Tabiat mavzusi va poetik obraz Shoirning tabiatni tasvirlashdagi individual badiiy mahorati va poetik mushohada usullarining o'ziga xosligini belgilashda ijodkorning borliq haqidagi fikrlariga zamin bo'lgan falsafiy asoslarni anglab etish, uning estetik mezonlarini aniqlash, sherlarida qo'llanilgan poetik til usullari, badiiy uslub, poetik obrazlar silsilasini tekshirishning ahamiyati katta. Binobarin, badiiy so'zning mano nozikliklarini chuqur his etish, o'z tuyg'ulariga hamohang poetik obrazlarni topa bilish shoir poetik mahoratini o'stiruvchi omillardan biri sanaladi. Badiiy obrazlarning asosi so'z bo'lib, uning serqirra mano nozikliklarida jozibadorlik, emotsional-ekspressiv ta'sirchanlik va mantiqiy tugallik bo'lishi kerak. Barcha diniy obrazlar poetik tafakkur mahsuli bo'lib, ular xalqimiz hayotini, tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalarni haqqoniy aks ettirishlari talab qilinadi.Keyingi yillarda o'zbek adabiyotining turli davrlarida yaratilgan asarlarning poetik obrazlarning o'ziga xosligi, tarixiy asoslari va badiiy xususiyatlariga bag'ishlangan qator asarlar yaratildi. Bu tadqiqotlarning barchasida poetik obrazlarning muayyan hayotiy asoslari mavjudligi, u so'zdan paydo bo'lib, so'zning ustqurtmasi hisoblanishi qayd etilgan. Darhaqiqat, sherning ta'sirchanligini, jozibadorligini, ijodkor ifoda usulining o'ziga xosligini ta'minlashda badiiy tashbehlar bilan bir qatorda poetik so'zning ham muhim o'rni bor. Professor N.Karimov tabiri bilan aytganda, «Sher o'zicha organizm bo'lsa, so'z uning hujayrasidir. Organizm tirik bo'lishi uchun uning har bir hujayrasi sog'lom bo'lishi va nafas olib turishi lozim bo'lganidek, har bir so'z ham sherga uning qalbi bo'lgan obrazga o'z qonini berib turishi va uni harakatga keltirishi kerak». Shuni alohida takidlash kearkki, badiiy fikrning mohiyatidan kelib chiqib, tanlab, saralab, ishlatilgan poetik so'zgina fikrni yorqinlashtiradi. Badiiy obrazlarga ana shunday poetik so'zlargina asos bo'lishi mumkin. Demak, poetik obraz ramziy mano anglatuvchi badiiy so'zlar qatlami va so'zning xilma-xil manolarini yuzaga keltirish usullari bilan, boshqacha qilib aytganda, poetik so'zning badiiy mushohada maydonidagi faoliyati jarayonida yaratiladi. Badiiy obrazlarga asos bo'lgan poetik so'zlarning paydo bo'lishi va poetik shaklga kirishi muayyan hayotiy-ijtimoiy jarayonlar mahsulidir. Poetik obraz g'oyat serqirra va mazmundor badiiy qurilma bo'lib, sherning g'oyaviy va ruhiy qudratini o'zida mujassamlashtirgan estetik markazdir. Shoir aytmoqchi bo'lgan badiiy fikr u qo'llagan so'zlar sehri ham ana shu poetik obraz bag'riga yashiringandir. Chunki poetik «obrazning yorqinligi, hayotiyligi, o'ziga xosligi ham shoir dunyoqarashining chuqurligiga, estetik idealining mukammal shakllanishiga bog'liq». Poetik obrazdan foydalanishda badiiy fikrning mantiqiy taraqqiyotini ta'minlash, obraz va tabiatdan olingan obyektning mutanosibligiga erishish tasvirlanayotgan olamni tabiiy ranglarda ko'rishga intilish mahorat belgisidir. Malumki, muayyan tabiat hodisasi yoki narsalar haqida bir necha shoir sher yozishi, har qaysi o'z badiiy mezonlari darajasida poetik obraz yaratishi mumkin. Ana shu poetik mahorat individualligining mahsuli o'laroq 70-80-yillar o'zbek sheriyatida daraxt, gul, tuproq, tog', yomg'ir, shamol, qor, tuman, bulut, ohu, chumchuq, chumoli, maysa, yaproq, olov, nur, yulduz, quyosh, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.34 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.34 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:41 ]
Arxiv ichida: doc