Solim va qisqargan ruknlar zihof va furu' tushunchalari Reja: 1. Solim, zihof va furu' atamalari haqida umumiy tushuncha. 2. Zihof va furu'larni tahlil qilish usullari. 3. Asl ruknlarning o'zgarishi - muzahhaf ruknlar. 4. Zihoflar jadvali va undan foydalanish. Tayanch iboralar: solim-to'liq, zihof, furu', qisqarish, sodda va murakkab zihoflar, hazf-mahzuf, qasr-maqsur, xarb-axrab, xarm-axram, kaff-makfuf, qabz-maqbuz va hokazo zihof va furu'lar Solim so'zi arab tilida to'liq, butun degan ma'noni bildiradi. Yuqorida ko'rib o'tganimiz sakkizta asl rukn ayni holatda solim ruknlar hisoblanadi. Aruz nazariyotchilari, xususan, Xalil ibn Ahmad, mazkur solim ruknlarni turli tarzda o'zgartirish natijasida qisqargan, aniqrog'i o'zgargan shakllarini yuzaga keltirishgan. Masalan: Fa'uvlun rukni ayni holatda solim hisoblanadi. Yuqorida ko'rganimizdek, bu rukn bitta vatadi majmu' va bitta sababi xafifdan tashkil topgan. Fa'uv - ikkita harakatli va bitta sokin harf Lun - bitta harakatli va bitta sokin harf Ushbu rukn hazf usulida qisqartirilganda uning oxiridagi sababi xafif (lun) to'laligicha olib tashlanadi. Natijada, fa'uv qoladi. Uning o'rnida talaffuzi qulayroq bo'lgan fa'ul so'zi qo'llanadi. Chunki bu ikki so'z harakatli va sokin harflar tarkibi va paradigmasiga ko'ra tengdir. Hazf usuli natijasida hosil bo'lgan rukn mahzuf deb aytiladi. Biz yuqorida qisqarish usuli deb nomlagan hodisa aruz tilida zihof, qisqarish natijasi esa furu' atamasi bilan yuritiladi. Yana bir misol: Fa'uvlun rukni qasr usuli (zihofi)da qisqartirilganda uning oxiridagi sababi xafif (lun) to'laligicha olib tashlanmaydi. Undagi harakatli lom harfi sokinga aylantirilib, nun harfi olib tashlanadi. Natijada, fa'uvl qoladi. Bu usul (zihof)ning hosilasi (furu'i) maqsur deyiladi. Demak zihof deganda o'zgarish usuli (hazf, qasr) furu'deganda esa o'zgarish natijasi, hosilasi (mahzuf, maqsur) tushuniladi. Alisher Navoiy zihofni quyidagicha ta'riflaydi: Va bu besh aslning har biriga necha far'durkim tag'ayurlar sababidinki, ani aruziylar zihof derlar, hosil bo'lur (4. 48). Bobur esa qisqa qilib: Bilgilki har tag'ayyurkim usulg'a kirar ani zihof derlar. Ul rukni mug'ayyarni muzohafu furu' derlar, deb yozadi. Shuningdek tag'ayyurni yanada aniqlashtirib …ruknning mutaharrikini sokin qilmoqdur, yo rukndin o'ksutmak, yo rukng'a ortturmak, deb sharhlaydi. Aruziylar (aruzshunoslar) zihof va furu'larni tushuntirishda asosan ikki xil yo'ldan borishadi. Alisher Navoiy har bir asl ruknning zihoflarini alohida sanab izohlaydi va furu'larini keltiradi. Bu nisbatan sodda usul bo'lib, aruzga endi kirishayotgan talabalar uchun qulay. Bobur esa har bir zihofning o'zini izohlaydi va uni asl ruknlarda qo'llash bo'yicha ko'rsatma beradi. Bu usul bir oz murakkab bo'lsa-da, nazariy jihatdan puxta. Zero zihofning o'zini tushunib olgan kishi uni barcha asl ruknlarga qo'llashi mumkin bo'ladi. Quyidagi matnga e'tibor berib, uni zihof va furu'lar jadvali (25-26 - betlar) bilan solishtiring: Xabn sababi xafifning sokinini hazf qilmoqliqdurkim ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.02 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.02 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:40 ]
Arxiv ichida: doc