Tabiat poetikasi Malumki, qadim zamonlardan beri adabiyotda tabiat go'zalliklarini kuylashga katta o'rin ajratilgan.Tabiat inson uchun bitmas-tuganmas ilqom manbaidir. Har bir ijodkor, xoh u yozuvchi bo'lsin, xoh shoir, musavvir yoki bastakor bo'lsin, tabiat qo'shiqlariga quloq tutib, o'z tuyg'ulariga esh sadolarni, ranglarni izlaydi. Tabiatning sirli mo'jizalaridan bahramand bo'lish uchun olam bilan odam taqdirining birligini anglash tabiatni insoniyat ma'naviy qiyofasiga ta'sir ko'rsatadigan buyuk kuch deb bilish, uning go'zal manzaralarini ko'z qorachig'iday avaylab asrash, ularga milliy boylik sifatida qarash, uni sevish taqozo qilinadi. Tabiatni chin dildan sevgan pokiza qalbli ijodkorgina undan haqiqiy estetik oziq ola biladi. Darhaqiqat, tabiatni sevgan kishigina qushlar, daraxtlar, maysalar, hashoratlar, jilg'alar tilini tushuna oladi. Zero, ona tabiatning har bir zarrasi takrorlanmas mo'jiza sanaladi. Bu qadimiy va boqiy tabiat falsafasini o'qib olish uchun kishida shoirona yurak bo'lishi kerak. Chunki bulbullarning xonishi shunchaki sayroqi qush ovozi emas, balki betakror qo'shiq. Chumolilar, o'rgimchaklar, hatto jilg'alarning ham o'z qo'shig'i bor. Faqat bu qo'shiqlarni tushunish uchun tabiat bilan til topa bilish iqtidori zarur. Olam go'zalliklarini sevuvchi qalb sohiblaridan ona tabiat ham o'z marhamatini darig' tutmaydi: bunday kishilarga so'z sehri ila mo'jizalar yarata olish iqtidori berilgan. Tabiatni yuqori darajadagi estetik did bilan badiiy aks ettirish uchun ijodkor uni yurakdan his eta bilishi zarur. Dunyo go'zalligi mo'jizalarga aylanganda, yani «inson tabiat va jamiyatdagi munosabatlarni tushunib, ruhida ularning inikosini his qila boshlaganda (insonning o'zi tabiatdagi eng oliy mavjudot, uning kamolotga erishgan jonli go'zal timsolidir) san'at vujudga keladi. Sheriyat ham ana shu hayotiy zarurat tufayli tug'ilgan. Boshqacha aytganda, poeziyaning mohiyati uning manodor go'zalligidadir. Bu go'zallik bevosita inson ruhidagi va u orqali borliqdagi go'zallikning ijtimoiy mazmunga yo'g'rilgan inikosidir. Xuddi shu mujassam uyg'unlik har qanday sheriyat uchun, jumladan, yoshlar sheriyati uchun ham mezon bo'lib qoladi». Tabiat badiiy adabiyotga estetik qimmat beruvchi buyuk kuch sifatida qadim zamonlardan beri ijodkor inson dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o'ynab keldi. Insonning tabiatga munosabatida, asosan, quyidagi ikki jihat ko'zga tashlanadi: a) borliqni badiiy idrok etish; b) borliqni badiiy tadqiq etish. Odam tabiat hodisalarini kuzatadi, o'rganadi, tashqi olamdan olgan taassurotlari bilan o'z ma'naviy dunyosini boyitib boradi. Mohiyatiga ko'ra tabiat farzandi bo'lgan insonning ilk poetik qarashlarida borliq jonli mavjudotlar olami sifatida tasvirlangan. Chunki bir zamonlar odamzod tabiatdan ajralmagan holda, uning bir bo'lagi sifatida yashagan, atrofdagi barcha hodisalar-u narsalarni ilohiylashtirib qabul qilgan. Tabiatni poetik tadqiq etishning dastlabki namunasi sifatida inson atrofini o'rab olgan olamni ilohiy, mifologik idrok etish bosqichi yuzaga kelgan. Inson hamisha tabiat qo'ynida yashab keldi, jamiyat tarixi malum manoda tabiatning tarixi hamdir. Jamiyatning taraqqiyot yo'li tabiatni poetik tadqiq ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.36 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.36 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:41 ]
Arxiv ichida: doc