Tayanch sinflarda badiiy asar tahlili

Tayanch sinflarda badiiy asar tahlili

O'quvchilarga / Adabiyot
Tayanch sinflarda badiiy asar tahlili - rasmi

Material tavsifi

Tayanch sinflarda badiiy asar tahlili Reja: 1.Badiiy asar tahlilining adabiy tahlilda alohida o'rin tutishi. 2.Tahlilda individuallikka erishish.Tahlilda yaxlitlik. 3.Tahlil turlari. 4.Adabiy asar tahlilida kirish mashg'ulotlari va yakunlovchi mashg'ulotlarning o'rni. Adabiy ta'lim ldida turgan vazifalar ham badiiy asarlarni chuqur tahlil etishni talab qiladi.Negaki, maktab o'quvchilarida kitobga muhabbat o'qilgan kitobning sir-asrorini bilgandan keyingina shakllanadi.Talaba badiiy asardan lazzat tuysa, buning zavqini keltirgan tasviriy unsurlarni payqay bilsa,chinakam badiiyat namunasini soxta asarlardan ajrata olish malakasini egallayotgan bo'lsagina kitobxonga aylanadi.Chunki biror asarni o'qish jarayonida, uni tahlillash mobaynida tuyilgan lazzat o'quvchini boshqa asarlarni o'qishga, ulardan ham zavqlanishga undaydi. Adabiyot o'qituvchisi badiiy asarlarni tahlil etish yo'l-yo'rig'ini fanniy asarlardan o'rganmas ekan va har qanday janrdagi asarni tahlillay olish malakasiga ega bo'lgan holda o'quvchilar bilan yuzma-yuz bo'lmas ekan, adabiy ta'limdan kuzatilgan maqsad amalga oshmaydi.adabiyot o'qituvchisi nochorligicha,adabiyot darsligi zerikarligicha,asarlardan chiqariladigan xulosa ijtimoiy nasihatligicha qolaveradi.Tahlil g'arib bo'lganligi uchun adabiyot o'qitish jarayoni oldiga qo'yilgan bosh maqsad-barkamol shaxsni shakllantirish amalga oshmaydi. Adabiyot predmeti uchun o'quvchilarning,umuman, javob berish emas, balki ularning tuyg'ulari olamida o'zgarishlar ro'y berganligi,har bir o'rganilgan asar ta'sirida ularning qalbida,ma'naviyatida insoniy fazilatlar shakllanganligi har qanday javob va bahodan muhim ekanligi anglab olingandagina adabiyot o'qitishga sog'lom munosabat qaror topadi , amaliyotda badiiy tahlil qanday maqsadga yo'naltirilganligiga qarab ikki turga :filologik va didaktik tahlilga bo'linadi. Filologik tahlilda adabiy asarning badiiy mantig'i va estetik o'ziga xosligini anglashga yo'naltirilgan ilmiy talqin bo'lib, kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir.Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmiy erishgan darajalarga mvofiq kelishi talab etiladi.Tahlil jarayonida bildirayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar,ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo'lishi lozimdir.Shuningdek, ilmiy tahlilda o'rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi o'rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta'sir darajasi ko'rsatilishi ko'zda tutlishi kerak.Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishi va har qanday adabiy hodisa mutaxassis nazari bilan tahlil etilishini taqozo qiladi.Lekin filologik tahlildagi asosiy narsa badiiy asarning badiiylini,ta'sirchanligini ta'minlagan jihatlari qaysilar,badiiy joziba,so'z sehri,san'atning sirli tomoni nimada ekanligini ko'rsata bilishdir. O'quv tahlili ilmiy tahlil singari faqat ilmiy estetik faoliyat bo'lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir.Chunki pedagogik maqsdga yo'naltirilganlik har qanday didaktik tahlilning asosiy belgisidir.Agar filologik tahli yolg'iz olimning aqliy faoliyati natijasi bo'lsa, o'quv tahlili odamlar bilan bevosita muloqat mobaynida amalga oshiriladigan jarayondir.Didaktik tahlilda esa tahlil qaratilgan o'quvchilar tahlil jarayonida bevosita ishtirok etadilar va barcha aqliy estetik harakatlar ana shu ishtirokchilarning imkoniyatlari va saviyalariga moslashtirilgan holda amalga oshiriladi.O'quv tahlilni amalga oshirishdan maqsad badiiy asarni to'g'ri qabul etish orqali o'quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirish bo'lsa, filologik tahlildan maqsad asarning hayotiy va badiiy mantig'i hamda estetik o'ziga xosligini imkon qadar to'liq ochib berishdan iboratdir.Didaktik tahlilning vazifasi badiiy asarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.91 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.91 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga