Sho'ro davri o'zbek adabiyoti 3

Sho'ro davri o'zbek adabiyoti 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Sho'ro davri o'zbek adabiyoti 3 - rasmi

Material tavsifi

Sho'ro davri o'zbek adabiyoti Reja: 30-50-yillar ijtimoiy - siyosiy vaziyat. Adabiy hayot manzaralari. Adabiyot maydonidagi mafkuraviy kurash. Sho'ro davri 1917-yilgi oktabr to'ntarishidan 1991-yili sobiq Sovet Ittifoqi deb atalgan hokimiyatning yemirilishi, sobiq SSR tarkibidagi jumhuriyatlar, jumladan, Respublikamizning mustaqillikka erishuvigacha bo'lgan 70-yildan oshiqroq davrni o'z ichiga oladi. Bu davr qizil imperiya davri deb ham yuritiladi. Sho'rolar hukumati, bolshveklar dinni xalq uchun afyun deb e'lon qilib, dinga qarshi kurash ochib, dahriylikni keng yoyar ekanlar, endilikda odamlar qalbini zabt etishning yagona vositasi, sehrli quroli adabiyot va san'at ekanini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham partiya adabiyotga rahnamolik qilishni o'z zimmasiga oldi, adabiyotni proletar ishining bir qismi ga, partiyaning mafkuraviy quroliga, adiblarni esa partiyaning dastyoriga, partiya g'oyalari va siyosatni targ'ib etuvchi karnaychi larga aylantirishga tirishdi. Hatto tarixda misli ko'rilmagan hodisa-sho'ro yozuvchilari amal qilishi lozim bo'lgan ijodiy metod-sotsialistik realizm qoidalari ham partiya rahnamoligida ishlab chiqildi; voqelikka faqat kommunistik mafkura asosida sinfiy-partiyaviy yondashish barcha qalam ahli uchun qat'iy qoidaga aylantirildi. Bu hol ko'p millatli sovet adabiyoti, jumladan, o'zbek adabiyoti tarixida, o'nlab iste'dodli adiblar qismatida o'ta noxush, fojiiy asorat qoldirdi. Eng yomoni, ijodiy tafakkurni tushovga solib qo'ydi, shaxsiy tashabbusni bo'g'di, hayotdan yiroq, bir xildagi yuzaki, sxematik asarlarning keng yoyilishiga olib keldi. Partiyaning adabiy siyosati, kommunistik g'oyaviylik uchun kurash ko'plab shafqatsizliklarga yo'l ochib berdi. A.Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat singari adiblar tevaragida fitnalar uyushtirildi, oxir-oqibat ular xalq dushmani sifatida qatl etildi. Oybek, G'.G'ulom, A.Qahhor, H.Olimjon kabi omon qolgan yozuvchi-shoirlar umr bo'yi ta'qib-tazyiqlar ostida yashadilar. Yangi o'zbek adabiyotining o'nlab shoh asarlari zararli sanalib, o'qish man etildi. Bolsheviklarning va'dalari, shoirlar so'z ustalarini qisman chalg'itdi. Chunonchi, Cho'lpon boshqa sho'rolar Sharqni qul emas, hur qilg'usidir deb yozadi. A.Qodiriy esa Oktabrdan biz boshlicha jasorat oldik, so'z erkinligi oldik, inqilob ong berdi, haq berdi! deya quvonadi. Oradan ko'p o'tmay ular bolshveklarning asl basharasini tanlab oldilar; murosa yuzasidan goho sho'rolar siyosatini yoqlaganday ko'rinsalar-da, ijodda o'z aqidalariga sodiq qoldilar. Oybek, G'.G'ulom, A.Qahhor, H.Olimjon kabi adiblar va ulardan keyingi bir necha adabiy avlod rasman kommunistik mafkura-dunyoqarashni qabul qilgan, sho'rolar zamonini, partiyani ulug'lovchi asarlar yaratgan bo'lsalar-da, ularda sho'ro davri adolatsizliklariga nisbatan nafrat ham kuchli edi. Bunday tuyg'u ularning ijodida goh oshkora, goh pinxona tarzda o'z ifodasini topgan. Afsus, bunday yoniq dardlarni ular o'z vaqtida to'la yuzaga chiqarolmay, o'zlari bilan olib ketdilar. A.Oripov Ustozlarim she'rida yozganidek: Baxtiyor kunlarni kuyla, degan on, Shiorlar bitibsiz qoningiz bilan. O'zi yo'q qo'rg'onga bo'libsiz qalqon Soddadil, fidoiy joningiz bilan. Nomard bu dunyoning kirdikorlari Yaxshidir, yomondir - ishingizdadir. Armonlar, uzrlar ketdilar bari, Ketdingiz - dardingiz ichingizdadir. Kishini hayratga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.02 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.02 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga