Tabiat tasviri va shoir mahorati

Tabiat tasviri va shoir mahorati

O'quvchilarga / Adabiyot
Tabiat tasviri va shoir mahorati - rasmi

Material tavsifi

Tabiat tasviri va shoir mahorati Milliy mustaqillik bahsh etgan ma'naviy erkinlik xalqimiz dilida necha o'n yillardan beri yig'ilib yotgan dardlarni to'kib-solish, eng to'g'ri, adolatli, ezgu va pokiza so'zlarni baralla aytish imkonini berdi. Istiqlol tufayli hayotimizga kirib kelgan ruhiy hurlik ayniqsa, sheriyatda oydin tuyg'ularning qanotlanishiga turtki bo'ldi. 70-yillarning oxiri 80-yillar boshida adabiyotimiz ostonasida paydo bo'lgan navqiron ijodkorlar avlodi-sheriyat bahorining shiddatkor qaldirg'ochlari hammani sergak torttirdi. Bu avlod shoirlari ko'z o'ngimizda sodir bo'layotgan voqealarni sinchkovlik bilan kuzatib, bag'oyat ta'sirli misralarga tizib berdilar. Ular ijtimoiy hayotdagi biz har kun ko'rib turib, tushunib ololmagan muammolarni sehrli so'z yordamida hal etib, xalqimizning kelajakka ishonchini mustahkamlashga katta hissa qo'shdilar. Sheriyatdagi erkinlik - bu badiiy qadriyatlarga munosabatni o'zgartirish, ularni qayta baholash, ma'naviy hurlik nuqtai nazaridan qayta ko'zdan kechirish, poetik tafakkurning yangi ufqlarini ochish demakdir. Bu avlod ijodiy qiyofasini Rauf Parfi, Omon Matchon, Usmon Azimov, Cho'lpon Ergash, Miraziz Azam, Tilak Jo'ra, Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Yo'ldosh Eshbek, Sadriddin Salimov, Muhammad Yusuf kabi shoirlarning betakror satrlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Malumki, yangilanish jarayonini o'z boshidan kechirayotgan har bir milliy adabiyotning sifati va saviyasi u ko'tarib chiqayotgan muammolar mohiyati chuqurligiga, tasvir obyektining nechog'lik kengligiga, yaratilgan xarakterlarning ma'naviy boyligi, rang-barangligi, ijtimoiy qadr-qimmati, u ifodalagan hayot haqiqatining teranligi bilan belgilanadi. Shu jihatdan olganda 70-80-yillar o'zbek sheriyatining badiiy qimmati ana shu navqiron avlodning ijodiy o'ziga xosligi bilan o'lchanadi. Ijodkorlar poetik mahoratining o'ziga xosligi ularning tabiatga munosabati, tabiatni tasvirlashdagi badiiy iqtidori bilan belgilanadi. Hayotiy muammolar, tabiat lavhalari va ular hosil qilgan his-tuyg'ularni badiiylashtirish doimo ijodkor diqqat-markazida turadi. Shoir muayyan tabiat lavhasini tasvirlab, undan tegishli poetik umumlashma chiqarishni kitobxonning o'ziga tashlab qo'ymaydi. Tabiat manzaralari shoir his-tuyg'ularini ifodalash vositasi sifatida qo'llanildi. Lirik qahramon ruhiyatiga ta'sir ko'rsatgan tabiat lavhasini badiiylashtirib, voqelikni poetik idrok etish vositasiga aylantirish, tabiat va jamiyat hodisalarini qiyoslash bugungi o'zbek sheriyatining o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Muayyan tabiat hodisasi yoki manzara har bir ijodkorda o'ziga xos badiiy fikr tug'ilishiga turtki bo'lishi tabiiy. Biz quyida o'zbek sheriyatining ana shu jihati - tabiat haqidagi badiiy izlanishlarning kamolotga erishuvida poetik mahoratning ahamiyati masalasiga to'xtalib o'tmoqchimiz. Zero, badiiy mahoratsiz hech qanday poetik fikr tom manodagi sheriy asarga aylanmaydi. Professor S.Mamajonov juda to'g'ri takidlaganidek, «ilhom ufqning kengligi, tematik rang-baranglik, hozirjavoblikning o'zi, yani temani quruq ko'tarib chiqishning o'zi shoir talantining yuksakligidan dalolat bera olmaydi. Ilhom ufqi mahorat ufqi bilan chambarchas qo'shilib, olingan yangi temaning mohiyati chuqur va haqqoniy ochilgan taqdirdagina yozuvchining yuksak talanti haqida so'z borishi mumkin». Tabiat. Biz uni ardoqlab ona-Tabiat deymiz, rizqu nasibamiz, hayotimiz asosi deb bilamiz. Bir umrga biz uni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.59 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.59 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga