaddas kitoblar, ulardan ham avval yaratilgan vedalar, va qolaversa, Yaratganni ham tanqid qilish bilan bog'liq bo'lgani sabab o'z davrida va undan keyingi ko'p asrlar davomida uning shaxsiyati ham, ijodi ham tan olinmay kelingan va unga qarshilar ham juda ko'p bo'lgan. Ayniqsa, uning «Vakyapadiya» «So'z haqida ilm» asari haqida turli xil fikrlar bildirilgan. Faqatgina X asrda Utpalacharya birinchi bor Bharatrixarining nomini tilga olgan. Uning grammatika sohasida ko'p yangiliklar, nazariyalar yaratgani, ayniqsa sanskritni o'rganish borasidagi ilmiy izlanishlariga ko'p tanqidiy fikrlar bildirilgan. Jumladan, S. Ayyar Bharatrixari asari haqida fikr bildirib, «Bharatrixarining xatosi shuki, u sanskrit tilining qoidalarini tushuntirish o'rniga falsafiy qarashlarga berilib ketgan» degan edi. Lekin bu xususiyat deyarli barcha davr adabiyotiga xos bo'lib hind adibiyotini falsafasiz tasavvur etib ham, falsafasiz tushunib ham bo'lmaydi. Ularda «artxa» boylik, «kama» sevgi, «dharma» dunyo haqida fikr mulohazalarning hayotiy ahamiyati aynan adabiyot sahifalarida yoritib beriladi. Jumladan, moksha ruh ozodligi haqidagi qarashlar esa «Maxabharata» eposining o'n ikkinchi kitobini to'liq egallagan. U «Mokshadharma» deb ataladi. Bxagavadgitaning oltinchi kitobi ham shu muammoga bag'ishlangan. Bharatrixari asosan grammatika mutaxassisi bo'lgan. U Patanjali, Panini kabi buyuk grammatiklarning asarlariga ham izohlar yozgan. U grammatikani barcha bilimlarning asosi deb bilgan va uni quyidagicha baholagan: Visochayshim iz podvijnichestv, Naiblijayshim k Braxmanu, Mudrie nazivayut pervoy Grammatiku sredi ved. Yana bir sherida: Yest pervaya stupen Na lestnitse k osvobojdeniyu; Eto pryamaya doroga Dlya vsex, jajdushix mokshi. Grammatikani bilmasdan turib gapni to'g'ri tushunish mumkin emas, demak gapni to'g'ri tushunmaslik vedalarni to'g'ri tushunmaslikka olib keladi. Shu sabab grammatikani bilimlar asosi deb hisoblagan Bharatrixari. Uning bunday qarashlari ortodoksal braxmanlar fikriga doim qarshi bo'lib ular bilan doim to'qnashuvga uchrar edi. Shu sababli ham ko'p vaqtlargacha u haqida hech kim hech narsa ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.5 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.5 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:38 ]
Arxiv ichida: doc