Taqte' - aruz amaliyotining asosi sifatida Reja: 1. Taqte' atamasining lug'aviy va istilohdagi ma'nolari. 2. Taqte'ning asosiy tamoyillari, turkiy aruzning o'ziga xosligi va murakkabligi. 3. Baytning tarkibiy qismlari: sadr, ibtido, hashv va hashvayn, aruz, zarb (ajuz). Tayanch iboralar: taqte', qit'a, bo'lmoq, parchalamoq, ritmik bo'laklar, bahrning zihof va furu'lari, misralar aro hamohanglik, ritmik tenglik, cho'zilish, qisqarish, harflarning ko'chishi, talaffuz ustuvorligi, ruknlarning xos nomlari, sadr, ibtido, hashv va hashvayn, aruz, zarb yoki ajuz. I. Taqte' so'zi arabcha qata'a fe'lidan yasalgan bo'lib, bo'lmoq, parchalamoq degan ma'noni ifodalaydi. Bo'lak, parcha ma'nosini bildiruvchi qit'a atamasi ham shu o'zakdan hosil bo'lgan. Aruz istilohlaridan biri sifatida taqte' baytni ritmik bo'laklar-ruknlarga ajratish qonuniyatlarini ifodalovchi yoxud o'rgatuvchi fasldir. O'rta asr va zamonaviy aruzshunoslarning fikriga ko'ra taqte' aruz amaliyotining asosini tashkil etadi. Zero usiz barcha nazariy bilimlar hech qanday kuchga ega bo'lmay qoladi: Ilmning muhimi taqte' bilmaktur va taqte' uldurkim, baytni juzv-juzv va taqsim etib, har juzvni o'z muqobalasindag'i rukn birla harakat va sakanotin muvofiq qilmoqtur va munda e'tibor lafzgadur, kitobatg'a ermas. Ahmad Taroziyning fikriga ko'ra taqte' baytni juzvlarga taqsimlab, ulardan hosil bo'luvchi ruknlarni aniqlash, buning uchun esa harakatli va sokin harflar (boshqacha qilib aytganda cho'ziq va qisqa hijolar)ni yozuv (kitobat) asosida emas, talaffuzga (lafz) tayangan holda to'g'ri belgilashdir. Qiyoslash uchun Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Boburning ham taqte' haqidagi fikrlarini keltiramiz: She'r taqte'i iborat aningdurkim, bayt alfozini bir-biridin ayirg'aylar, ul nav'kim, baytning har miqdori teng tushgay ul bihorning afoiylidin birigakim, ul bayt bahrda voqe'dur malfuz e'tibor qilg'ay, yo'qki maktub va har harfki lafzda kelgay, agarchi kitobatda bo'lmag'ay, taqte'da hisobg'a kirgay. (4. 59). Taqte' aruziylarning istilohida baytning tahlilidur ul nav'kim, baytning bir miqdor vaznda barobar bo'lg'ay, ul bahrning afoilu tafoili bilakim bu bayt ul bahrdadur. Hurufikim malfuzdur, agarchi maktub emas, taqti'da mo'tabardur va hurufikim malfuz emas, agarchi maktubdur, mo'tabar emas. E'tibor bergan bo'lsangiz, ikkala muallifning fikri aynan bir xil. Yuqoridagi Taroziyning ta'rifidan farqli o'laroq, bunda bahrning afoillariga yoxud zihof va furu'lariga e'tibor qaratiladi. Ya'ni bunda baytni har qanday ritmik bo'laklarga emas, muayyan bir bahrning afoillariga mos tushadigan holda ruknlarga ajratish nazarda tutiladi. Bir misrani misol uchun olib ko'ramiz: Navosiz ulusning navobahshi bo'l. v - - v - - v - - v - Bu misrani hijolar tartibiga ko'ra yigirmadan ziyod variantda ruknlarga ajratish mumkin. Masalan: 1. Mafo'iylu mustaf'ilun fo'ilun. v - - v - - v - - v - 2. Mafo'iylu maf'uvlu mustaf'ilun v - - v - - v - - v - 3. Mafo'iylu maf'uvlu maf'uvlu fa'. v ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:19:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.63 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:19 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.63 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:41 ]
Arxiv ichida: doc